O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,76 Mb.
bet49/73
Sana13.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#355809
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Bog'liq
pul muomalasi

Targetirlash. Pul massasi hajmining o‘zgarishini o‘rnatilgan usullar yordamida chegaralash targetirlash deb ataladi. Targetir- lashda ma’lum bir davrda pul massasi hajmining taxminiy yuqori va past darajasi belgilab beriladi.

Jahon amaliyotida pul massasi hajmini chegaralashning tax- miniy darajasi quyidagi maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha belgilab beriladi. Masalan, Fransiyada bu usul nazorat raqamlari, AQSHda depozit shaklida, Yaponiyada istiqbol shaklida belgilab beriladi.

Markaziy bank targetirlashni pul muomalasini muvofiqlash- tirishning boshqa vositalari bilan birgalikda olib boradi. Targetir- lashning ahamiyati shundaki, ma’lum bir davrda haqiqatda muo- malaga chiqarilgan pul massasini taxminiy belgilab berilgan pul massasi bilan solishtirish natijasida pul muomalasidagi ahvol to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin va oldindan zaruriy choralar ishlab chiqish hamda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, Markaziy bank pul-kredit siyosatining samaradorligini ta’minlaydi.

Targetirlashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar pul-kredit siyosatini olib borish an’analariga, pul muomalasini muvofiqlash- tirish usullariga bog‘liq bo‘ladi.

Markaziy bankning navbatdagi funksiyalaridan biri, bu — kre- dit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat. Tijorat bank- lari faoliyatining Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bankning muhim mavqega egaligi bilan asoslanadi. Markaziy bank bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot bilan bank tizimi o‘rtasida vositachi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bank nazorati ikki maqsadni:

  • jamg‘armachilar manfaatlarini har xil mumkin bo‘lgan zararlardan himoya qilish;

  • tavakkalchiliklarning oldini olish bilan birga, moliyaviy bozorning barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.

Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish funksiyasini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish;

  • banklar hisobotlarini tekshirish;

  • joylarda tekshirishlar o‘tkazish;

  • bank operatsiyalarini bajarishda me’yorlarga rioya qilishni nazorat qilish.

Bank faoliyatini olib borishga litsenziya (ruxsat) berish orqali Markaziy bank tashkil qilinayotgan kredit institutining bank faoliyatini olib borish imkoniyatlarini aniqlaydi.

Kredit tashkilotiga litsenziya berishda quyidagi ma’lumotlarga e’tibor beriladi:

  • bankning asosiy aksiyadorlari;

  • boshlang‘ich kapitalning manbalari;

  • bank rahbar xodimlarining malakasi va qobiliyatining mos kelishi;

  • ko‘rsatiladigan xizmat turlari va bank strategiyasi;

  • nizom kapitalining miqdori;

  • bank aktivlarining to‘g‘ri baholanganligi;

  • yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni qoplash maqsadida zaxira fondini tashkil qilish va boshq.

Jahon amaliyotida o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab ko‘pgina banklar inqirozga uchraganligi munosabati bilan Markaziy banklar tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish maqsadida banklar va ularning sho‘balari to‘g‘risida hisobotlar topshirishni belgilab berdi.

Markaziy bank tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiya- larni tekshirish, ichki audit holatiga baho berish huquqiga ega. Bunda, avvalambor, tijorat banklarining aktivlari: kreditlar va qimmatli qog‘ozlar holati, banklarning likvidligi va barqarorligi tekshiriladi. Tekshirish o‘tkazishdan asosiy maqsad:

  • bankning moliyaviy holatiga obyektiv baho berish;

  • bankni boshqarish sifatiga va uning rahbari faoliyatiga baho berish;

  • bankning moliyaviy holatini va uning bajaradigan operatsiya- larining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha choralar ishlab chiqish;

  • bank faoliyatining mavjud qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq olib borilishini ta’minlash va boshqalardan iborat.

Markaziy bank, shuningdek, tijorat banklari olib boradigan operatsiyalarining me’yor bo‘yicha bajarilishini nazorat qilib boradi. Bu holda Markaziy bank tijorat banklarining quyidagi ko‘rsatkich- larini tekshiradi:

  • bank kapitalining aktivlariga nisbati;

  • bir mijozga to‘g‘ri keluvchi kreditning limiti;

  • likvidlilik koeffitsiyenti me’yorlariga rioya qilish;

  • foiz stavkalari o‘zgarishi natijasida daromadning o‘zgarishi va boshq.

Markaziy bank davlat banki sifatida faoliyat olib boradi va hu- kumatning moliyaviy maslahatchisi hisoblanadi. Bu funksiyani bajara turib, Markaziy bank davlat tashkilotlariga hisob xizmatla- rini ko‘rsatadi va davlat budjetining kassaviy ijrosini amalga oshi- radi. U davlatning xazina to‘lovlarini amalga oshiradi va davlatga kreditlar beradi. Davlat xazinasidagi bo‘sh pul mablag‘lari Mar­kaziy bankda depozit shaklida saqlanadi. Markaziy bank davlatning qisqa va uzoq muddatli qarzlari bo‘yicha kassa xizmatini ko‘rsatadi.

Markaziy bank to‘lov, hisob-kitob munosabatlarini tashkil qilish funksiyasini bajara turib, moliya tizimining barqarorligini ta’minlash, to‘lov tizimining samarali bo‘lishini ta’minlash, pul- kredit siyosatini o‘tkazish kabi masalalarni hal qilishni o‘z oldiga qo‘yadi. Moliyaviy tizimning samaradorligi, avvalambor, to‘lov tizimining qay darajada tashkil qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Iqti- sodiyotda to‘lov mexanizmining yaxshi yo‘lga qo‘yilishi, banklararo hisob-kitoblarning to‘g‘ri olib borilishi iqtisodiyotda to‘lanmagan qarzlarning kamayishiga olib kelishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov tizimida naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllarini rivojlanti- rish, elektron to‘lovlar tizimini joriy qilish va rivojlantirish kabi vazifalar amalga oshiriladi.

Markaziy bank valuta kursini boshqarish funksiyasini baja- radi. Markaziy bankning bu funksiyasi bozor iqtisodiyoti tizimini tartibga solishda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Markaziy bank­ning asosiy valuta siyosatiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Valuta intervensiyasi.

  2. Deviz siyosati.

  3. Svop operatsiyalari.

  4. Devalvatsiya.

  5. Revalvatsiya.

  6. Valuta cheklovlar siyosati va boshq.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish