Shubhali kreditlar. Bu kreditlarga yuqorida keltirilgan guruh- lardagi kreditlarning barcha salbiy tomonlarini o‘zida ifoda qilgan, to‘liq ta’minlanmagan, to‘lanish ehtimoli kam bo‘lgan kreditlar kiradi. Bu kreditlar bo‘yicha olingan kredit yaxshi ta’minlangan bo‘lganida asosiy qarz bo‘yicha foizlarni to‘lash muddati 120 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan bo‘lsa, zarar ko‘rish imkoniyati yuqori, biroq ushbu kreditlarning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan omillar mavjudligi sababli ularni yo‘qotilgan, deb tasniflanishi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu guruhga kiruvchi kreditlar bo‘yicha 50 % gacha zaxira tashkil qilinishi lozim.
Ishonchsiz kreditlar. Bu kreditlar bo‘yicha qarzlarning to‘la- nish ehtimoli deyarli yo‘q. Agar kredit to‘liq ta’minlanmagan bo‘lsa, eng kamida bitta muammoli tavsifga ega bo‘lsa, to‘lov muddati 180 kundan oshgan bo‘lsa hamda kreditni «shubhali», deb tasnif- lab bo‘lmasa, bunday aktivlar «ishonchsiz», deb hisoblanadi. Bu aktivlar juda past qiymatga ega bo‘lib, ularni aktivlar sifatida hisobga olib borish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun banklar bu kreditlarni o‘z balanslarida zarar sifatida hisobga olishlari mumkin. Ishonchsiz kreditlar foyda hisobiga, buning uchun foyda yetma- gan hollarda esa, bank sarmoyasi hisobiga balansdan chiqarilishi mumkin. Bank uchun bu kreditlar zarar sifatida tasniflanadi.
Bir yil va undan ortiq muddatda harakatsiz bo‘lgan aktivlar, muddati o‘tgan va foizlar bo‘yicha qarzlar zarar sifatida tavsif- lanishi mumkin. Shu sababli bu guruhga kiruvchi kreditlar bo‘yicha 100 % zaxira tashkil qilish lozim bo‘ladi.
Tijorat banklarining kredit portfeli berilgan ssudalarning ta’min- langanlik darajasiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratilishi mumkin:
birinchi darajada ta’minlangan;
boshqa ta’minotga ega bo‘lgan;
to‘liq ta’minlanmagan;
ta’minlanmagan ssudalarga bo‘linadi.
Birinchi darajada ta’minlangan kreditlar guruhiga to‘liq ta’minlangan kreditlar kiradi. Ular quyidagilar bilan ta’minlanadi:
O‘zbekiston Respublikasi hukumati kafolati;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kafolati;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki roziligi bilan birinchi sinf xorijiy banklari kafolati;
erkin ayirboshlanadigan valutadagi garov;
O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlari ko‘rini- shidagi garov;
standartlashtirilgan qimmatbaho metallar qo‘yilmalari ko‘ri- nishidagi garov.
Boshqa ta’minotga ega bo‘lgan ssudalar guruhiga quyidagilar bilan ta’minlangan kreditlar kiradi:
mol-mulk garovi;
qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishidagi garov;
boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning kafolat xati va bosh- qalar kiradi.
Tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarini to‘la-to‘kis olib borish ular tomonidan kredit siyosatining qay darajada tuzil- ganligiga bog‘liq. Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda MDHga kiruvchi davlatlar tijorat banklarining kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotini tezroq rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Hozirgi vaqtda bu mustaqil davlatlarning banklari aksariyat hollarda vositachilik operatsiyalarini o‘tkazish uchun ko‘proq qisqa muddatli kreditlar bermoqda. Shu bilan birga, kreditni uzoq muddatga investitsiya qilish banklarga va jamiyatlarga katta foyda berishi mumkin.
MDHga kiruvchi davlatlarning banklari uchun lizing opera- tsiyalari yangi operatsiyalar turi hisoblanadi. Bu operatsiya turida banklar yoki lizing kompaniyalari ijaraga berilgan mulkning egasi bo‘lib qolaveradi. Lizing operatsiyalarini o‘tkazishning bank uchun foydali tomoni shundaki, odatda, ijara uchun to‘lov xuddi shu muddatga beriladigan uzoq muddatli kreditlar foiz stavkasiga nis- batan yuqori bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu yerda mijozning to‘lov qobiliyatiga ega emasligidan yo‘qotish tavakkalchiligi bo‘lmaydi. Bitimda ko‘rsa- tilgan shartlarning buzilishi yuz bergan hollarda bank ijaraga beril- gan mulkni qaytarishni talab qilishi mumkin. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda lizing operatsiyalari keng tarqalgan. O‘zbekiston va boshqa MDH davlatlarida lizing operatsiyalari kam hajmda qo‘lla- niladi. Hozirgi kunda lizing operatsiyalariga sharoitlar yaratish so- hasida ishlar olib borilmoqda. Tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari
Tijorat banklari o‘z faoliyati davomida turli xil xizmatlar ko‘r- satadi. Tijorat banklarining bu xizmatlari ular uchun ma’lum daro- mad olib keladi. Bu daromadlar komission mukofot, o‘tkazmalar va yig‘imlar shaklida bo‘lishi mumkin. Keyingi yillarda bank xiz- matlarining turlari va miqdori o‘sib, bu soha bank faoliyatining sezilarli yo‘nalishiga, ulaming daromad manbalaridan biriga ay- lanib bormoqda. O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ba’zi banklar daromadlari tarkibida asosiy o‘rinni har xil xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi.
Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing (ingl. leasing — ijara) operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog‘liq faoliyat turlari keng rivojlanmoqda. Bu operatsiyalarning mohiyati shundaki, banklar mashina-uskuna, jihozlar, transport vosita- larini sanoat korxonalariga uzoq muddatli ijaraga beradi va ular bilan lizing shartnomalarini tuzadi. Bu holda bank vositalarni sotib olish uchun sanoat korxonalariga ssuda berish o‘rniga ularni o‘zi sotib oladi va iste’molchilarga ijaraga bergan holda egalik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda bank ssuda foizini emas, balki ijara haqi (lizing to‘lovi)ni oladi. Korxonalar uchun esa lizing investitsiya- larni moliyalashtirishning maxsus usullaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sishga erishishni ta’minlash sharoitida, ishlab chi- qarish samaradorligini ta’minlash va uni kengaytirish uchun likvid mablag‘lar hajmining cheklanganligi va ilmiy-texnika taraqqiyoti- ni joriy qilish sharoitida investitsiyalarni optimallashtirish zaru- riyati lizing operatsiyalarining ahamiyatini oshiradi va ularni iqti- sodiy faoliyatning muhim vositasiga aylantiradi. Lizing korxonaga kerakli vositalarni shu vaqtning o‘zida unchalik katta bo‘lmagan xarajatlar evaziga olish imkonini beradi. Ijaraga oluvchi vosita (as- bob-uskuna, jihoz va h.k.) sotib olish va moliyalashtirishni bir vaqtda hal qiladi. Lizing usulida iste’molchilarning ilg‘or texnologiya- ga tezroq va arzonroq erishishi yengilroq kechadi hamda bu ishlab chiqarish vositalarining ma’naviy eskirishi bilan bog‘liq xarajat- lardan qutulish imkonini beradi. Sanoat korxonalari uchun amor- tizatsiya darajasining yuqoriligi, ishlab chiqarish vositalarining yuqori samaradorligi, likvidlikning saqlanishi, xususiy kapital harakati, hisob-kitoblarning o‘z vaqtida olib borilishi, o‘zaro qarzdorliklarning bo‘lmasligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot- larning bozor talablariga javob bera olishi va boshqa omillar ular- ning moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishini ta’minlashning asos- laridan hisoblanadi.
Lizing operatsiyalarida uch subyekt — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va mol yetkazib beruvchi ishtirok qiladi. Ijaraga beruvchi, bu — moliyaviy xarakterdagi vazifani bajaruvchi, ixtisoslashgan moliyaviy (lizing) korxona. Lizing, eng avvalo, moliyaviy inves- titsiyalaming vositasi va ishonchli moliyaviy manbalami talab qil- gani uchun jahon amaliyotida lizing kompaniyalari banklar to- monidan nazorat qilinadi yoki ularning sho‘ba korxonalari bo‘ladi.
Ijaraga oluvchi — ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun vositalarni ijaraga oluvchi ishlab chiqarish yoki savdo korxona- sidir. Mol yetkazib beruvchi tomon lizing shartnomasi obyektini ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilot bo‘lib, u ishlab chiqarish yoki savdo korxonasi sifatida bo‘lishi mumkin. Odatda, mol yetkazib beruvchi va ijaraga oluvchi tijorat shartnomasining asosiy shartlarini ishlab chiqadi. Shu bilan bir qatorda, ijaraga beruvchi (bank) moliyalashtirish shartlarini o‘rganib chiqadi va ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini imzolaydi.
Moliyalashtirish masalasini hal qilishda bank mijozning daro- mad darajasini o‘rganib chiqadi. Lizing obyektidan to‘g‘ri va sama- rali foydalanish imkoniyatlarini ba’zida mutaxassislar ko‘rib chi- qishi va qo‘shimcha kafolatlar talab etilishi mumkin. Shartnomada lizing operatsiyalari bo‘yicha ijara muddati, miqdori, valutasini, ijara haqini to‘lash muddati va shartlari, ijaraga olinuvchi vosita- ning (asbob-uskunaning) tarkibi, ishga yaroqliligi bo‘yicha maj- buriyatlari va boshqa ko‘rsatkichlar o‘z ifodasini topishi lozim.
Lizing munosabatlarini tashkil qilishning majburiy shartlari- dan biri lizing shartnomasi davrida lizing obyektini sug‘urtalash hisoblanadi. Lizing qiymati doimiy (har yarim yil, chorak, oy...) ijara to‘lovlarining yig‘indisidan tashkil topadi. Ijara to‘lovining asosiy tashkil etuvchilari amortizatsiya va kredit uchun to‘lanadigan foizdir. Bundan tashqari, lizing to‘lovlari tarkibiga, shuningdek, ijara shartnomasida ko‘zda tutilgan ijaraga beruvchi xizmatlari ham kiri- tilishi mumkin. Ijara to‘lovlari yig‘indisi ijaraga beruvchiga o‘z xara- jatlarini qoplash va daromad olishini ta’minlaydi.
Amaliyotda lizingning bir necha turlari qo‘llaniladi. Bular ope- rativ yoki ishlab chiqarish lizingi, moliyaviy lizing va boshqalardir. Operativ lizing ko‘proq ishlab chiqarish davri bilan bog‘liq bo‘lib, obyekt qisqa davrga, ya’ni uning hayotiy yaroqlilik davridan qisqaroq vaqtga ijaraga beriladi. Bu holda obyektning amortizatsiyasi (eski- rishi) to‘liq amalga oshmaydi, ya’ni obyektni yana bir necha marta ijaraga berish imkoniyati saqlanib qolinadi.
Tijorat banklari va ularning lizing kompaniyalari tomonidan, odatda, ko‘proq moliya lizing operatsiyalari o‘tkaziladi. Lizingning bu turi eng ko‘p tarqalgan lizing shakllaridan. U shartnomaning o‘rta va uzoq muddatliligi bilan tavsiflanadi. Bunda amortizatsiya to‘liq bo‘lishi yoki ijara obyekti qoldiq bahoda qaytarib berilishi mumkin. Bu haqda ijaraga oluvchi ijara muddati tugashidan oldin e’lon qiladi.
Moliyaviy lizing haqiqatda ijara obyektini uzoq muddatli kre- ditlash bo‘lib, oddiy savdo-sotiqdan (egalik huquqi xarid vaqtida iste’molchiga o‘tadi) farq qiladi. Lizing kompaniya asosiy vosita- larni ijaraga oluvchi korxonaning ko‘rsatmasiga binoan sotib ola- di. Uni shu korxonaga uzoq yoki o‘rta muddatga (3, 5, 7 yilga) ijara shartnomasiga asosan sotishi va lizing muddati tugagandan keyin qoldiq bahoda sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini tuzishi mumkin.
Tijorat banklari moliyaviy operatsiyalarining yana bir turi — bu faktoring operatsiyalari hisoblanadi. Bu operatsiyalar — butun xo‘jalik ko‘lamida to‘lovlar aylanishini amalga oshirish bilan bog‘liq. Faktoring (ingl. factor — vositachi) — hisob-kitoblarni tashkil etish sohasidagi yangi xizmat turlaridan bo‘lib, mijozning aylanma ka- pitalini kreditlash bilan muvofiqlashadi. Bunday operatsiyalarni chet ellarda, odatda, maxsus faktoring kompaniyalari amalga oshiradilar. Ular banklar bilan bog‘liq yoki ularning ixtisoslash- gan sho‘balari va kompaniyalari hisoblanadi.
Faktoring operatsiyalarida bank o‘z mijozlarining debitorlarga bo‘lgan talablarini sotib oladi. Bunda bank talabning 70—90 % ini (foiz darajasi mijozning moliyaviy holati, likvidlik darajasi va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda turli xil bo‘lishi mumkin) bo‘nak tariqasida birdaniga to‘lashi, qolgan qismini esa (kredit uchun foizni hisobga olmagan holda) belgilangan mud- datda, debitordan to‘lov tushishidan qat’i nazar to‘laydi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari talablari (da’volari)ni sotib olganda moliyaviy tavakkalchiliklarni aniqlashlari mumkin, chunki ko‘pchilik korxonalarning, jumladan, xorijiy korxonalarning moliyaviy ho- lati to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyati qisman bo‘lsa-da, mavjud. Bu imkoniyat rivojlangan davlatlardagi keng qamrovli yirik banklar o‘rtasidagi kompyuter tarmoqlari tufayli yuzaga kelgan. Bunday tizim doirasida banklar o‘z mijozlariga buxgalteriya, sta- tistika va boshqa axborotlarni taqdim etishga tayyor.
Faktoring mijozlarga xizmat ko‘rsatishning universal shakli hisoblanadi. Chunki mijozlar o‘z talablari (da’volari) bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish ularning to‘lovligini tekshirishdan xoli bo‘lishadi. Banklar mol sotib oluvchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi axborotni mijozlariga yetkazishlari, xorijiy davlatlar- dagi to‘lovlar kafolatini o‘z zimmasiga olishlari mumkin. Banklar uchun bu operatsiyalar yuqori daromad keltirgani uchun ham ular bu operatsiyalarni bajarishdan manfaatdor hisoblanadilar. Rivojlangan davlatlarda faktoring operatsiyalari mijozning moli- yaviy holati, aksiyadorlik kapitali miqdori, mahsulot turi, ish hajmi va boshqalarga qarab yillik aylanmasining sezilarli qismini tashkil etadi.
Moliyaviy aktivlar miqdorining o‘sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining ishonch trasti (ingl. trust — ishonch) operatsiyalarining hajmi oshishiga olib kelmoqda. Bank- ning bu xizmatlari bank bilan mijoz o‘rtasida ishonchlilik muno- sabatlari o‘rnatilishi bilan bog‘liq. Tijorat banklarining trast bo‘- limlari, mijozlar topshirig‘i bo‘yicha uning nomidan, asosan, mulk egaligi bilan bog‘liq va boshqa xizmatlarni bajaradi. Banklar trast operatsiyalarini xususiy korxona va firmalar, shaxslar va boshqa tashkilotlar uchun amalga oshiradi. Trast operatsiyalarini uch turga bo‘lish mumkin: dalolatnoma, g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq operatsiyalar va vositachilik xizmatlari bo‘yicha ko‘rsatiladigan operatsiyalardir.
Merosni boshqarish bilan bog‘liq trast operatsiyalari xususiy shaxslar dalolatnomasi bo‘yicha amalga oshirilib, bankning trast bo‘limi qator majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ularning asosiy- lariga: merosxo‘rning merosini sud qarori yoki meros xati asosida to‘plash, boshqaruv ma’muriy xarajatlarini to‘lash, merosxo‘rlar o‘rtasida merosni bo‘lish va shu oila a’zolariga xususiy xizmatlarni ko‘rsatish kiradi.
Trast bo‘limlari balog‘at yoshiga yetmaganlar, mehnatga layo- qatsiz kishilarga otalik, g‘amxo‘rlik qilish uchun ayrim shaxslar ishonchnomasiga binoan mulkni boshqarish bo‘yicha operatsiyalarni bajaradi. Ishonchlilik bo‘yicha eng ko‘p tarqalgan ope- ratsiyalarga mulkni ishonch asosida boshqarish kiradi. Bunda mulkdor mulkni o‘zi ishongan shaxsga beradi. Bu shaxs, o‘z nav- batida, mulkni mulkdorning manfaati asosida ishlatadi: uni saq- laydi, investitsiya qiladi, shartnomaga muvofiq asosiy summa va daromaddan foydalanadi. Uning asosiy vazifasi mulkni to‘g‘ri investitsiya qilish va ma’lum miqdordagi daromadni ta’minlashdir. Investitsiya davlat qonuni, shartnoma va trast bo‘lim siyosati aso- sida amalga oshiriladi.
Vositachilik xizmatlarini tijorat banklarining trast bo‘limlari o‘z zimmasiga vositachilik vazifasini olish orqali bajaradi. Agar operatsiya mulk bilan bog‘liq bo‘lsa, mulk egaligi uning egasi qo‘lida saqlanadi. Xizmal.lar esa aktivlami saqlash, boshqarish, yuridik xizmal. ko‘r- satish va boshqa vositachilik operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Korxona va firmalar bunday xizmatlar uchun o‘z tijorat bank- larining trast bo‘limlariga murojaat qilishadi. Ishonch operatsiya- lariga obligatsiya zayomiga xizmat ko‘rsatish (zayom kafolati bo‘lib xizmat qiluvchi mulkdan foydalanish huquqining o‘tishi bilan birga olib boriluvchi) kiradi. Aksiyadorlik kompaniyalari bank xiz- matlariga aksiya va obligatsiyalarni, pensiya fondlarini boshqarish (egalik huquqining o‘tishi bilan), aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqalar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha murojaat qilish- lari mumkin bo‘ladi.
Trast bo‘limlari depozitariy funksiyasini ham bajaradilar. Masalan, ovoz berishni ishongan aksiyadorlarning aksiyalarini saqlash (ovoz berish trasti). Kompaniya qayta tashkil topganda, tugatilgan yoki bankrot bo‘lganda, bank uni vaqtinchalik boshqarishi mumkin.
Trast operatsiyalarini amalga oshirgani uchun tijorat banklari komission to‘lovlari oladi. Merosni boshqarish operatsiyalari bo‘yicha komission to‘lovlarni o‘rnatish va to‘lash qator mam- lakatlarda qonun yo‘li yoki sud qarori bilan belgilanadi. Vositachilik xizmatlari bo‘yicha turlicha to‘lovlar ko‘lami shartnoma asosida belgilanadi. Komission to‘lovlar trast daromadidan yillik chegir- malar yig‘indisi hisobiga tashkil topishi, shartnomaning asosiy summasidan yillik badal va ba’zi hollarda trast shartnomasi tuga- gandan keyin umumiy summadan ajratma shaklida belgilanishi mumkin. Trast operatsiyalarini amalga oshirishda ularning hajmi operatsiyalar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab, bankka foyda kelti- radigan darajada bo‘lishi kerak. Tijorat banklarining to‘lovga layoqatliligi va likvidliligi