3.4. Piltalab tandalash
Piltalab tandalash usulida belgilangan piltalar soni navbati
bilan tandalash barabaniga o‘raladi. O‘ralgan ip uzunligi to‘quv
g‘altagidagi ip uzunligiga teng bo‘lishi kerak. So‘ngra barcha
piltalar bir vaqtning o‘zida tandalash barabanidan to‘quv g‘altagiga
qayta o‘raladi.
Quyidagi hollarda piltalab tandalash usuli qo‘llaniladi:
1. Ipak va shoyi matolar to‘qishda (tanda iplari soni ko‘p).
2. Jun matolar to‘qishda, kichik guruhli tanda g‘altaklarini
qayta ishlashda.
3. Ko‘prangli va murakkab rapportli tanda iplarini tayyorlashda.
Piltalab tandalash ikkita jarayondan iborat bo‘ladi. Birinchisi
piltalarni ketma-ket tandalash barabaniga o‘rash bo‘lsa, ikkinchisi
esa, barabandan piltalarni jamlab, to‘quv g‘altagiga qayta
o‘rashdan iborat. Birinchi o‘ralayotgan pilta baraban chetidan
tushib ketmasligi uchun barabanning bir tomoni konussimon qilib
ishlanadi. Konusning burchagi ikki xil bo‘ladi:
1. O‘zgarmas burchakli (burchak qiymati doimiy).
2. O‘zgaruvchan burchakli (7°, 9°, 11°
va h.k.)
Quyida piltalab tandalash mashinasining texnologik sxemasi
keltirilgan (3.15-rasm).
3.15-rasm. Piltalab tandalash mashinasining texnologik sxemasi:
1 – tandalash romi; 2 – tanda ipi; 3 – yo‘naltiruvchi qator; 4 – yo‘naltiruvchi
chiviq; 5 – nax tig‘i; 6 – support tig‘i; 7 – tandalash barabani; 8 – bobina.
60
Ip tandalash romiga 1 o‘rnatilgan bobinadan 8 chuvalib chiqib,
yo‘naltiruvchi qator 3, yo‘naltiruvchi chiviq 4, nax tig‘i 5, support
tig‘idan 6 o‘tib, tandalash barabaniga 7 o‘raladi (3.15-rasm). Kerakli
uzunlikdagi ip tandalash barabaniga o‘ralgandan so‘ng, mashina
to‘xtatilib, barabanga o‘ralgan barcha piltalar jamlanib, valik 9
orqali to‘quv g‘altagiga 10 o‘raladi (3.16-rasm).
7
9
10
3.16-rasm. To‘quv g‘altagiga o‘rash.
Nax tig‘i 5 iplarni ikki qismga ajratish uchun foydalaniladi.
Support tig‘i 6 esa piltaning eni va zichligini belgilaydi. Barabanga
piltalar ravon o‘ralishi uchun piltalarga tandalash davrida ikki xil
harakat beriladi: tandalash barabanining aylanishidan olinadigan
ilgarilanma harakat, support mexanizmidan olinadigan ko‘chma
hara katdir. Ko‘chma harakat natijasida birinchi pilta iplari bara-
banning konusiga, keyingi piltalar esa oldingi pilta konusi yuzasiga
joylanadi.
Barabandagi piltaning kesimi parallelogram shakliga ega.
Chiqindilarni kamaytirish va texnologik jarayon o‘timlaridagi
iplar uzunligi muvofiqligini ta’minlash uchun piltalab tandalash
hisobi bajariladi. Unda piltalar soni, bitta piltaning eni, piltadagi
iplarning zichligi, support siljish miqdori kabi ko‘rsatkichlar
hisoblab topiladi.
SL–250-SH piltalash mashinasida support siljishini faqatgina 4
xil miqdorini olish mumkin, ya’ni: 2,88; 2,1; 1,5; 0,6 mm. Boshqa
piltalab mashinalarida esa support siljishini 0,97 – 3,45 mm oraliqda
61
o‘zgartirish mumkin. 3.1-jadvalda ayrim to‘qimalar uchun SL–
250-SH mashinasida baraban konus burchagi va support siljish
miqdorlari hisoblari keltirilgan.
Baraban
To‘quv
g‘altagi
3.17-rasm. Piltalab tandalash mashinasining ko‘rinishi.
3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |