O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov qishloq xo’jaligi



Download 1,75 Mb.
bet90/196
Sana16.06.2021
Hajmi1,75 Mb.
#68203
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   196
Bog'liq
qishloq xo'jalik iqtisodiyoti (копия)

Abu Ali ibn Sino
1.Qishloq xo’jaligi tarmoqlari strukturasi. Tarmoqlarni oqilona qo’shib olib borish tamoyillari
Qishloq xo’jaligi turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi, kompleks o’zaro aloqador tarmoqlarni ifodalaydi. Qishloq xo’jaligi tarmoqlari boshqa xalq xo’jalik tarmoqlaridan quyidagi belgilar bilan farq qiladi:

a).ishlab chiqaradigan mahsulot turlari;

b).ishlab chiqarish vositalarining turlari va tashkiliy tuzilishi;

v).xodimlar malakasi va tarkibi;

g).mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash xususiyatlari.

U ikki tarmoqdan o’simlikchilik va chorvachilikdan tashkil topgan. Ularning har birining ichida tarmoq strukturasi mavjud. O’simlikchilikda tarmoqlar ekiladigan ekinlarning turi va guruhiga qarab bo’linadi. Masalan: g’allachilik, paxtachilik, kanopchilik va boshqalar. Sabzavotchilikda ochiq va yopiq usulda sabzavot yetishtiriladi. Bog’lar esa danakli va urug’lilarga bo’linadi. Chorvachilikda esa mollar va hayvonlar turlariga qarab tarmoqlarga bo’linadi: qoramolchilik, cho’chqachilik, parrandachilik, pillachilik va h.k. Bundan tashqari ishlab chiqariladigan mahsulotning xarakteriga qarab: sut, qoramolchiligi, go’sht-sut, qo’ychilik, jun-teri olish bo’yicha va boshqalar.

Ishlab chiqarishdagi roli va iqtisodiy ahamiyatiga qarab korxonalarda qishloq xo’jaligi tarmoqlari: Bosh(yetakchi), qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarga bo’linadi. Bosh(yetakchi) tarmoq deb, qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotida yuqori salmoqni egallagan tarmoqqa aytiladi. Asosiy tarmoq korxonaning ixtisoslashishini aniqlaydi. Qo’shimcha tarmoq bosh tarmoqqa nisbatan, yalpi va tovar mahsulot ishlab chiqarishda kamroq ahamiyatga ega bo’ladi. Ularni qo’shib olib borish mehnat, yer va moddiy resurslardan to’liqroq foydalanishni ta’minlaydi.

Qishloq xo’jaligi korxonalarida qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan tashqari o’simlikchilik va chorvachilikka xizmat qiluvchi tarmoqlar - ta’mirlash xizmati, elektr xo’jaligi, avtotoransport va boshqalar faoliyat ko’rsatadi.

Yordamchi tarmoqlar tarkibiga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxona va sexlar, qurilish ustaxonalari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar va boshqalar kiradi.

Mahsulotdan foydalanish shakliga qarab qishloq xo’jaligi tarmog’i 2 guruhga bo’linadi:

1.Tovar, sotish uchun mo’ljallangan mahsulot(paxta, pilla va boshqalar);

2.Notovar, to’lig’icha yoki asosiy qismi ichki ehtiyojga foydalaniladiganmahsulot(yem-xashak va boshqalar).

Qishloq xo’jaligining tarmoqlar strukturasi qishloq xo’jaligi jami yalpi mahsuloti tarkibida alohida tarmoqlar yalpi va tovar mahsulotining salmog’i bilan xarakterlanadi va quyidagicha hisoblaniladi:

Bu yerda, TS - tarmoq strukturasi.

Bir qancha qishloq xo’jaligi tarmoqlarini iqtisodiy asoslab qo’shib olib borish ishlab chiqarishning mavsumiyligini pasaytiradi, mehnat, yer, moddiy resurslaridan to’laroq foydalanish imkoniyatini beradi, ishlab chiqarish vositalari va mehnat xarajatlari notekisligini kamaytiradi. Tarmoqlarni oqilona qo’shib olib borish yil davomida qishloq xo’jaligi mahsulotlari va pul vositalarini bir tekis kelib tushishi imkonini beradi, xo’jaliklar iqtisodiyotiga samarali ta’sir ko’rsatadi, ularning moliyaviy holatini yaxshilaydi.

Qishloq xo’jaligida tarmoqlarni oqilona qo’shib olib borishning asosiy tamoyillari, maqsadi va shartlari quyidagilar:

1.Resurs potensialidan - mehnat, yer, suv va moddiy resurslardan ancha samaraliroq foydalanish;

2.Mahsulot birligi hisobiga minimal darajada mehnat xarajatlari va vositalar sarflab maksimal miqdorda mahsulot olishni ta’minlash;

3.Ishlab chiqarishning mavsumiyligini kamaytirish, yil davomida texnika va ish kuchidan to’liqroq foydalanish;

4.Yil davomida aylanma vositalarning aylanishini va pul vositalarning bir tekis kelib tushishini ta’minlash va h.k.
2.Joylashtirish va ixtisoslashtirish tushunchasi, ularning ilmiy asoslari
Qishloq xo’jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotining turli ko’rinishidir.

Joylashtirish - alohida turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni respublika zonalarida, ayrim viloyat, tumanlar va korxonalar bo’yicha miqdoriy taqsimlashni bildiradi. Qishloq xo’jaligini joylashtirish uni ixtisoslashtirish bilan chambarchas bog’langan. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishda zona va korxonalarning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olish muhimdir. Natijada qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish ta’minlanadi. Qishloq xo’jaligi hududlarini yoki alohida korxonalarni ixtisoslashtirish bosh(asosiy) tarmoqni ajratib olish va uning rivojlanishiga sharoit yaratishdir. Ixtisoslashtirish ishlab chiqarish yo’nalishini xarakterlaydi va hudud yoki xo’jalikning tarmoq strukturasini aniqlaydi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni oqilona ixtisoslashtirishning iqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat:

1.U bosh ishlab chiqarish vositasi - yerdan samarali foydalanish uchun sharoit yaratadi. Shu asosda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining miqdorini ko’paytiradi va sifatini yaxshilaydi;

2.Ixtisoslashtirish qishloqda mehnat resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga imkoniyat yaratadi. Dehqonchilik va chorvachilik xodimlarining professional strukturasini o’zgartiradi, kadrlarning malakasini va mehnat unumdorligini oshiradi;

3.Ixtisoslashtirish kapital qo’yilmalar va asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Ishlab chiqarishga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini va ilg’or tajribalarni joriy qilishga imkoniyat yaratadi;

4.Ixtisoslashtirish tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini pasaytirish hamda rentabellikni oshirishga sharoit yaratadi va h.k.

Qishloq xo’jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va ixtisoslashtirish ma’lum bir tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

1.Bozor talabini hisobga olish. Qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini joriy qilish qishloq xo’jaligini ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash jarayonini o’zgartirish, ishlab chiqarishni tashkil qilishning progressiv shakliga o’tish, zarar keltiradigan mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechish;

2.Tabiiy va iqtisodiy sharoitlardan to’laroq foydalanish;

3.Mahsulot ishlab chiqarishni iste’molchilarga yaqinlashtirish;

4.Hududlarni oziq-ovqat va sanoatni qishloq xo’jaligi xom-ashyosi bilan ta’minlash bilan hududlararo mehnat taqsimotini qo’shib olib borishni ta’minlash;

5.Mamlakat iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash;

6.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini joylashtirish va ixtisoslashtirishda xalqaro mehnat taqsimotini hisobga olish va h.k.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish