O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Avtomobilning tormozlash xususiyati



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/118
Sana06.08.2021
Hajmi2,72 Mb.
#140410
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118
Bog'liq
yol harakati qoidalari va xavfsizligi

4.9. Avtomobilning tormozlash xususiyati
Avtomobilning tormozlash xususiyatlari deganda, haydovchi 
xohishi bilan avtomobilning harakatlanish tezligini pasaytirish 
zarur bo‘lganda tezda to‘xtatish va nishablik joylarida to‘xtatib 
turish xususiyatiga aytiladi. Tormozlash xususiyatlari bir necha 
tormoz tizimlari bilan ta’minlanadi.
Ishchi tormoz tizimi avtomobilning harakatlanish vaqtida 
doimiy foydalanish uchun mo‘ljallangan, uning yordamida haydov-
chi avtomobil tezligini u yoki bu darajada sekinlatishi yoki to‘xta ti-
shi mumkin. Barcha turdagi avtomobil va mototsikl lar ishchi tormoz 
tizimi bilan jihozlanadi. Ishchi tormoz tizimining boshqa rish organi, 
odatda, tormoz pedali hisoblanadi. Nogironlarga mo‘ljallan 
gan 
avtomobillarda pedal dasta bilan almashtirilishi mumkin.
Ehtiyot tormoz tizimi, ishchi tormoz tizimi ishdan chiqqanda 
avtomobilni sekinlatish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. KamAZ 
avtomobillaridagi ehtiyot tormoz tizimi to‘xtab turish tormozi bilan 
konstruktiv birlashtirilgan.
Yordamchi tormoz tizimi uzoq muddatga kichik tormoz kuchi 
hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Bunday tormoz tizimi bilan 
shaharlararo yo‘nalishda qatnashga mo‘ljallangan ba’zi bir yuk 
avtomobillari va avtobuslar jihozlanadi.
Yordamchi tormoz tizimining ish prinsipi, u ulanganda dviga-
telda yonilg‘i uzatish to‘xtatiladi va gazlarni chiqarish quvurlarida 
to‘sgich (zaslonka) yopilib, tirsakli valning aylanishiga to‘sqinlikni 
vujudga keltirishga asoslangan. Shunday qilib, bunday holatda 
dviga tel bilan tormozlash bo‘ladi. Odatda, yordam chi tormoz tizimi-
dan surunkali nishabliklarda, ishchi tormoz mexaniz mining qizishi 
va yeyilishining oldini olish uchun foydalaniladi. Yordamchi tormoz 
tizimi avtomobilni to‘satdan to‘xtatish imkonini bermaydi.
To‘xtab turish tormoz tizimi to‘xtab turgan avtomobilning o‘z-
o‘zidan yurib ketishi oldini olishga mo‘ljallangan. Odatda, bu tizim 
ishchi tormoz mexanizmlariga ta’sir qiladi va mexanikaviy po‘lat 
arqon yuritmali yoki prujinali energoakkumulatorli bo‘ladi. To‘xtab 
turish tormoz tizimi bilan barcha avtomobillar jihozlanadi. Oxirgi 
paytlarda yon aravachali mototsikllar ham to‘xtab turish tormozi 
bilan jihozlanmoqda.


42
Ayrim hollarda avtomobilni to‘xtab turish joylarida to‘xtatganda, 
to‘xtab turish tormozi o‘rniga past uzatmalardan biri ulab qo‘yiladi. 
Bu – yo‘llarda harakatlanish qoidalariga ziddir. Istisno tariqasida, 
boshqa iloj qolmaganda karburatorli avtomobillarda bu usulni qo‘l-
lash mumkin, chunki o‘t oldirish tizimi o‘chirib qo‘yilganda, biror 
sababga ko‘ra, harakatga kelgan avtomobil dvigateli o‘t olmay di. 
Dizel dvigatelli avtomobillarda bunday usulni qo‘llash qat’iyan man 
etiladi. Bundan tashqari, to‘xtab turish tormozi bilan birga uzatmani 
ulab qo‘yish dizel dvigatelli avtomobillarda qat’iy taqiqlangan.
Tormozning ikki turi mavjud: xizmat yuzasidan va tasodifan 
(favqulodda).
Xizmat yuzasidan tormozlash deb, avtomobilning tezligini pasay-
tirish yoki haydovchi oldindan ko‘zlagan joyda to‘xtatishiga aytiladi.
Tasodifan tormozlash deb, kutilmaganda qatnov qismida paydo 
bo‘lgan yoki kech aniqlangan to‘siqni bosmaslik uchun yuqori 
intensivlik bilan tormozlashga aytiladi.
Tormozlash xususiyatlari bir necha ko‘rsatkichlar bilan 
baholanadi. Bulardan asosiysi: eng katta sekinlashuv va to‘xtash 
yo‘li hisoblanadi.
Tormoz yo‘lining qiymati, ayrim hollarda eng katta sekinlashuv 
qiymati, avtomobilning texnik tavsifnomasida ko‘rsatiladi.
Tormoz xususiyatining ko‘rsatkichlari, ularni aniqlash sharoitiga 
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, sirpanchiq yo‘lda, quruq asfaltga 
qaraganda avtomobilning tormoz yo‘li ko‘p bo‘ladi. Shuning 
uchun avtomobilning texnik tavsifnomasida u yoki bu tormoz 
xususiyati ko‘rsatkichini ko‘rsatganda, odatda, uni aniqlagan 
sharoit ko‘rsatiladi. Avtomobilning tormoz yo‘li, uning yonilg‘i to‘la 
quyilgan, birga yo‘lovchisi bo‘lganda qattiq qoplamali gorizontal 
yo‘lda soatiga 60 yoki 40 km boshlang‘ich tezlikda aniqlanadi. 
Avtomobilning tormozlashda sekinlashuvini aniqlash uchun maxsus 
pribor-desslerometr qo‘llaniladi.
Tormoz yo‘li deb, avtomobilni tormozlashni boshlagandan to u 
to‘la to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofaga aytiladi.
To‘xtash yo‘li deb, to‘siqni ko‘rgandan to avtomobil to‘xta-
guncha, avtomobil bosib o‘tgan yo‘lga aytiladi.
Tasodifan tormozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz.


43
30-rasm. Avtomobilning tormozlanish protsessi grafigi.
Bu grafikda:
t
1
 – haydovchi to‘siqni ko‘rib, tormozlash zarurligi haqida qaror 
qabul qilguncha ketgan vaqt, ya’ni haydovchining reaksiyasi uchun 
zarur bo‘lgan vaqt; t
1
 = 0,3...1 s;
t
2
 – haydovchi oyog‘ini drossel pedalidan olib, tormoz pedaliga 
qo‘yishi uchun ketgan vaqt;
t
3
 – tormoz yuritmasidagi ish suyuqligi (yoki havo) inersiya-
sini hamda lyuftlarni yo‘qotish uchun ketgan vaqt, gid 
ravlik 
yuritma uchun t

 = 0,2...0,3; pnevmatik yuritma uchun t
3
 = 0,3...1,3; 
avtopoyezd tormozining yuritmasi uchun t

 = 2...2,5 s;
t
4
 – tormozlovchi  kuchning  P
Tmax 
(A nuqta) gacha o‘sishi uchun 
zarur bo‘lgan vaqt t
4
  =  0,5  s;
t
T
 – tormozlash uchun ketgan vaqt;
t
5
 – avtomobil to‘xtagandan so‘ng sistemada bosim nolgacha 
kamayishi uchun ketgan vaqt.
Haydovchining reaksiyasi uning sog‘lig‘iga,  asabiga va 
boshqalarga bog‘liq. Ayniqsa, spirtli ichimlik iste’mol qilgan 
haydovchining reaksiya vaqti t
1
 katta qiymatga ega bo‘ladi, natijada 
harakat xavfsizligi ta’minlanmaydi. t
2
 vaqt ham haydovchining 
reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum intervalda o‘zgaradi. Tormoz 
yuritmasidagi lyuftlarni yo‘qotish uchun ketgan vaqt t
3
  suyuqlik 


44
siqilmaganligi va havoning siqilishi mumkinligi sababli gidravlik 
yuritma uchun kam, pnevmatik yuritma uchun esa katta qiymatga 
ega. Avtopoyezdning umumiy uzunligi katta bo‘lganligidan 
pnevmatik yuritmaning ishlashi uchun ko‘p vaqt ketadi. t
4
  vaqt 
haydovchi avtomobilni boshqarishining individual uslubi va tormoz-
lash vaqtidagi sharoitiga bog‘liq.  Avtomobilni tormozlashga ket-
gan vaqt t
T
  g‘ildiraklar blokirovka qilingan daqiqadan avtomobil 
to‘xtaguncha o‘tgan vaqt bilan o‘lchanadi. Blokirovka qilingan 
g‘ildirak yo‘lda faqat sirpanib harakatlanadi va shuning uchun ham 
qora iz qodiradi. t
T
 vaqtning qiymati tormozlanish boshlanmasdan 
oldingi  tezlikning  qiymatiga,  yo‘lning  umumiy  qarshilik  koeffitsi-
yenti bilan bog‘liq faktorlar (yo‘l 
ning tipi, ob-havo sharoiti va 
h. k.) ga, avtomobil massasiga va boshqalarga bog‘liq. Bundan 
tashqari, harakat xavfsizligi va effektiv tormozlanish masalalarini 
hal etishda avtomobil butunlay to‘xtashi uchun ketgan vaqt T
0
 va 
masofa S
0
 kabi parametrlar ishlatiladi. Bunda T
0
 – haydovchi  to‘siqni 
ko‘rgandan avtomobilni to‘xtatguncha ketgan vaqt, s; S
0
 – haydovchi 
to‘siqni ko‘rgandan avtomobilni to‘xtatguncha o‘tilgan masofa, m.
Bu qiymatlar quyidagicha ifodalanadi: T
0
 =   t
1
 + t
2
 + t
3
 + t
4
 + t

, c.
S
0
 =   S
1
 +   S
2
 +   S
3
 +   S
4
 +   S

, m
Bu yerda: S
1
, S
2
, S
3
, S
4
, S
T
 – t
1
, t
2
, t
3
, t
4
, t
T
 – vaqtlarda  o‘tilgan  masofalar.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish