14-BOB.QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARI(ISH, XIZMATLAR) TANNARXI VA UNI PASAYTIRISH IMKONIYATLARI
«Tannarxni aniqlash barcha turdagi xo’jaliklar uchun muhimroq hisob-kitoblardan biri hisoblanadi»
A.V.Chayanov
1.Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va mahsulot tannarxi. Tannarxining turlari
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqda ishlab chiqarish resurslari (mehnat, yer, suv va moddiy va boshqa)ni ishlatish bilan chambarchas bog’langan, qaysiki ishlab chiqarish jarayonida qisman yoki butunlay iste’mol qilinadi, ularning qiymati esa tayyor mahsulotga o’tadi. Iste’mol qilingan va mahsulotga o’tkazilgan ishlab chiqarish resurslarining jami yig’indisi mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari ikki xil bo’ladi: ijtimoiy xarajatlar va korxona xarajatlari. Ijtimoiy xarajatlar bu jamiyatning u yoki bu mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarining jamidir. Ular mahsulot qiymatidan tashkil topadi va o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1.Bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari (ajratmalari bilan;
2.Yagona yer solig’i;
3.Iste’mol qilingan moddiy resurslar qiymati;
4.Qo’shimcha mahsulot qiymati.
Qo’shimcha qiymat boshqarish, maorif sog’liqni saqlash, mudofaa, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va boshqalarga qilingan xarajatlarni qoplashga sarflanadi. Mahsulotlar qiymatining asosiy qismi korxona xarajatlarini tashkil etadi va uning tarkibiga mehnat haqi, ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy vositlarning yillik eskirishi, mashina uskunalar, aylanma vositalarning qiymati, ayrim soliqlar, to’lovlar va boshqalar kiradi. Ma’lumki, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xo’jalik yuritishning barcha shakllarida mahsulot qiymatining ajralmas qismi hisoblanadi. Xarajatlarning qiymatdan farqi takror ishlab chiqarish jarayonining barcha fazalarida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish sferasida xarajatlarning shakllanishi qiymat tashkil topishining birinchi etapidir. Bunda ishlab chiqarishning o’zi mehnat jarayoni va qiymat yaratish jarayonining birligi bo’lib harakat qiladi. Bu yerda jonli mehnat jarayoni va qiymat yaratish jarayonining birligi bo’lib harakat qiladi. Bu yerda jonli va buyumlashgan xarajatlar hamda tadbirkorlik yalpi mahsulot, shu jumladan qo’shilgan qiymatni yaratadi. Ishlab ishlab chiqarish sferasida qiymat va korxona xarajatlari o’rtasidagi bog’liklik amaliy ahamiyatga ega. Nooqilona xo’jalik yuritish, ishlab chiqarish resurslaridan yetarli darajada samarali foydalanmaslik tufayli sarflangan barcha turdagi bevosita va bilvosita xarajatlarning samaradorligi pasayadi.
Ijtimoiy xarajatlarning, binobaring qiymatning ma’lum bir qismi sifatida ishlab chiqarish xarajatlari pulda ifodalanadi. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlariga ishlab chiqarish resurslarining qo’llanilgani emas, balki iste’mol qilingan qiymati kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga mehnat yaratgan jami qiymat emas, balki to’langan bevosita va bilvosita mehnat haqi qo’shiladi. Ishlab chiqarish xarajatlariga yer resusrlari qiymati emas, undan foydalanish bilan bog’liq xarajatlar (yer uchun to’lov, ijara haqi va boshqa), asosiy vositalarning qiymati emas, faqat amortizasiya summasi, moddiy oborot vositalaridan foydalanilgan miqdor kiradi. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari to’liq tannarxning asosini tashkil etadi.
Demak, mahsulot tannnarxi korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan joriy, ya’ni har yillik pulda ifodalangan xarajatlarning jami yig’indisidir.
Korxonaning mahsulot olish uchun sarflangan hamma ishlab chiqarish xarajatlari yig’indisi yalpi mahsulot tannarxini ifodalaydi va quyidagicha hisoblanadi:
Asosiy va qo’shimcha mahsulot biriligining tannarxi jami ishlab chiqarish xarajatlarini yalpi mahsulot miqdoriga nisbati bilan topiladi:
Tahlil etilayotgan davrda poliz, uzum, sabzavot va mevaning tannarxi 3,9; 4,0 va 5,4 martaga, go’sht va pillaniki – 3,2 martaga, g’alla, paxta, tamaki kartoshkaniki 2,0 dan 2,5 martaga, tuxum va sutniki esa 1,8 dan 1,9 martagacha oshib borgan. Albatta, bu yerda taqqoslash joriy baholarda olib borilgani uchun ham tafovut katta chiqadi. Chunki bu davrda tannarx tarkibiga kiruvchi barcha elementlar va moddalarning qiymatlaridagi keskin o’sishlarning va inflyasiya darajasining salbiy ta’siri seziladi.
Mahsulot birligi tannarxidan tashqari ayrim ishlarning (traktor, avtotransport, ishchi hayvon va boshqalar), shuningdek qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga ishlov berish, bir bosh hayvondan mahsulot olish xarajatlari ham aniqlanadi.
Xarajatlarning shakllanish etaplariga qarab, tannarx-ning quyidagi turlari mavjud bo’ladi:
1.Texnologik
2.Ishlab chiqarish
3.Kommersiya yoki to’la tannarx
Do'stlaringiz bilan baham: |