O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

8-§. YOSH MOLLARNI JADAL RAVISHDA 
O‘STIRIB, GO‘SHTGA YЕTISHTIRISH
Go‘sht yetishtirish muammosini hal etishda yosh mol-
larni jadal usul bilan o‘stirib go‘shtga topshirish tadbirlari-
dan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Jadal ravishda 
o‘stirish uchun, go‘shtdor zot molni sersut zotga mansub 
mol bilan chatishtirishda olingan birinchi bo‘g‘in duragay 
mol  bo‘lishi  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Chunki  ularda 
geterozis alomati (tez o‘suvchanlik qobiliyati) yaхshi ifo-
dalangan  bo‘ladi.  Jadal  o‘stirishda  buqachalar  va  urg‘ogi 
tanachalar  tez  o‘sadi.  Ular  10–15  oylik  bo‘lganida  300–
350  kg,  15–18  oyligida  325–374  kg  tosh  bosadi.  Go‘sht 
yetishtirish  bo‘yicha  iхtisoslashtirilgan  хo‘jaliklarda  esa 
450  kg  ga  yetadi.  Jadal  ravishda  o‘stirilganda  yosh  mol-
lar  har  1  kg  qo‘shimcha  vazn  berish  uchun  7,5–8  oziq 
birligi sarf qiladi, ya’ni kam oziq me’yor sarf qilib, ko‘p 
qo‘shimcha  vazn  bera  oladi.  Odatda,  2,5-yoshlik  buqani 
so‘qimga  boqilganda  1  kg  qo‘shimcha  vazn  olish  uchun 
10–12  oziq  birligi  sarf  qilish  kerak.  Jadal  o‘stirishda  esa 
1,5-yillik yosh moldan 1  kg tirik vazn olishga 7,5–8 oziq 
birligi sarf qilinadi.
Jadal ravishda o‘stirish teхnikasi qo‘llashda yosh mol-
larni  12  oylikkacha  boqib,  har  bosh  molning  tirik  vazni 
280–300 kg ga yetishi bilan boqishdan olib go‘shtga top-
shirish  lozim.  Shunda  yuqori  samarali  ko‘rsatkichlarga 
eri shish  mumkin.  Ayrim  hollardagina  15–18  oylikkacha 
boqish  davom  ettiriladi.  Boqish  muddati  18  oyga  qadar 


220
cho‘zilganda  molga  ko‘proq  chiqit  sifatida  olingan  oziq-
lar  berish  samarali  natija  beradi.  Chiqit  oziqlardan  foy-
dalanilgan  holda  dag‘al  oziqlarni  sintetik  yo‘l  bilan  ish-
lab  chiqarilan  azot  saqlovchi  kimyoviy  birikmalar  bilan 
ishlov  berib,  so‘ngra  yedirish  kerak.  Masalan,  somonni 
karbamid  bilan  konservatsiya  qilib  yedirish  mumkin,  si-
losni  esa  suyuq  holdagi  ammiak  yoki  karbamid  bilan 
ishlov berib yediriladi.
Somonni karbamid bilan konservalashda, avvalo, erit-
ma tayyorlanadi. Buning uchun har 100 l suvda 1,5–2 kg 
karamid, 1,5–2 kg kaustik soda, 1,5–2 kg so‘ndirilmagan 
ohak  yoki  5–6  kg  so‘ndirilgan  ohak  eritiladi  va  shu  erit-
mani  har  1  s  somon  ustiga  purkaladi.  Shu  tarzda  somon 
qatlam-qatlam  qilib  uyum  yoki  хandaqqa  bostiriladi. 
Xandaq  yoki  uyum  to‘lgach,  usti  berkitib  tashlanadi. 
Bu  хil  usul  bilan  yedirishga  tayyorlangan  somonni  10 
kun  o‘tkazib  molga  berilishi  mumkin.  Yuqorida  nomlari 
keltirib  o‘tilgan  kimyoviy  birikmalar  hisobiga  har  1  kg 
somonda  protein  miqdori  tabiiy  me’yordagi  4,1  g  dan 
10,1  g ga qadar ortadi.
Karbamid, suyuq holdagi ammiak, osh tuzi kabi mod-
dalar  silosga  ham  qo‘shilishi  mumkin.  Silosga  karbamid 
qo‘shishda  har  1  t  siloslanadigan  ko‘k  poya  hisobiga 
4–6  kg  karbamid  aralashtiriladi.  Shunda  silos  tarkibida-
gi  protein  miqdori  har  bir  oziq  birligiga  teng  keladigan 
miqdordagi silos tarkibida me’yordagi 60–70 g dan 110–
150  g ga qadar ortadi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish