Ohor harorati rostlagichi Ohorlash mashinalarida ohorlash idishidagi 1 ohor harorati
avtomatik ravishda ikki pozitsiyali rostlagich yordamida rostlanadi
va u ohor idishidagi ohor haroratini berilgan darajada ushlab
turish uchun ishlatiladi (4.11-rasm). Har xil issiqlik kengayishga
ega bo‘lgan ikkita metall plastinka 2, 3 ohor harorati o‘zgarganda
bajaruvchi mexanizmga signal beradi va u jo‘mrakni 7 ochib, bug‘
quvuridan 8 bug‘ kelishi hisobiga ohor haroratining o‘zgarishiga
imkon beradi va uni rostlab turadi.
4.11-rasm. Ohor harorati rostlagichi:
1 – ohor idishi; 2 – invar plastinkasi; 3 – latun plastinasi; 4 – richag; 5 – havo
quvuri; 6 – bosim rostlagichi; 7 – bug‘ quvuri jo‘mragi; 8 – bug‘ quvuri.
Quyida har xil tolali iplar uchun ohor harorati miqdorlari
keltirilgan:
Paxta tolali iplar uchun
85 – 87°
Jun tolali iplar uchun
60 – 70°
Ipak tolali iplar uchun
60 – 65°
Sun’iy ipak tolalari uchun
30 – 45°