O‘qituvchining javobi. Kredit ma’lum o‘quv fani (moduli)ni o‘zlashtirish va sinovlarni birinchi, ikkinchi yoki uchinchi urinishda topshirishni anglatmaydi. Aksincha, kredit har bir o‘quv fanining umumiy hajmi, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim uchun ajratilgan soatlar (nazariy mashg‘ulotlarga nisbatan amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta’lim soatlarining ko‘pligi), bir so‘z bilan aytganda, talabaning mehnat sarfidan kelib chiqib ajratiladi. Kredit – o‘quv fanini o‘zlashtirish va sinovlarni topshirish uchun birinchi, ikkinchi yoki uchinchi urinish emas. Balki bir o‘quv fani uchun ajratilgan umumiy soatni bir necha modul (blok – qism)ga ajratgan holda o‘zlashtirish va sinov topshirib borish deganidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |