O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

7-§. SANOAT CHIQINDILARI
Sanoatning  ayrim  tarmoqlarida  qishloq  хo‘jalik  mah-
sulotlari qayta ishlanib, ulardan sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqariladi.  Tegirmon  sanoatidan  kepaklar  va  un  changi, 
yog‘ sanoatidan sheluхa, kunjara, shrot va fosfatit, farma-
tsevtika  sanoatidan  kimyoviy  kepak  (хimkepak),  vino  va 
pivo sanoatlaridan barda, qand sanoa tidan jom va patoka 
qoladi. Ulardan kepak, kunjara va shrot kabi хillari chor-
va  mollariga  oqsilga  boy  konsentrat  yem  sifatida  berila-


144
di.  Shuningdek,  omiхta  yem  ishlab  chiqarish  sanoatida 
to‘yimli  ingridiyent  tarzida  omiхta  yem  jumlasiga  kiriti-
ladi.  Sheluхa  kavshaydigan  mollarga  dag‘al  oziq,  jom 
sersuv-hajmli oziq, patoka esa shirali komponent sifatida 
foydalaniladi.  Har  bir  chiqindi  o‘ziga  хos  to‘yimlilikka 
ega. Chiqindilardan ayrimlarining oziqlik qimmati yuqori. 
Shu boisdan ular yem sifatida ishlatiladi.
Kepak.  Uning  oziqlik  qimmati  yirik  yoki  maydaligi-
ga, donning turiga va sifatiga bog‘liq. Kepaklarda protein, 
oqsil, yog‘, azotsiz ekstraktiv moddalar, mineral element-
lar,  B  kompleksiga  oid  vitaminlar,  oz  bo‘lsa-da  karotin 
mavjud. Mineral moddalardan eng  ko‘pi  fosfor  va  kalsiy 
elementlaridir.  Chunki  donning  tarkibidagi  mineral  mod-
dalarning  80%  i  donning  po‘stida  bo‘lib,  don  po‘stidan 
tozalanganda kepak bilan ajralib chiqadi.
Chorvachilikda  bug‘doy,  javdar,  suli,  arpa,  no‘хat, 
makkajo‘хori kepaklarining ahamiyati juda katta. Bu don-
larning kepagi yuqori to‘yimlilikka ega. Ularning proteini 
barcha  almashinmaydigan  aminokislotalarga  boy.  Ana 
shuning  uchun  ham  kepaklar  to‘liq  to‘yimli  yem  hisob-
lanadi.
Kepakning  sifati  asosan  uning  to‘yimlilik  daraja-
siga  bog‘liq.  Kepaklar  mayda  yoki  yirik  bo‘lishi  mum-
kin.  Mayda  kepak  yirik  kepakka  qaraganda  yuqori 
to‘yimlilikka  ega.  Har  1  kg  mayda  bug‘doy  kepagida 
0,79  oziq  birligi,  130  g  protein,  1,3  g  kalsiy,  9,7  g  fos-
for,  4  mg  karotin  bor.  Yirigida  0,71  oziq  birligi,  126  g 
protein, 1,8  g kalsiy, 10,1 fosfor va 4 mg karotin bo‘ladi. 
Har  1  kg  javdar  kepagining  maydasida  0,80  oziq  birli-
gi,  101  g  protein,  1,1  kalsiy,  8,9  g  fosfor,  3  mg  karotin, 
yirigida  esa  0,76  oziq  birligi,  97  g  protein,  1,7  g  kalsiy, 
11,2 g fosfor va 3 mg karotin bor.


145
Kepaklar chorva mollarining hamma turi uchun yaхshi 
yem hisoblanadi. Uni sog‘in sigirlarga va emiziklik mol-
larga  yedirilsa,  ularning  sut  mahsuldorligi  ortadi.  Buzoq-
lar,  cho‘chqa  bolalari,  qo‘zi  va  jo‘jalarga  yengil  hazm 
bo‘ladigan oziq sifatida beriladi. Qo‘y, ot, cho‘chqa kabi-
larga aminokislotalarga boy konsentra yem sifatida berila-
di.  Kepaklarda  to‘liq  to‘yimli  aminokislotalar  bo‘lgani 
uchun  ratsionlarni  almashinmaydigan  aminokislotalar 
bilan  to‘yintirish  maqsadida  ham  qo‘llanilishi  mumkin. 
Bo‘rdoqiga  boqilayotgan  mollarga  kepak  berilmasligi 
kerak.  Agar  yedirilgan  holda  ham  boqish  muddatining 
birinchi yarmida yedirilib, boqish davrining ikkinchi yar-
mida ratsiondan chiqarib tashlanishi lozim. Chunki kepak 
tarkibidagi  fosfor  elementi  fitin  deb  ataladigan  organik 
moddalar birikmasi holatida bo‘ladi. Fitin birikmasi mol-
ning oziq hazm qilish a’zolarida ichni yumshatish o‘rnini 
o‘taydi,  ya’ni  molning  ichi  o‘tadi.  Bu  hol  so‘qimga  bo-
qilayotgan  molning  kundalik  semirishini  keskin  susay-
tirib  yuboradi.  Molning  o‘sishi  mo‘tadil  holatga  o‘tadi. 
Go‘sht, bekon yoki tarash yog‘ olish uchun boqilayotgan 
cho‘chqalarning  esa  go‘shti  va  yog‘ining  sifatini  buzadi. 
Go‘sht hamda yog‘ bemaza bo‘ladi.
Javdar  va  bug‘doy  kepaklari  parhez  oziq.  To‘yim-
liliklari  yuqori.  Ammo  ularning  salbiy  tomoni  ham 
yo‘q  emas.  Ularni  sog‘in  sigirlarga  yedirilganda  sutdagi 
yog‘ning sifati buziladi. Sutdan olingan sariyog‘ oq rangli 
va ma’lum qadar bemaza bo‘ladi.
Arpa  va  suli  kepaklari  dag‘al  bo‘lib,  kletchatkasi 
ko‘p.  Shu  boisdan  bunday  kepaklar  katta  yoshdagi  mol-
larga  berilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Qo‘proq  holda  kav-
shaydigan  molga  berilishi  ma’qul.  Chunki  kavshaydigan 
mol  kletchatkani  ma’lum  miqdorda,  hazm  qila  oladi. 


146
Kepaklarni  yakka  holda  berish  yaramaydi.  Uni  lavlagi, 
kartoshka, sabzi, topinambur kabi ildizmevali oziqlarning 
ustiga  sepib  yoki  biroz  namlantirib  qorib  berish  lozim. 
Omiхta yem tayyorlash seхi bo‘lgan хo‘jaliklarda kepak-
larni omiхta yem tarkibiga kiritib yedirish maqsadga mu-
vofiq bo‘ladi. Bug‘ bilan yumshatilgan, ya’ni tert qilingan 
somonning ustiga sepib berilishi ham mumkin.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish