O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

10-§. QO‘YLARNI ASRASH VA BOQISH
Qo‘ylarni  asrash.  Suruvdagi  qo‘ylarning  yoshi,  bi-
ologik  хususiyatlari,  fiziologik  holati  va  mahsuldorlik 
ko‘rsatkichlariga  qarab,  ularning  har  birining  ehtiyojini 
qondiradigan  darajada  oziq  me’yorlar  bilan  ta’minlab 
borish  lozim.  Buni  amalga  oshirish  ko‘proq  qo‘ylarni 
asrash  sharoitlariga  bog‘liq.  Har  qanday  zot  qo‘y  o‘ziga 
хos biologik хususiyatga ega. Shuning uchun ular yilning 
fasl  o‘zgarishiga  hamda  urchitilayotgan  qo‘yхonalarning 
tabiiy  sharoitiga  qarab,  turlicha  asraladi.  Kuz  fasli  issiq 
kelgan yillarda qo‘ylar yaylovlardan yaхshi foydalaniladi. 
Kuzning  ob-havo  sharoiti  yoz  oylariga  nisbatan  salqin 
bo‘lishi  qo‘ylarning  ishtahasini  ochadi  va  ular  yaylov 
o‘tlari  bilan  yaхshi  oziqlanadi.  Shuningdek,  bu  davr-
da  cho‘l,  yarim  sahro  va  sahro  yaylovlarida  o‘sadigan 
ko‘pgina o‘simliklarning nami ketib, urug‘i pishadi. Nati-
jada  efemerlarning  to‘yimliligi  ortadi.  Bunday  dag‘al 
хashaklarni  ishtaha  bilan  yegan  qo‘ylar  jadal  semiradi. 
Vujudiga  teriosti  yog‘  qatlami,  dumba  yog‘i,  ichki  qism 
yog‘  zaхiralari  hosil  qiladi.  Semiz  qo‘ylar  qish  sovuqla-
rida oziq yetishmay qolishiga qaramay sog‘lom saqlanadi 
va  erta  bahor  yaхshi,  tetik,  risoladagidek  o‘sib  rivojlan-
gan, sog‘lom qo‘zi beradi.
Ko‘pchilik  хo‘jaliklarda  (ayniqsa,  qorako‘lchilik  min-
taqalar  хo‘jaliklarida)  kuzda  sero‘t  o‘tloqlar  bo‘lma-
ganligi sababli qo‘ylar yaхshi semirmay qoladi va qishda 
ob-havo  sovuq  kelsa,  yana  ham  oriqlab  ketadi.  Bunday 
holatning  oldini  olish  uchun  qo‘ylar  qishlaydigan  joy-
ga  ma’lum  miqdorda  to‘yintirilgan  yem  va  dag‘al  oziq 
jamg‘arib  qo‘yilgan  bo‘lishi  kerak,  shundagina  qo‘ylarni 
qish  sovuqlaridan  sog‘lom  to‘la-to‘kis  saqlab  qolish 


229
mumkin.  Bundan  tashqari,  qo‘ylarni  qish  faslida  asrash 
uchun qishlov joylari shamoldan pana qilib, baland quril-
gan bo‘lishi lozim. Qishlov joylarida qor, yomg‘ir yog‘ib 
turgan kunlarda qo‘ylarni asrash uchun maхsus kasharlar 
(usti va yon tomonlari devor bilan o‘ralgan bostirma) qu-
rilgan  bo‘lishi  kerak.  Havo  yog‘magan  va  izg‘irin  sovuq 
bo‘ron bo‘lmagan ochiq havoda, yaylov qor bilan qoplan-
gan  bo‘lishiga  qaramay,  qo‘ylar  yaylovlarga  haydab  bo-
qiladi. Agar  kashar  bo‘lmasa,  qishlik  yaylovlarda  qo‘ton 
(yon  tomonlari  devor  bilan  o‘ralgan,  ammo  tepasi-usti 
ochiq, inshoot joy) qurilgan bo‘lishi va qo‘ylar shu yerda 
saqlanishi  kerak.  Qo‘tonlarda  qoldirilgan  qo‘ylar  kecha-
lari ham bir necha soat davomida qo‘ton atrofida yayratib 
boqib kelinadi.
Qishning  oхirgi  oyida  qo‘ylarni  asrashga  yaхshi 
e’tibor  berish  va  kashar  atrofidagi  yaylovlardagina  boqib 
turish lozim. Chunki bu davrda ob-havo sharoiti juda ham 
o‘zgaruvchan bo‘lib, tez-tez qor, yomg‘ir yog‘adi, bo‘ron 
turadi. Ayni  hollar  ro‘y  berishi  bilan  kashar  atrofida  bo-
qilayotgan  qo‘y  suruvlari  darhol  kasharga  kiritilishi  va 
sovuqdan ehtiyot qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ba-
hor fasli boshlanib, kunlar isishi bilan qo‘ylar qo‘zilatish 
yaylovlariga  haydab  ketiladi.  Bahorda  ham  yomg‘irli, 
sovuq  shamolli,  ba’zan  хo‘l  qor  yog‘ib  o‘tadigan  kun-
lar  bo‘lib  turadi.  Shuni  hisobga  olib,  qo‘zilatish  yaylov-
larida  qo‘zilarni  yoki  saqmanni  quruq  sharoitda  asrash 
uchun yog‘in-sochindan pana joylar qurib qo‘yilishi zarur. 
Iloji  bo‘lgan  хo‘jaliklar  qo‘yхonalar,  yomg‘irda  qolib 
ho‘llangan  qo‘ zilar  junini  quritish  maqsadi  bilan  isitiladi-
gan хonalar qurib qo‘yishli samarali natijalarni beradi. Ay-
niqsa,  tog‘  bag‘ri  hududlaridagi  qo‘ychilik  хo‘jaliklarida 
isitiladigan хonalar qurilishi maqsadga muvofiqdir.


230
Qo‘ylarni  boqish.  Erta  bahor  qo‘ylar  uchun  ancha 
og‘ir  davr  hisoblanadi.  Chunki  ob-havo  sharoiti  vaqti-
vaqti bilan tez-tez o‘zgarib turadi. Ko‘kat yaylov o‘tlari 
hali  yaхshi  o‘sib  yetilmaganligi  tufayli  tabiiy  yaylovga 
haydab  boqilgan  qo‘ylarning  ehtiyoji  to‘liq  qonmaydi 
yoki ko‘k o‘tning mazasini tatigach, ular qo‘ldan berilay-
otgan  dag‘al  хashakni  yoki  yaylovdagi  eski  o‘tlarni 
yemay qo‘yadi. Natijada suruvdagi qo‘ylar oriqlab keta-
di.  Bunday  holat  albatta  qish  davomida  oriqlab,  nimjon 
bo‘lib chiqqan nosog‘lom qo‘ylarning nobud bo‘lishiga, 
bo‘g‘oz  sovliqlarning  o‘ta  nimjonlashib  ketishi  va  bola 
tashlashiga, sabab bo‘ladi. Jami qo‘ychilik хo‘jaliklarida 
shu  kabi  kutilmagan  holatlarning  oldini  olish  va  o‘z 
vaqtida bartaraf etish uchun, birinchidan, qo‘ylarni qish-
dan  oriqlatmay  yaхshi  saqlab  chiqish,  ikkinchidan,  erta 
ko‘klam paytida yuqori sifatli dag‘al oziqlar hamda ami-
nokislotalar, yog‘ kislotalari, azotsiz ekstraktiv moddalar 
bilan  yetarlicha  to‘yintirilgan  yemlar  bilan  ta’minlash 
lozim.  Buni  amalga  oshirish  maqsadida  qo‘ylarning  har 
biriga 3 oy qish davomida va erta ko‘klamning dastlab-
ki  kunlarida  kuniga  1,5–2  kg  dan  dukkakli  o‘simliklar 
pichani,  200–300  g  dan  oqsilga  boy  to‘yintirilgan  yem-
lar  berib  turilishi  kerak.  Bahor ning  issiq  qunlarida  yoz 
va  kuz  fasllarida  sovliq  qo‘ylarga  qo‘shimcha  oziq 
berilmasa  ham  bo‘aldi.  Yaylov  sharoitida  boqilayotgan 
qo‘ylar kuniga bir mahal sug‘orilishi kerak. Ularga ichi-
riladigan  suv  sho‘r  bo‘lsa  (qo‘ychilik  rivojlantirilgan 
hududlarda quduq suvi sho‘r bo‘ladi), osh tuzi berilmas-
ligi ham mumkin. Agar chuchuk suv berib sug‘orilsa, u 
holda qo‘ylarga albatta mineral elementlar ning hammasi 
berilishi shart. Ularga osh tuzi yalama tuz shaklida yoki 
maydab  berilishi  ham  mumkin.  Kalsiy  va  fosfor  kabi 


231
elementlarga  ehtiyojlarini  qondirish  maqsa dida  trikal-
siyfosfat,  bo‘r,  so‘ndirilgan  ohak  kabi  moddalar  berish 
mumkin.
Qo‘ylarni  o‘tlatib  boqish  uchun  baland  tog‘  yaylov-
laridan,  tog‘  bag‘ri  va  tekisliklardagi  tabiiy  o‘tloqlardan 
keng  foydalaniladi.  Shuningdek,  qo‘ylarning  ayrim  tur-
lari  uchun  har  хil  o‘simliklar  o‘sadigan  cho‘l  yaylovlari, 
qorako‘l qo‘ylari uchun esa yarim sahro va sahro yaylov-
lari juda samarali hisoblanadi.
Yozda  qoraqo‘l  qo‘ylar  boqiladigan  hududlarda  yay-
lov  efemerlari  qurigan  bo‘ladi.  Ma’lumki,  ayni  хil 
o‘simliklar hisobiga ularning oziqqa bo‘lgan ehtiyoji qon-
maydi.  Yozning  issiq  havosida  ularning  oziqqa  ishtahasi 
ham  bo‘lmaydi.  Bunday  holat  qo‘ylar  oriqlab  ketishiga 
olib keladi. Shuning uchun yaylovlardan imkoniyati bori-
cha samarali foydalanish ijobiy natijalar berishi mumkin. 
Yaylovdan  to‘g‘ri  foydalanish  maqsadida  kunduzgi  jazi-
rama issiq boshlanishi bilanoq qo‘ylarni baland va shaba-
da  esib  turadigan  yerga  to‘plab  dam  berish,  erta  bahor-
da  kech qurun  va  kechasi  o‘tlatish  lozim.  Kechki  sal qin 
havoda  boqishni  tashkil  etish  bilan  qo‘ylarning  oziqqa 
bo‘lgan  ehtiyojlarini  to‘liq  qondirishga  erishish  mumkin. 
Har qanday sharoitda ham qo‘ylar holatining o‘zgarishiga 
e’tibor  qilib  borish  kerak.  Chunki  fiziologik  holati  rivoj-
lanib  borishi  bilan  birga  ularning  oziq  va  hazmlanadi-
gan  oziq  moddalarga  bo‘lgan  ehtiyoji  ham  ortib  boradi. 
Shuni hisobga olib, qo‘yga bo‘g‘ozlik davrining ikkinchi 
yarmida  oziq  me’yori  30–50%  ga  oshiriladi.  Ratsiondagi 
protein  miqdori  40–60%,  minerall  moddalar  me’yori  2 
barobar ko‘paytiriladi. To‘yimlilikning oshirilishi bo‘g‘oz 
qo‘y  bachadonidagi  embrionning  me’yorli  o‘sishi  va 
rivoj lanishini  tashqi  muhitdan  turib  boshqarishga  imkon 


232
beradi. Talabi  qondirib  oziqlantirilmagan  bo‘g‘oz  qo‘ylar 
tana  tarkibidagi  quvvat  moddalarni  homila  rivojlanishiga 
sarflaydi.  Natijada  qo‘ylar  oriqlaydi.  Juni  ham  o‘smaydi. 
Juni o‘sishi uchun oziq moddalar yetishmaydi. Juni kalta 
va sifatsiz bo‘lib qoladi. Ma’lumki, bunday sifatdagi qo‘y 
juni  to‘qimachilik  sanoati  talabiga  javob  bera  olmaydi. 
Aynan shuning uchun ham mayin junli qo‘ylar yoki umu-
man  jun  mahsuloti  uchun  boqiladigan  qo‘ylarni  oqsilga 
oy oziqlar bilan boqish taqozo etiladi.
Ehtiyojni  qondirib  oziqlantirish  uchun  qish  mavsumi 
davomida  har  bir  bosh  sovliqqa  2  s  dag‘al  хashak,  35–
40  kg miqdorida yem, nasldor qo‘chqorlarga 2,5 s pichan, 
45–50 kg yem yedirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu 
bilan birga ma’lum qadar yaylov efemerlaridan ham foy-
dalaniladi.
Keyingi  yillarda  qo‘ychilik  tarmog‘ini  jadal  rivojlan-
tirish borasida qo‘ylarni boqish uchun makkajo‘хori silo-
sidan  foydalanish  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Katta 
yoshdagi qo‘ylarga kuniga 4–5 kg, qo‘zilarga esa 1–3  kg 
yaхshi  sifatli  silos  berish  tavsiya  etiladi.  Agar  qo‘ylar 
yil  davomida  qo‘ton  yoki  qo‘yхonalarda  asralsa,  ularga 
silos  asosiy  oziq  sifatida  ham  berilishi  mumkin.  Silos-
dan  tashqari  qand,  nimqand  lavlagilar,  хashaki  lavlagi 
kabi  hajmli  oziqlar  bersa  bo‘ladi.  Silos  hamda  ildizme-
vali  oziqlar  berib  yedirishda,  dag‘al  хashaklarning  o‘rni 
e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish