O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov qishloq xo’jaligi



Download 1,75 Mb.
bet96/196
Sana16.06.2021
Hajmi1,75 Mb.
#68203
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   196
Bog'liq
qishloq xo'jalik iqtisodiyoti (копия)

15-BOB. Qishloq xo’jaligida baholarning shakllanishi va baholar tizimini takomillashtirish
«Bozor iqtisodiyoti sharoitida to’g’ri, samarali, maksimal daromad olishga yo’naltirilgan qarorlarni qabul qilish asosan baholar tizimining hayotiyligi bilan belgilanadi»

V.Leontev
1.Bahoning iqtisodiy mohiyati va vazifalari
Bozor sharoitida baho alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki baho orqali tovar, ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga o’tadi. Shuningdek xo’jalik ishlab chiqarish harajatlarining qoplanishiva foyda olish baho orqali amalga oshadi. Baho – tovar qiymatining puldagi ifodasi bo’lib, uning dinamikasi, nisbati va o’zgarishlari asosida qiymat qonuni yotadi. Qiymat qonuni bahoning tovar qiymati atrofidagi harakati qonuniyatini aniqlaydi. Raqobat sharoitida, talab va taklif asosida baho va qiymat o’zgarib turadi. Goho baho qiymatdan yuqori bo’ladi va aksincha. Ikkovining teng kelishi esa muvozanat bahosini yuzaga keltiradi. Mahsulotga qo’yilgan past baho, odatda uni ishlab chiqarish harajatlarining pastligidan kelib chiqadi.

Erkin raqobat sharoitida baho me’yoriy harajatlarga teng bo’ladi. O’tmish iqtisodchilarning ta’kidlashicha, baho o’rtacha ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. Bunday ta’rifda baho mahsulotga bo’lgan talabdan ancha uzoqlashadi va o’rtadagi bog’liqlik yo’qoladi. Haqiqatda esa mahsulotga bo’lgan talabning ortishi yoki pasayishi mos ravishda bahoni oshiradi yoki pasaytiradi. Demak, baho va talab o’rtasida to’g’ri proporsional bog’lanish mavjud.

Shuningdek, talab o’z navbatida mahsulot taklifi bilan ham bog’langan. Bu bog’liqlik bahoni muvozanatlashtiradi va ishlab chiqarish tarmoqlari o’rtasida resurslarni oqilona taqsimlashga olib keladi. Muvozanat bahosi, xuddi talab va taklif singari bir qancha omillarga bog’liq bo’ladi. Bozor bir xil tovar va xizmatlarga turli xil baho darajalarini o’rnatishni tavsiya etadi. Turli xaridorlar tomonidan sotib olinadigan bir xil tovarlarga turli baholarning o’rnatilishi bahoning diskriminasiyasi deyiladi. Demak, bahoning miqdori tovar qiymatiga to’g’ri proporsional. Qiymat qonuni baho harakati qonuni bo’lgani bilan har doim ham va har qanday tovar uchun ham bir xil bo’lavermaydi. Bahoda faqat tovar qiymati emas, balki ayirboshlash sharoitlari, talab va taklif, bahoning davlat tomonidan tartibga solinishi (boshqarilishi) ishlab chiqaruvchi va iste’mol o’rtasida qiymatning taqsimlanishi ham aks etadi. Shuning uchun baho qiymatning ko’rinish shakli sifatida namoyon bo’ladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligida baho quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:



  • Bahoning hisoblash yoki o’lchash vazifasi. Iqtisodiyotda bahoning turli tizimlari yordamida yalpi va tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan moddiy-pul xarajatlari, sof daromad, foyda kabi barcha qiymat ko’rsatkichlari rejalashtiriladi va hisobga olinadi;

  • Bahoning rag’batlantirish vazifasi. Har bir xo’jalikning mahsulot sotishdan oladigan daromadi, eng avvalo, tovarning ishlab chiqarish xarajatlariga va bahosiga bog’liq bo’ladi. Tabiiyki, mahsulot bahosining ko’tarilishi shu mahsulotni ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishga undaydi;

  • Bahoning taqsimot vazifasi. Tovarlar bahosining o’zgarishi moddiy tovarlarni qayta taqsimlash imkonini beradi. Bundan tashqari baho yordamida qo’shilgan qiymatni, sof daromadni va h.k.larni taqsimlash va qayta taqsimlash amalga oshiriladi, shuningdek kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sferasini moliyalashtirish amalga oshiriladi;

  • Bahoning tartibga solish (boshqarish) vazifasi. Baho orqali ishlab chiqarish va iste’mol, talab va takliflar o’rtasida aloqa o’rnatiladi. Mehnat va ishlab chiqarish vositalarining tarmoqlar o’rtasida taqsimlanishi ham baho orqali amalga oshadi.



Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish