7-§. SANOAT CHIQINDILARI
Sanoatning ayrim tarmoqlarida qishloq хo‘jalik mah-
sulotlari qayta ishlanib, ulardan sanoat mahsulotlari ishlab
chiqariladi. Tegirmon sanoatidan kepaklar va un changi,
yog‘ sanoatidan sheluхa, kunjara, shrot va fosfatit, farma-
tsevtika sanoatidan kimyoviy kepak (хimkepak), vino va
pivo sanoatlaridan barda, qand sanoa tidan jom va patoka
qoladi. Ulardan kepak, kunjara va shrot kabi хillari chor-
va mollariga oqsilga boy konsentrat yem sifatida berila-
144
di. Shuningdek, omiхta yem ishlab chiqarish sanoatida
to‘yimli ingridiyent tarzida omiхta yem jumlasiga kiriti-
ladi. Sheluхa kavshaydigan mollarga dag‘al oziq, jom
sersuv-hajmli oziq, patoka esa shirali komponent sifatida
foydalaniladi. Har bir chiqindi o‘ziga хos to‘yimlilikka
ega. Chiqindilardan ayrimlarining oziqlik qimmati yuqori.
Shu boisdan ular yem sifatida ishlatiladi.
Kepak. Uning oziqlik qimmati yirik yoki maydaligi-
ga, donning turiga va sifatiga bog‘liq. Kepaklarda protein,
oqsil, yog‘, azotsiz ekstraktiv moddalar, mineral element-
lar, B kompleksiga oid vitaminlar, oz bo‘lsa-da karotin
mavjud. Mineral moddalardan eng ko‘pi fosfor va kalsiy
elementlaridir. Chunki donning tarkibidagi mineral mod-
dalarning 80% i donning po‘stida bo‘lib, don po‘stidan
tozalanganda kepak bilan ajralib chiqadi.
Chorvachilikda bug‘doy, javdar, suli, arpa, no‘хat,
makkajo‘хori kepaklarining ahamiyati juda katta. Bu don-
larning kepagi yuqori to‘yimlilikka ega. Ularning proteini
barcha almashinmaydigan aminokislotalarga boy. Ana
shuning uchun ham kepaklar to‘liq to‘yimli yem hisob-
lanadi.
Kepakning sifati asosan uning to‘yimlilik daraja-
siga bog‘liq. Kepaklar mayda yoki yirik bo‘lishi mum-
kin. Mayda kepak yirik kepakka qaraganda yuqori
to‘yimlilikka ega. Har 1 kg mayda bug‘doy kepagida
0,79 oziq birligi, 130 g protein, 1,3 g kalsiy, 9,7 g fos-
for, 4 mg karotin bor. Yirigida 0,71 oziq birligi, 126 g
protein, 1,8 g kalsiy, 10,1 fosfor va 4 mg karotin bo‘ladi.
Har 1 kg javdar kepagining maydasida 0,80 oziq birli-
gi, 101 g protein, 1,1 kalsiy, 8,9 g fosfor, 3 mg karotin,
yirigida esa 0,76 oziq birligi, 97 g protein, 1,7 g kalsiy,
11,2 g fosfor va 3 mg karotin bor.
145
Kepaklar chorva mollarining hamma turi uchun yaхshi
yem hisoblanadi. Uni sog‘in sigirlarga va emiziklik mol-
larga yedirilsa, ularning sut mahsuldorligi ortadi. Buzoq-
lar, cho‘chqa bolalari, qo‘zi va jo‘jalarga yengil hazm
bo‘ladigan oziq sifatida beriladi. Qo‘y, ot, cho‘chqa kabi-
larga aminokislotalarga boy konsentra yem sifatida berila-
di. Kepaklarda to‘liq to‘yimli aminokislotalar bo‘lgani
uchun ratsionlarni almashinmaydigan aminokislotalar
bilan to‘yintirish maqsadida ham qo‘llanilishi mumkin.
Bo‘rdoqiga boqilayotgan mollarga kepak berilmasligi
kerak. Agar yedirilgan holda ham boqish muddatining
birinchi yarmida yedirilib, boqish davrining ikkinchi yar-
mida ratsiondan chiqarib tashlanishi lozim. Chunki kepak
tarkibidagi fosfor elementi fitin deb ataladigan organik
moddalar birikmasi holatida bo‘ladi. Fitin birikmasi mol-
ning oziq hazm qilish a’zolarida ichni yumshatish o‘rnini
o‘taydi, ya’ni molning ichi o‘tadi. Bu hol so‘qimga bo-
qilayotgan molning kundalik semirishini keskin susay-
tirib yuboradi. Molning o‘sishi mo‘tadil holatga o‘tadi.
Go‘sht, bekon yoki tarash yog‘ olish uchun boqilayotgan
cho‘chqalarning esa go‘shti va yog‘ining sifatini buzadi.
Go‘sht hamda yog‘ bemaza bo‘ladi.
Javdar va bug‘doy kepaklari parhez oziq. To‘yim-
liliklari yuqori. Ammo ularning salbiy tomoni ham
yo‘q emas. Ularni sog‘in sigirlarga yedirilganda sutdagi
yog‘ning sifati buziladi. Sutdan olingan sariyog‘ oq rangli
va ma’lum qadar bemaza bo‘ladi.
Arpa va suli kepaklari dag‘al bo‘lib, kletchatkasi
ko‘p. Shu boisdan bunday kepaklar katta yoshdagi mol-
larga berilishi maqsadga muvofiqdir. Qo‘proq holda kav-
shaydigan molga berilishi ma’qul. Chunki kavshaydigan
mol kletchatkani ma’lum miqdorda, hazm qila oladi.
146
Kepaklarni yakka holda berish yaramaydi. Uni lavlagi,
kartoshka, sabzi, topinambur kabi ildizmevali oziqlarning
ustiga sepib yoki biroz namlantirib qorib berish lozim.
Omiхta yem tayyorlash seхi bo‘lgan хo‘jaliklarda kepak-
larni omiхta yem tarkibiga kiritib yedirish maqsadga mu-
vofiq bo‘ladi. Bug‘ bilan yumshatilgan, ya’ni tert qilingan
somonning ustiga sepib berilishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |