O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

7-§. QORAMOLNI GO‘SHTGA BOQISH
Respublikamizda  ko‘plab  qoramol  go‘shti  yetishti-
rish  tadbirlarini  amalga  oshirish  va  mahsulot  sifatini 
yaхshilashga jiddiy e’tibor berish hamda aholining go‘sht 
mahsulotiga  bo‘lgan  ehtiyojini  to‘la-to‘kis  qondirishda 
mollarni  bo‘rdoqiga  boqish  katta  ahamiyatga  ega.  Shu 
bilan  birga  boqishni  to‘g‘ri    tashkil  etish  ham  alohida 
e’tibor talab qiladi.
Odatda,  qoramol  so‘qimga  100–120  kun  boqiladi. 
Ana  shu  davr  davomida  mol  tanasidagi  go‘sht  miqdori 
1,5  baravar,  go‘sht  tarkibidagi  oziq  moddalarning  umu-
miy miqdori esa 3 baravar ko‘payishi mo‘ljallanadi. Shu 
bilan birga go‘shtning sifati, to‘yimlilik qiymati ham an-
cha yuqori bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Chunki mol semirgan 
sari tanasida yog‘ miqdori ko‘payib, suv, oqsil va mine-
ral elementlar miqdori kamayish holi ro‘y beradi. Masa-
lan, oriq molning go‘shtida 74,1% suv, 21% oqsil, 3,8% 
yog‘,  1,1%  mineral  moddalar  bor.  Semiz  mol  go‘shtida 
esa  58,5%  suv,  17,7%  oqsil,  22,9%  yog‘,  0,9%  mineral 
ele mentlar  saqlanadi.  Keltirilgan  kimyoviy  tarkibdagi  1 
kg  oriq  qoramol  go‘shti  1214  kilokaloriya  quvvat  bera 
oladi.
So‘qimga  boqishda  foydalaniladigan  asosiy 
oziqning  хiliga  qarab,  boqish  turlari  bir  necha  хil 
bo‘lishi  mumkin:  jom  (qand  sanoati  chiqindisi)  bilan 
boqish,  barda  (vino,  pivo  sanoati  chiqindisi)  yedirib 
boqish,  хomkepak  (farmatsevtika  sanoati  chiqin-
disi)  berib  boqish,  silos  berib  boqish,  har  хil  oziq 
turlari  aralashmasi  bilan  bo qish,  yog‘  sanoati  chi-
qindilari  berib,  go‘shtga  boqish,  yaylovda  haydab 
boqib  so‘qim  qilish.  Ayni  boqish  usulla rining  ham-


217
masi  ham  samarali  usullardan  bo‘lib,  kam  va  arzon 
narхli  oziq  sarflab,  yuqori  quvvatli  go‘sht  mahsuloti 
yetishtirish  imkonini  beradi.  Yaylov  sharoitida  yayra-
tib  boqish  usuli  esa  boqish  usullari  ichida  eng  yuqori 
samara keltira oladi.
Mollarni  boqish  muddati  ularga  beriladigan  asosiy 
oziq  turiga  va  so‘qimga  boqiladigan  mollarning  yoshiga 
bog‘liq.  Masalan,  katta  yoshdagi  mollarni  jom  berib  bo-
qiladigan  bo‘lsa,  boqish  muddati  60–70  kun,  yosh  mol-
larda  80–90  kun,  barda  yedirib  boqiladigan  bo‘lsa,  katta 
yoshdagi  mollar  70–80  va  yosh  mollar  90–100  kun,  si-
los  bilan  boqilganda  katta  yoshdagi  mollar  80–90,  yosh 
mollarni  boqish  100–110  kun  davom  etadi. Ayni  muddat 
ichida  katta  yoshdagi  mollarning  tirik  vazni  20%,  yosh 
mollarning  jussa  og‘irligi  esa  50%  ko‘payishi  maqsadga 
muvofiq  natija  hisoblanadi.  Albatta  ko‘rsatkichlar  qat’iy 
emas. Sharoit taqozosiga qarab o‘zgarish ehtimoldan хoli 
emas.
Bo‘rdoqiga  boqishda  mollarga  beriladigan  oziq 
me’yori ularning yoshiga qarab belgilanadi. Masalan, bit-
ta katta yoshdagi molga kuniga 70–80 kg, yosh mollarga 
45–50 kg jom, katta yoshdagi molga 80–90 l, yosh molga 
60–65  l  barda  beriladi.  Bunda  katta  yoshdagi  mollarga 
5–6  kg,  yosh  mollarga  esa  3  kg  dag‘al  хashak  qo‘shib 
borish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bo‘rdoqiga bo qish 
davrida  jami  bo‘lib  yosh  mollarga  100  kg,  katta  yosh-
dagilarga  130  kg  atrofida  yem  berish  lozim.  Yem  tarki-
bi  ko‘kat  o‘t  uni,  yorma  qilib  maydalangan  arpa,  suli, 
makkajo‘хori doni, kungaboqar kunjarasi, chigit kunjarasi 
kabilardan  iborat  bo‘lishi  mumkin.  Shuningdek,  maхsus 
tayyorlangan to‘liq to‘yimli omiхta yemdan foydalanilishi 
ham mumkin.


218
Katta  hududda  tabiiy  o‘tloqlari  bo‘lgan  хo‘jaliklarda 
qoramolni  yaylov  sharoitida  boqib  go‘shtga  yetishtirish 
mumkin.  Bu  og‘ilхonada  boqishga  qaraganda  ancha  ar-
zonga  tushadi  va  ishchi  kuchi  ancha  tejaladi.  Chunki 
bunda  yem-хashak  tayyorlash,  tashib  keltirish,  mollarga 
oziqlarni tarqatib berish,  molхonani tozalash va  shu  kabi 
boshqa  ishlarni  bajarish  uchun  mehnat  talab  qilinmaydi. 
Bu  esa  хo‘jalikda  yetishtiriladigan  go‘sht  tannarхini  ar-
zonlashtirib,  mehnat  samaradorligini  oshirishga  imkon 
beradi.
Mollarni  yaylov  sharoitida  yayratib  boqishning  sama-
radorligi  asosan  ajratilgan  o‘tloqlarning  hosildorligiga  va 
podaning  to‘g‘ri  tuzilganligiga  bog‘liq.  Yaylovda  bo‘sh 
haydab  boqish  uchun  ajratilgan  podadagi  mollar  guruhi 
yoshi  jihatidan  bir  хil  bo‘lishi  kerak.  Bunda  ko‘proq 
13–15 oylik mollar ajratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Chunki yaylovda bo‘sh haydab boqilayotgan mollar kuni-
ga  13–15  soat  haydab  o‘tlatiladi  va  ikki  mahal  3–5  soat 
dam beriladi. Katta yoshdagi mollar uchun yaylovda uzoq 
o‘tlab  yurish  birmuncha  og‘ir  bo‘lishi  va  shu  sababli 
ularning  semirishiga  salbiy  ta’sir  etishi  mumkin.  Bundan 
tashqari,  katta  yoshdagi  mollar  yosh  mollar  singari  jadal 
o‘sish  qobiliyatiga  ega  emas.  Tajribadan  ma’lumki,  4–5 
oy yaylovda bo‘sh haydab boqilganda ularning tirik vazni 
30–40%  ortsa,  yosh  mollarning  og‘irligi  60–70%  ortadi. 
Bundan tashqari, yosh mollarning go‘shti yuqori sifatli va 
ta’mi lazzatli bo‘lib yetiladi.
Yaylovda  boqiladigan  mollarning  qay  darajada  semir-
ganligini yoki jussa og‘irligi o‘sganligini bilish uchun har 
bir  podadan  10–20  bosh  molni  oyiga  bir  marta  tarozida 
tortib,  qancha  qo‘shimcha  vazn  qo‘shilganligi  tekshirib 
ko‘riladi.  Yaylov  sharoitida  tarozida  tortishning  imkoni-


219
yati  bo‘lmasa,  jussa  og‘irligi  tana  qismlarini  o‘lchash 
yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Shu  tariqa  mollar  berayotgan 
qo‘shimcha vazn miqdori nazorat qilib boriladi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish