KLINIK BELGILARI.
Kasallik to’satdan boshlanib bemorning tana xarorati 30 – 40 C ga ko’tariladi. Eti qattiq junjukib qaltiraydi, darmoni qurib boshi og’riydi, terlaydi. Avval quruq so’ngra shilliq rangli qizg’ish tusli balgamli yo’tal, ko’krak qafasida sanchiqli og’riq, havo etishmasligi paydo bo’ladi. Og’riq yo’talganda, chuqur nafas olganida kuchayadi.
Bemorning nafas olishi ( ayniqsa o’pkaning katta qismi yallig’langanda) tezlashadi va yuzaki bo’ladi, labi, burni, qulog’I bir oz ko’karadi, labiga, og’iz, burun atrofiga uchuqlar toshadi.
Qonga to’lish davri kasallikning boshlang’ich, dastlabki kunlariga to’g’ri keladi. Bunda bemorning umumiy axvili og’ir, tana harorati yuqori darajada ( 39 – 40 C ) bo’lib, eti junjikadi. Ko’krak qafasining sanchib og’rishi va havo etishmasligidan shikoyat qiladi. Bemorda avvalo quruq, so’ngra shilimshiq balg’am ajraladigan yo’tal paydo bo’ladi. Nafas olishi tez va nafas olishda ko’krakdagi sanchiq kushaygani sababli sayoz bo’ladi. Shilliq qon aralash balg’am ajraladi.
Perkussiya qilinganda o’pkaning yallig’langan qimi sohasida qisqargan perkuttor yoki bo’g’ik timpanik tovush eshitiladi.
Auskultatsiya qilinganda o’pkaning yallig’langan qismi sohasida vezikulyar nafasning susaygani, bundan tashqari, qisqa muddatli erta paydo bo’ladigan krepitatsiya eshitiladi. Ayrim vaqtlarda plevra ishqalanish shovqini eshitiladi.
Kasallikning II – bosqichida bemor yo’talganda temir zangi rangidagi balg’am ajraladi. ( o’zgargan gemoglabin borligi sababli) bemorning umumiy holati anchagina og’ir bo’lib, o’pkaning yallig’langan tomonida paypaslab ko’rilganda ko’krak qafasi elastikligi kamayganligi, og’riq borligi, tovush dirillashi kuchayganligi aniqlanadi. Perkussiya qilinganda esa o’ta bo’g’q tovush eshitiladi. Auskultatsiya qilinganda qilinganda bronxial nafas shovqini eshitiladi.
Kasallikning III – bosqichida shilliqli va yiringli balg’am ajrala boshlaydi, paypaslaganda, perkessiyada va auskulyatsiyada bu o’zgarishlar II – bosqichga o’hshash bo’ladi.
Kasallikning IV – bosqichida esa tana xarorati krizis yoki lizis yo’li bilan pasayib , shilliqli balg’am ko’proq ajrala boshlaydi. Bemorning umumiy xolati yaxshilana boshlaydi. Paypaslaganda og’riqni kamaygani yoki yo’qolgani tovush, dirillashi pasayganligini, ko’krak qafasi rezistenligining tiklanayotganini aniqlash mumkin. Perkussiya qilinganida bir oz bo’g’iq tovush, auskulyatsiya qilinganda, bronxovezikulyar nafas shovqini dag’al krepitatsiya va ho’l xirillashlar eshitilishi mumkin.
Krupoz zotiljamda nafas olish a’zolaridan boshqa a’zolarda ham sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin.
Yurak - qon tomirlar sistemasida yurak urishi tezlashishi, arterial qon bosimini pasayishi mumkin. Yurak tonlari susayadi, bu o’zgarishlar qari, xolsizlangan bemorlarda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Markaziy nerv sistemasida bo’ladigan patologik o’zgarishlar ko’proq spirtli ichimliklarni iste’mol qilganda bemorlarda yuz beradi.
Buyrak sistemasidagi o’zgarishlar: kasalni siydiga kamayadi, uning solishtirma og’irligi oshadi. Ayrim hollarda siydik bilan oqsil ajralib chiqadi.
Kasallikni to’liq aniqlash uchun bemorni qonini, baklg’amini, siydigini, qon oqsilini loboratoriyada tekshirish kerak. Bemorning qonini umumiy analiz qilganda qonda lekositlar soni netrofinlar hisobiga ko’payedi. (leykotsitoz). Leykotsitlar formulasi chap tomonga siljiydi, eritrositlar soni ko’payadi. Eritrositlarning cho’kishi tezlashadi. Qonda yirik dipers oqsillarning nisbat miqdori oshadi. Bemorning balg’amidagi o’zgarishlar kasallikning kechish bosqichlariga bog’liq ravishda 1 – bosqichda shilliqli, 2 – bosqishda qon aralash (temir zangiga o’xshash), III – IV- bosqichlarda shilliqli va yiring aralash bo’ladi.
Tashhis qo’yish. Krupoz zotiljam bilan og’rigan bemorga tashxis qo’yish kasallikning boshlanishi, klinik manzarasi, roentgen, laboratoriya tekshirish natijalari asos bo’ladi.
Tashxis qo’yish jarayonidagi quyidagi asosiy va qo’shimcha belbilar asos qilib olinadi.
O’pka to’qimasining cheklangan yallig’lanishidan kelib chiqadigan belgilar, perkessiya, auskylatsiya, rentgenologik tekshirish natijasida aniqlanadi
Yallig’lanishga hos bo’lgan bemor xaroratining ko’tarilishi, holsizlanish, terlash, qondagi umumiy ozgarishlar kabi umumiy belgilarni paydo bo’lishi.
Zaxarlanishdan kelib chiqadigan belgilar
Boshqa organlarda bo’ladigan belgilar. Kasallikning sababini aniqlashda ko’pincha kasallik rivojlanishi, klinik manzarasi rentgenologik o’zgarishlar va baktereologik tekshirishlar natijasida aniqlanadi
Etiologik davolash uchun bemorga asosan antiobiotiklar, sulfaminalid preparatlar va nitrafuran brikmalari beriladi. Bular ichida antibiotiklar bilan davolash asosiysi bo’lib, 3 ta asosiy shartga e’tibor berish kerak:
Antibiotiklar bilan davolashni kasallik qo’zg’atgan mikroblar aniqlanishini kutmasdan iloji boricha barvaqt boshlash kerak
Antibiotiklar miqdorini etarli belgilash va ularning qondagi va o’pka to’qimalaridagi konsentratsiyasi bir Hilda saqlanib turishishiga erishish kerak
Dori ta’sirini klinik va bakteriologik tekshirishlar yordamida kuzatib boorish kerak.
Antibiotiklarning bemorga tayyorlashdan oldin kasallik qo’zg’atgan mikrob turlarini va bemorning antibiotiklarga sezuvchanligini xisobga olish kerak.
Virus bakteriya ishtirokida kelib chiqqan o’tkir zotiljam kasallikda ta’sir doirasi keng bo’lgan antibiotiklarni yarim sintetik pensillin bilan birgalikda tavsiya etadi. Antibiotiklarning ta’sirini 2 – 3 kun qabul qilgandan so’ng aniqlash mumkin. Antibiotiklar xar qancha yaxshi ta’sir ko’rsatsa xar 10 – 12 kun o’tgandan so’ng boshqasi bilan alnashtirish lozim. Antibiotiklarni bemorning tana xarorati normagi tushgandan so’ng 5 kundan ortiq qo’llash mumkin emas
Ayrim hollarda antibiotiklarni sulfaminalid preparatlardan sulfadimitoksin kuniga 1 -2 g dan 7 kun beriladi.
Bisseptol sulfanilamidni 0,96g dan har 12 soatdan ishish tavsiya etiladi. Bemor antibiotiklarni yaxshi ko’tara olmasa, ajratilgan mikroblar nitrofuran birikmalarga yaxshi sezuvchan bo’lsa, bunday bemorlarga furuzolinni 0.1 g dan 1 kunda 4 marta ichish mumkin. Bemorga uzoq vaqt antibiotiklar berilganda kandidoz zamburug’ kasalligini kelib chiqishini oldini olish uchun levorin (500000 TB dan kuniga 4 – marta ) ichish tavsiya etiladi.
Simptomatik davolash. Bemorni quruq yo’tal bezovta qilganda yo’talga qarshi dorilar ( kodien, libeksin, tusupreks, altye, termopsis damlamalari ) beriladi. Bemorda intoksikatsiey sindromi boshlangan bo’lsa, dezintokatsikatsion davolash olib boriladi (bemor venasiga gemodez tomchilar yuboriladi). Kasal tanasida kislorod etishmasligining belgilari paydo bo’lsa, kislorod beriladi.
Bemorning harorati normallashgandan so’ng deotermiya, induktormiya, SVCH, UVCH va hakozo qo’llaniladi. Yuqorida ko’rsatilgan dorilar qo’llanilgandan so’ng, bemorning umumiy holati, o’zini sezishi yaxshilansa, tana harorati normallansa, kasallikning klinik, loboratoriya , rentgenologik belgilar yo’qolsa kasal sog’aygan hisoblanadi. O’tkir zotiljam oqibati ko’p omillarga bog’liq bo’lib, bulardan asosiy o’pkada yallig’laninshi qanchalik tarqalishiga, bemorning o’z vaqtida to’g’ri davolanishiga, kasallik kuzatgan mikrob virulentligiga va bemor organizmining umumiy qobiliyatiga bog’liq. O’tkir zotiljam engil va o’rtacha og’irlikdan o’tsa bemor o’z vaqtida to’g’ri davolanganda 3 - 4 hafta davomida sog’ayib ketadi. Kasallik og’ir o’tsa, bemorning immunologic qobiliyati past bo’lgan taqdirda har xil asoratlar kelib chiqishi mumkin.
Kasallikni oldini olish tadbirlari ( profilaktikasi ). Bemorning sanitaiya – gigiyena tadbirlarini to’g’ri bajarib ( tog’ri mehnat rejimi, havoni chang – gazlar, kimyoviy bug’lardan ifloslanishdan saqlash ), bemor badaniga havoning yuqori va past harorati, yelvizak ta’sir qilishning oldini olish lozim. Tanani chiniqtirish, o’z vaqtida yetarli rejali ovqatlanish kerak. Nafas yo’llarining har xil yallig’lanish kasalliklarini o’z vaqtida davolash, o’tkir zotiljam kasalligini keltirib chiqaruvchi omillardan tamaki chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga qarshi kurashish kasallikning kamayishiga imkon beradi.
TAYANCH IBORALAR
Pnevmoniya (zotiljam) – o’pka alveolalari, oraliq to’qimasi va tomirlar sistemasining yallig’lanishi.
Krupoz Pnevmoniya – o’pkaning bitta yoki bir necha bo’lagi yoki sigmentni yallig’lanishi.
Gipoksiya – to’qimalarga kislorod miqdorining kam borishi.
Gippostatik zotiljam – uzoq muddat yotoq rejimidagi bemorlarda qon dimlanishi natijasida bo’ladigan zotiljam.
Pnevmoskleroz – o’pkalarda chandiq biriktiruvchi to’qimaning o’sib ketishi.
Gerpes labialis – lablarga uchuq toshishi.
Akrosianoz – kapillyar qon aylanishi buzilishi natijasida periferik a’zolar terisining ko’karishi.
Alveolalar – o’pkadagi havo yo’llarining so’ngi kengaygan qismi.
Savollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |