Hansirash. Nafas tezligi va chuqurligi buzilib, nafasning tez – tez bo’lib qolishi bilan namoyon bo’ladi. Odamda havo yetishmagandek tuyg’u bo’lib, nafas akti qiyinlashib qoladi. Bemor ancha chuqur – chuqur va tez – tez nafas ola boshlaydi. To’satdan paydo bo’lib, keskin ifodalangan hansirash nafas qisishi deb yuritiladi. Hansirash 2 – xil bo’ladi. Asosan nafas olish qiyinligidan – insperator ( traxeya, bronxlar torayib qolganda ) yoki nafas chiqarish qiyinligidan – eksperator hansirash bo’lishi mumkin.
Qon tupirish. Bu nafas olish a’zolari kasalliklarining jiddiy alomatlaridan biridir. U kuchli yo’tal vaqtida bronxlar cho’zilib, kengayib qolgan vaqtlarda, qon tomirlarning yorilishi, o’pkadagi yiringli jarayonlar, sil, xavfli o’sma tufayli, o’pka to’qimasi butunligi buzilishi natijasidir. Oz qon tupirish ham havfli hisoblanadi, chunki u shoshilinch yordam ko’rsatishni talab etadigan bemor xavf soladigan o’pkadan qon oqishiga aylanib ketishi mumkin.
Ko’krak og’rig’i. ko’pincha yallig’lanish jarayoni plevraga o’tgan davrda ko’krak og’rig’i boshlanadi. Plevra og’riqlar uchun uning chuqur nafas olingan va yo’talgan paytida vujudga kelishi xarakterlidir. Yallig’lanib turgan plevra varaqalari bir-biriga ishqalangan sezuvchi nervlarning ta’sirlanishi tufayli og’riqqa sabab bo’ladi. Ko’krak qafasidagi og’riqni kamaytirish uchun bemor yuza nafas olishga harakat qiladi va yo’tal harakatlarini tutib turadi. U majburiy holatni egallab, yonboshi bilan yotadi, natijada plevra harakatlari chegaralanadi va og’riq asta sekin kamayadi.
O’pka kasalliklarini tekshirish usullari.
O’pka siliga, o’pka o’smasiga gumon qilinganda, pnevmoniya, bronxoektotik kasallik va o’pka abssesida mikroblarni va uning antibiotiklarga sezgirligini aniqlash uchun balg’am yig’iladi. Balg’amda ovqat qoldiqlari, so’lak va boshqa yot narsalar bo’lmasligi kerak. Balg’amga tutilgan idish toza va zararsizlantirilgan, qopqoq bilan berkitilgan bo’lishi lozim. Odatda darajalarga bo’lingan maxsus idishdan foydalaniladi. Balg’amni ko’pi bilan bir kecha kunduz saqlash mumkin. Unga albatta 0.5 % li karbol kislota eritmasi yoki 1 – 2 ta timol kislotasi qo’shiladi.
Plevra punksiyasi. Plevra bo’shlig’iga suyuqlik yig’ilib qolganida plevrani diagnostika maqsadida funksiya qilish zarur bo’ladi. Funksiyani shifokor bajaradi, tibbiyot hamshirasining vazifasi asboblarni va bemorlarni penksiyaga tayyorlashdan iborat.
Perkussiya. ( To’qillatib ko’rish ) o’pka perkussiya qilib ko’rilganda chiqadigan tovush xarakteri diagnostik jihatdan muhim belgi hisoblanadi, to’qima nechog’li zich, qattiq bo’lsa bu tovush shuncha sekin bo’lib chiqadi. Tovushning bo’g’iq perkutor, quticha tovush, timpanik perkutor tovushlar tafovut qilinadi.
O’pka auskultatsiyasi. Nafas a’zolarini eshitib ko’rilganda:
Nafas shovqinlarini
2. Qo’shimcha shovqinlarva xirillashlarni
3. Krepitatsiyani
4. Plevraning ishqalanish shovqinini aniqlash mumkin.
Plevraning ishqalanish shovqini sog’lom odamlarda eshitilmaydi, chunki silliq plevra varaqalari yallig’lanishi tufayli g’adir – budur bo’lib qolgan mahalda ishiqalanish shovqoni paydo bo’ladi.
Bronxoskopiya. Traxeya va bronxlar shilliq pardasini ko’zdan kechirish, o’smalar va yaralarga tashxis qo’yish, yot jismlarni olib tashlash va poliplarni olish, bronxoetoziyalarga davo qilish uchun ishlatiladi.
Bronxofoniya. Yani hiqildoq tovushning ko’krak qafasi yuzasiga o’tqazilishi xuddi tovush titrashi singari sniqlanadi, bunda bemor unsiz tovushlar ko’p bo’lgan tovushlarni talaffuz qiladi. O’pka to’qimasi zichlashib qolganida va unda bo’shliqlar paydo bo’lganida – o’pka infarkti va o’pka sili kuzatiladi, compression atelektazda, zotiljamda bronxofoniya kuchayadi, o’pka smfizemasi, pnevmotomaks, obturatsion atelektaz, ekssudativ plevritda esa susayib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |