An’anaviylashtirish – amaliy ahamiyati isbotlangan yangiliklarni amaliyotda izchil qo‘llanilishiga erishish.
Keys bayoni. Har qanday pedagogik faoliyatning samaradorligi uning natijasi yoki natijalari bilan o‘lchanadi. SHaxs faoliyati, bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashda muayyan mezonlarga tayanib ish ko‘riladi. Mezonlarning ishlab chiqilishi faoliyat, bilim, ko‘nikma va malakalarning ob’ektiv, xolis baholanishini ta’minlaydi.
Keys topshirig‘i. Pedagoglarning innovatsion faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqing.
O‘qituvchining echimi:
Pedagoglarning innovatsion faoliyatini baholash mezonlari
Holat
|
Mezonlar
|
Pedagogning innovatsion faoliyati
|
YAngiliklardan izchil xabardor bo‘lish.
O‘z fani bo‘yicha yangiliklarni yaratish xohishiga egalik.
O‘zlashtirgan yoki o‘zi asoslangan yangiliklarni amaliyotga tadbiq etishda qat’iyatlilik ko‘rsatish.
O‘z faoliyatida innovatsiyalarni faol qo‘llash
|
Keys bayoni. Ta’lim innovatsiyalaridan samarali foydalanishda pedagoglarning kasbiy mahorati, kompetentligi, iqtidori va ish tajribasi alohida ahamiyat kasb etadi. Pedagog qanchalik darajada kasbiy mahorat, kompetentlik, iqtidor va ish tajribasiga ega bo‘lsa, u ta’lim innovatsiyalarini o‘z faoliyatida shunchalik faol qo‘llaydi va samarali natijalarga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |