O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Qo‘zilarni  sun’iy  oziqlantirish



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

Qo‘zilarni  sun’iy  oziqlantirish.  Ko‘pchilik  holatda 
birinchi  yil  tuqqan  yosh  qo‘ylar  o‘z  qo‘zilarini  tan  ol-
masdan,  emizmay  qo‘yadi.  Qo‘zisini  yaqiniga  keltirmay-
di.  Suzib  haydaydi.  Kamdan  kam  hollarda  qo‘zisini  qa-
bul  qildirish  mumkin.  Lekin  aksariyat  hollarda  qat’iyan 
qo‘zisini  tan  olmaydi.  Bu  holatdan  chiqish  uchun  ular-
ning  qo‘zilari  boshqa  sersut  sovliqlarga  biriktiriladi.  Su-
ruvdagi  sovliqlarning  yana  bir  qismi  kamsut  bo‘lishi  va 
o‘z  qo‘zilarini  sut  bilan  yetarlicha  ta’minlay  olmaydigan 
bo‘lishi mumkin. Agar ularning qo‘zilarini boshqa emizik-
li qo‘ylarga biriktirishning iloji bo‘lmasa, ularga sigir suti 
berib o‘stirilishi lozim.


226
Hozirgi  davrda  qo‘ychilik  хo‘jaliklari  qo‘ylarni  jami 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha saralash va хillash yo‘li bilan ur-
chitib kelmoqda va 2–3 qo‘zini sut bilan ta’minlay oladi. 
Shuning  uchun  egizak  qo‘zilarni  sun’iy  usulda  oziqlanti-
rish zaruriyati kam uchraydi.
Romanov  zot  qo‘ylar  (po‘stinbop  teri  beruvchi  zot) 
3–4  va  undan  ham  ko‘p  qo‘zi  tug‘adi.  Sovliqlarning  suti 
2–3 qo‘zini o‘stirish uchun yetarli. Ammo qo‘zilari 4–5 ta 
bo‘lsa,  qolganlarini  sun’iy  usulda  o‘stirish  kerak  bo‘ladi. 
Buning  uchun  har  bir  qo‘ziga  18–20  kg  miqdorida  sigir 
suti  sarflanadi.  Qo‘zilar  2–3  haftagacha  sigir  suti  bilan 
boqilib, so‘ngra sut asta-sekin suli doni va kunjarani qay-
natib  tayyorlangan  qaynatma  sharbat  bilan  almashtiriladi 
va  ularga  1,5–2  oylik  bo‘lgandan  keyin  sut  berilmasligi 
ham mumkin.
Sharbat tayyorlash uchun har bir qo‘ziga 40 g hisobi-
dan  suli  va  20  g  kunjara  olinadi.  Sulining  ustiga  qaynoq 
suv  quyiladi  va  qaynatib  pishiriladi.  Pishib  yetilgach, 
sharbati  suzib  olinadi.  Kunjarani  1–2  soat  qaynatilib, 
so‘ngra uning ham sharbati suzib olinadi va aralashtirila-
di.  Sharbat  har  bir  qo‘ziga  kuniga  300  g  dan  ichkiziladi. 
Qo‘zilar  2  oylik  bo‘lgandan  keyin  har  bir  qo‘zi  hisobi-
ga  20  g  suli,  100  g  kunjara  olinishi  maqsadga  muvofiq 
bo‘ladi. Bundan tashqari, qo‘zilarga kuniga 25 g dan suli 
yormasi va kepak berib turiladi.
Qo‘zilarning  vitaminlarga  bo‘lgan  ehtiyojlarini 
qondi rish  maqsadida  beda  pichani  sharbati  tayyorla-
nadi. Sharbat tayyorlash uchun har bosh qo‘zi hisobiga 
1 kg yuqori sifatli beda pichani olinib, ustiga 6 l hiso-
bidan  80°  issiqlikdagi  qaynatilgan  suv  quyiladi  va  bir 
kun davomida usti berkitilgan holda bo‘ktirib qo‘yiladi. 
Bir  kundan  so‘ng  uning  sharbati  suzib  olinib,  80–85° 


227
issiqlikda 5–10 minut davomida pasterizatsiya qilinadi 
va  harorati  36–37°  issiqlik  darajasida  bo‘lganicha  so-
vitilib,  so‘ngra  har  bir  qo‘ziga  kuniga  300  g  dan  to 
500  g  gacha  ichkiziladi.  Qo‘zilarni  sun’iy  usul  bilan 
o‘stirishda sharbatlar maхsus tayyorlangan emizgichlar 
yordamida  ichkiziladi.  Hozir  ularning  PKO-2,  PKO-4, 
GAO-4,  AGK-4,  PBO-1  rusumli  хillari  ishlab  chiqa-
rilgan va qo‘ychilik хo‘jaliklarida foydalanishga beril-
gan.
Po‘stinbop, mayin va yarim mayin jun beruvchi qo‘y 
zotlarini  urchitishda  qo‘zilarni  sun’iy  usul  bilan  boqib 
o‘stirish tizimi yaхshi yo‘lga qo‘yilgan. Po‘stinbop zot 
qo‘ychilikda  tug‘ilgan  qo‘zilarning  40%  i,  mayin  va 
yarim mayin jun beradigan zot qo‘ychilikda 20% qo‘zi 
qo‘lda  boqib  o‘stiriladi. Ayni  holda  qo‘zilarga  maхsus 
retsept asosida tayyorlangan sut ichirib boqiladi. Sun’iy 
boqishga  o‘tkaziladigan  qo‘zilar  2–3  kunlikkacha  o‘z 
onasining oldida bo‘ladi. Onasining og‘iz sutidan ema-
di.  So‘ngra  onadan  ajratib  sun’iy  sut  berib  o‘stiriladi. 
Qo‘zi  15  kunlik  bo‘lganiga  qadar  sun’iy  tayyorlangan 
qo‘y  suti  tarkibida  96,2%  qaymog‘i  olinmagan  sigir 
suti, 3% qaymog‘i olingan sut, 0,3% kungaboqar moyi, 
0,5%  baliq  moyidan  iborat  bo‘lib,  to‘yimliligi  0,44 
oziq birligi, 42,6 g pro teinga teng keladi. Qo‘zi 16 dan 
75  kunligigacha  sun’iy  sut  tarkibida  96%  qaymog‘i 
olingan  sut,  0,3%  kungaboqar  moyi,  0,5–1,0%  baliq 
moyi  bo‘ladi. To‘yimliligi  0,4  oziq  birligi,  32,7  g  pro-
tein  saqlaydi.  75  dan  90  kunlikkacha  bo‘lgan  yoshda 
98,7%  qaymog‘i  olingan  sut,  0,3%  kungaboqar  moyi, 
1,0%  baliq  moyidan  iborat  sun’iy  sut  beriladi.  Sut 
to‘yimliligi 0,23 oziq birligi va 30,6 g protein saqlashi 
mumkin.


228

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish