Uzluksiz zanjirli rom Bunday rom birinchi marta «Barber Coleman» (AQSH)
kompaniyasida foydalanila boshlangan. Romning ikki tomondagi
asoslari markazga nisbatan o‘tkir burchak ostida joylashgan (3.6-
rasm). Romning ichkari tomonida bobinalar o‘rnatiladi va zanjirli
uzatma yordamida harakatlantirilib, tashqari tomonga o‘tkaziladi.
Ipni chuvatish tashqari tomondan amalga oshiriladi. Tugagan
bobinalarni almashtirish qisqa (15 min. atrofida) vaqt ichida
bajariladi. Rom oralig‘ida zaxira bobinalar uchun maydon bor.
Uzluksiz zanjirli rom tandalash jarayonini yuqori tezlikda amalga
oshirish imkoniyatini beradi. Rom yordamida juda kichik taranglik
ostida 6–100 teksgacha bo‘lgan yigirilgan iplarni tandalash
mumkin. Har qanday bobinani o‘rnatish imkoniyati mavjud. Rom
to‘liq kompyuterli nazorat-boshqaruv tizimiga ega.
3.6-rasm. Uzluksiz zanjirli tandalash romi.