UO‘K 677.023
KBK 37.230.3
I 70
Taqrizchilar: Olimboev E. SH. – TTESI, professor, t. f. n;
Valiyev G. N. – «O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tad qiqot
instituti» katta ilmiy xodimi, t. f. n.
ISBN 978-9943-4869-5-9
© B. Boymuratov va boshq., 2017
© «Niso Poligraf»
nashriyoti, 2017.
3
KIRISH
O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati mahalliy xomashyoni
qayta ishlashga asoslangan ko‘p asrlik tarixga ega: paxta tolasi,
ipak, terichilik, kaolin kabilar mamlakatning milliy boyligi
hisoblanadi. Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekiston orqali o‘tishi, bu
yerda ishlangan paxta va ipakli matolar hunarmandchiligi, o‘ziga
xos xushbichim milliy
ust-bosh va oyoq kiyimlar, suratlar chizilgan
sopol idishlar dunyoning ko‘plab davlatlariga mashhur bo‘lgan.
Hozirgi vaqtga kelib, dunyoda eksportni amalga oshiruvchi yengil
sanoat tarmoqlar orasida yuqori reytingga ega bo‘lib turibdi. Bu
soha eksport tovarlar nomenklaturasida yigirilgan ip-kalavadan
tortib tayyor mahsulotgacha bo‘lgan keng tarmoqni o‘z ichiga
olgan. Shu nuqtayi nazardan sohaning
eksport potensiali salmoqli
o‘ringa ega bo‘lib, uning rivojlanish yo‘nalishi mavjud strategik
investor, jahon bozoridagi tovarlar konyunkturasi, biznes rejaning
samaradorligi, kadrlarning eksport ishlab chiqarish talablariga
muvofiq kelishiga bog‘liqdir.
To‘qimachilik
sanoatini rivojlantirish, zamonaviy yuqori
texno
logiyalardan foydalanish va bozor iqtisodiyoti sharoitida
mavjud xomashyolardan foydalanib, raqobatbardosh sifatli yangi
turdagi to‘qimalarni ishlab chiqarish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.
Iplarni to‘quvchilikka tayyorlash ip va to‘qima ishlab chiqarish
jarayoni o‘rtasidagi bog‘lovchi texnologik zveno bo‘lib hisoblanadi.
To‘quvchilik ishlab chiqarish texnologik jarayoni asosan
quyidagilardan: ishlab chiqarilayotgan to‘qimalar assortimenti,
xomashyo va to‘qimalarning tuzilishidan tashkil topadi.
4
Mahsulotning fizik-mexanik xususiyatlarini saqlagan holda
ularni tannarxining kamaytirish to‘qimachilik
mutaxassislarining
asosiy vazifasi hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham turli xil
to‘qimachilik iplarini ishlab chiqarishga jorish etish masalasiga katta
e’tibor qaratiladi.
Kimyoviy iplardan foydalanish darajasining ortib borishi,
ularning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari nafaqat tabiiy tolalardan
qolishmaydi, balki ayrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ulardan yuqoriroq
hamdir. Bundan tashqari, mahsulot ishlab
chiqarishda materiallar
va mehnat xarajatlarini kamaytirish, xomashyoning arzonligi va
uzluksiz ta’minlanishi katta rol o‘ynaydi.
Tanda va arqoq iplarining fizik-mexanik xususiyatlari mashina
va to‘quv dastgohlarining yuqori unumdorlikda ishlashini, ishlab
chiqarish jarayonining uzluksizligini va to‘qimaga qo‘yilgan
funksional talablarni ta’minlashi kerak bo‘ladi.
Bunday talablarni
bajarish uchun to‘quv dastgohida qayta ishlashni ta’minlovchi tanda
va arqoq iplarini tayyorlash talab etiladi.
To‘quv ishlab chiqarish korxonasiga tanda iplari xomashyo
yigirish tuftagida, g‘altakchalarda, kalavada va bobinalarda
keltiriladi. Qayta o‘rash jarayonida iplar yigirish tuftagidan
konussimon yoki silindrsimon bobinaga o‘raladi.
Bobinalarga
o‘ralgan iplar kerakli uzunlikda keyingi tandalash jarayonining
muqobil kechishini ta’minlashi uchun o‘raladi. Kimyoviy iplar
asosan bobinalarda keltiriladi.
Iplarni to‘quvchilikka tayyorlashning ko‘pgina texnologik
jarayonlari murakkab kategoriyaga mansub bo‘lib, ular bir-biriga
o‘zaro bog‘liq ko‘plab texnologik omillar bilan tavsiflanadi. Uskuna
va dastgohlarning yuqori unumdorligini,
ishlab chiqarilayotgan
mahsulot sifatining talab darajasida bo‘lishi bevosita muqobil
tanlangan va o‘rnatilgan texnologik omillarga bog‘liq bo‘ladi.