O‘tkazma, bu — bankning o‘z mijozining talabi, asosan, uning mablag‘i hisobidan to‘lanishi zarur bo‘lgan summani olishi zarur bo‘lgan xorijiy korxona (benefisiar)ga mablag‘ni pochta yoki telegraf yo‘li bilan o‘tkazib qo‘yish to‘g‘risidagi boshqa mamla- katdagi bank-korrespondentga bergan buyrug‘i. Valuta olishning eng tez va ishonchli vositasi telegraf o‘tkazmasidir. Bank-korres- pondentlar tomonidan maxsus kodning qo‘llanishi valuta mab- lag‘lari bo‘yicha zarar keltirish va o‘z mijozlariga mablag‘larni o‘tkazishda bank tomonidan xatolarga yo‘l qo‘yilishidan saqlaydi. O‘tkazmada bank ikki operatsiyani bir vaqtning o‘zida bajaradi: milliy valuta hisobiga mijoziga xorijiy valutani sotadi va xorijiy valutani chet elga o‘tkazib beradi.
Bank cheki — bankning xorijiy bank korrespondentga ma’lum miqdordagi pulni chek egasiga uning shu bankda mavjud bo‘l- gan korrespondentlik varaqasidan to‘lash to‘g‘risidagi yozma buyrug‘i.
Bank vekseli — o‘tkazma veksel (tratta) bo‘lib, bank tomonidan xorijiy bank korrespondentiga to‘lash uchun beriladi.
Xalqaro hisob-kitoblar deganda, biz talablar va majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni muvofiqlashtirish tizimini tushunamiz. Xalqaro hisob-kitoblar tijorat bank-korrespondentlari orqali o‘tkazma, cheklar, veksellar, o‘zaro talab va majburiyatlarni tenglashtirib voz kechish yo‘li bilan naqd valutasiz amalga oshiriladi.
Xalqaro hisob-kitoblar shakllarining ba’zilari o‘tkazilish yo‘llari bilan ichki hisob-kitoblarga o‘xshash bo‘lsa-da, ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlarni quyidagicha ta’rif- lash mumkin:
birinchidan, odatda, ular hujjat tarzida, ya’ni moliya (chek, veksel) va tijorat (konosament) hujjatlari yordamida amalga oshadi;
ikkinchidan, xalqaro hisob-kitoblar unifikatsiyalashgan (bir shaklga keltirilgan). Bunday hisob-kitoblarni amalga oshirishda aksariyat mamlakatlar banklari, jumladan, MDH veksel va chek konvensiyalariga amal qiladi. 1930 va 1931-yilda Jenevada qabul qilinib, Parij xalqaro savdo palatasi e’lon qilgan «Hujjatli akkre- ditivlar bo‘yicha unifikatsiyalashgan qoida va an’analar» va «Inkasso bo‘yicha unifikatsiyalashgan qoidalar»ga muvofiq xalqaro miqyosda hisob-kitob operatsiyalari olib boriladi. Bu hujjatlarga tashqi savdo aloqalarida bankka akkreditiv to‘g‘risida buyruq berilganda va inkasso topshiriqnomalari berilganda murojaat etish lozim bo‘ladi.
Klassik va eng keng tarqalgan hujjatli hisob-kitoblar shakli hujjatli akkreditiv hamda hujjatli inkasso hisoblanadi.
Akkreditiv — bank (bank emitent) majburiyati bo‘lib, mol sotib oluvchi (import qiluvchi) ko‘rsatmasiga binoan mol sotuv- chi (eksport qiluvchi) varag‘iga mablag‘ni o‘tkazish yoki trattani tegishli summada (xizmat yoki tovar) akseptlashni sotuvchi to- monidan taqdim etilgan hujjatga muvofiq amalga oshirishni ifo- dalaydi. Akkreditiv shaklidagi hisob-kitoblarda bir qancha banklar ishtirok etishi mumkin: akkreditivni ochuvchi bank emitent; sotuvchiga akkreditiv ochilgani to‘g‘risida xabar beruvchi bank; akkreditivni to‘lovchi yoki trattani akseptlovchi bank. Shu bilan birga, bank emitentdan boshqa banklar o‘rnida bir bankning o‘zi ham ishtirok etishi mumkin.
Akkreditiv operatsiyalari to‘rt asosiy bosqichni bosib o‘tadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |