2-jadval
Tekstil sanoatining tolaga kuygan talablari
Tola tipii
|
Shtapel vazn uzunligi, mm
|
Uzilish kuchi, gk
|
Chizikli zichlik (metrik soni) m/teks
|
Nisbiy uzilish kuchi, GK/teks
|
Tola chikishi, %
|
Sanoat talabi, %
|
I
|
40-41
|
4,7
|
127(7900)
|
57,0
|
32
|
3
|
II
|
38-39
|
4,7
|
137(78900)
|
34,0
|
33
|
4
|
III
|
37-38
|
4,7
|
147(6800)
|
32,0
|
34
|
5
|
IV
|
35-35
|
4,7
|
167(6000)
|
28,0
|
34,5
|
12
|
V
|
33-34
|
4,7
|
179(5600)
|
26,5
|
36
|
64-66
|
VI
|
32-33
|
5,0
|
200(5000)
|
25,0
|
37
|
10
|
VII
|
Ekilmaydi
|
Paxta yetishtiriladigan xududlarda eng hosildor va sifati yuqori g’o’zaning ekiladigan barcha navlari ikki guruhga bo’linadi:
UzuntolalinavlarІ, ІІ, ІІІ - tiptolalarbersa, ІV, V, VІ - tiptolalarniesao’rtatolalinavlarberadi.
O’rtatolalig’o’zanavlariniDavlatnavsinovidano’tgan, tuproq-iqlimsharoitigamosbo’lganbirnechtasiekilmoqda, jumladan:
Namangan-77. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot instituti va Qizil Rovot tajriba xo’jaligida yaratilgan. Nav o’rtapishar bo’lib, o’suv davri 110 - 125 kun. Vilt kasalligiga chidamli. Bir ko’sakdagi paxta massasi 5,2 g, tola chiqishi 33,3 foiz, shtapel uzunligi 33,7 mm, tolaning uzilish kuchi 4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 26,2 gk/teks. Tolasi V- tip. Hosildorligi gektariga o’rtacha 44 s.
Unumdor bo’z o’tloq va o’tloq–botqoq tuproqlarda gektariga 80-90 ming tupdan, sho’rlangan yerlarda 120-140 ming tupni tashkil etgani ma’qul. Bo’z tuproqlarda o’g’itlarning me’yori N250P175K125 kg/ga.
S-6524. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida duragaylash yo’li bilan yaratilgan, o’rtapishar. Tola uzunligi 35,2 mm, tola pishiqligi 4,5-4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 28,5 gk/teks, tola chiqishi 33-34 foiz. Tolasi IV- tipga mansub.
S-6530. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida duragaylash yo’li bilan yaratilgan. O’rtapishar navlar guruhiga kirib, vilt kasalligiga chidamli. O’suv davri 114-124 kunni tashkil etadi. Bir ko’sakdagi paxta massasi 5,4-6,2 g, tola chiqishi 36,8-37,2 foiz, shtapel uzunligi 35,2 mm, pishiqligi 4,5 gk, nisbiy uzilish kuchi 27,1 gk/teks. Hosildorligi gektariga 40-48 s gacha yetadi.
S-4727. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida duragaylash yo’li bilan yaratilgan. O’suv davri 132- 136 kun. Ko’sakdagi paxta massasi 6,3-6,8 g, tola chiqishi 36 foiz, shtapel uzunligi 33,2 mm, tolaning pishiqligi 4,6-4,8 gk, nisbiy uzilish kuchi 26,2 gk/teks. Tolasi V-tip. Kasallikka chidamsiz.
Buxoro-6. O’zPITI Buxoro filialida turlararo duragaylash yo’li bilan yaratilgan, o’rtapishar. Ko’sakdagi paxta massasi 7,2 g. Tola chiqishi 36,5 foiz, tola uzunligi 34 mm, tolaning pishiqligi 4,5-4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 28,3 gk/teks.
Omad. G.S.Zaysev nomidagi g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutining olimi R.Kim tomonidan yaratilgan. O’suv davri 115- 118 kun. G’o’zaning bo’yi 80-90 sm ga boradi. Ko’saklar tanaga yopishgan holda joylashgan. Ko’sak massasi 5,0-5,5 g. Hosildorlik 40 sentnergacha. Tola chiqishi 35-36 foiz. Tola uzunligi esa 33-34 mm ni tashkil qiladi. Tolasi V-tipga mansub. Mikroneyr ko’rsatgichi 4,5-4,6.
Suvga talabi o’rtacha, vilt bilan zararlanishi 5-8 foizni tashkil qiladi. Mineral o’g’itlarga o’rtacha talabchan.
«Buxoro-102» g’o’za navi O’zPITIning Buxoro filialida Mualliflari: S.I.Maxsudov, B.O.Mislimov, E.Mavlonov va boshqalar tomonidan yaratilgan. O’suv davri – 115 -124 kun, hosildorligi – 45-50 s/ga, tola chiqishi – 37-38 %, tola uzunligi – 33,0-34,0 mm, tola pishiqligi – 4,4-4,5 gk, tolaning nisbiy uzilish kuchi – 26,5-27,0 gk/teks, bir dona ko’sakdagi paxta vazni – 7,0-8,0 g, 1000 dona chigit vazni – 123-130 g, tolaning metrik raqami – 6000-6004, mikroneyer ko’rsatkichi – 4,3-4,4, viltga chidamligi – chidamli, tola tipi – IV
«Sulton» g’o’za navi O’zbekiston g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida Mualliflar: Namazov Sh., Ibragimov P.Sh., Muratov U. tomonidan yaratilgan. F4(F1G.thurberi x G.raimondi)x G.hirsutum.L. turlararo duragayidan ko’p martalik tanlash yo’li bilan yaratilgan. O’suv davri 115-120 kun, poyasining balandligi– 130-140 sm, hosildorligi– 40-45 s/ga, ko’sagining vazni – 6-6,5 g, tolasining uzunligi -33-34 mm, mikroneyr ko’rsatkichi - 4,5-4,6, tolasining chiqimi – 36 %, tolasining mayinligi – 6250-6700, tolasining uzulish uzunligi– 28,0-28,5 gk/teks, tolasining tipi – V.
An-chillaki-1. O’zbekiston FA o’simliklar biologiyasi institutida yaratilgan. Nav juda tezpishar, o’suv davri 100-110 kun. Past bo’yli bo’lib, balandligi 60-70 sm gacha. Hosildorligi gektaridan 25-35 sentnergacha. Nav tezpishar bo’lganligi uchun vilt kasalligiga chalinguncha rivojlanish davrlarini o’tishga ulgura oladi. Navni boshoqli don ekinlari yoki ayrim yem-xashak ekinlaridan keyin ekish mumkin. Undan takroriy ekin sifatida yoki qalin tup son hosil qilish uchun foydalanish paxtachilikda yangi yo’nalishni vujudga keltirish mumkin.
An-Boyovut-2. O’zbekiston FA o’simliklar biologiyasi institutida S.Sodiqov va boshqalar tomonidan yaratilgan. Tezpishar nav. O’suv davri 129-130 kun. Ko’sagidagi paxta massasi 6,5-7,0 g. Tola chiqishi 35-36 foiz, tola uzunligi 34-3 5 mm, tolaning nisbiy uzilish kuchi 26,1-26,7 gk/teks. Tolasi V tip.
Armug’on. Bu nav L-9263 x L-541 duragay kombinasiyalarini o’zaro chatishtirib, ko’p marotaba yakka tanlash orqali P.G.Gubanova, O.D.Djurayev, J.A.Musayev, 3.Yu.Sadiqovalar tomonidan yaratilgan.
Hosildorligi 48-55 sentner, bitta ko’sakdagi paxta massasi 6,0-6,5 g, o’suv davri 120-125 kun, tola chiqishi 38-39 foiz, tola uzunligi 33-34 mm, nisbiy uzilish kuchi 25,6 gk/teks, tolasi V tip. Vilt bilan zararlanishi 5,1-11 foiz. Nav 1999 yilda rayonlashtirilgan.
Buxoro-8. Nav gossipium xirzutum turiga mansub bo’lgan Buxoro-6 naviga bir pallalik o’simliklarining fotosintez irsiyatini sun’iy o’tkazish yo’li bilan yaratilgan. Muallifi A.M.Battalov va boshqalar. Navning bo’yi o’rtacha 90-120 sm.
Hosil shoxlari agrotexnik sharoitga mos ravishda 2 yoki 3 tipda shoxlaydi, hosil shoxi asosiy poyaning 5-7 bo’g’inlaridan chiqadi. O’suv shoxlari 0-3 tagacha. Ko’saklari yirik, tuxumsimon, ko’sakdagi paxta massasi 7,0-11 g. Hosili to’kilmaydi. Nav o’rtapishar, o’suv davri 118-120 kun. Ko’sagi asosan 5 chanoqli, ba’zan 4 chanoqlilari ham uchrab turadi. Chigiti yirik, 1000 dona chigit massasi 120-140 g atrofida, tukli, yashil kulrangda.
Tolasi III va IV tipga mansub bo’lib, mayin va uzun. Tola chiqishi 35-37 %, tola uzunligi 33-36 mm ni tashkil etadi.
Xorazm-126. «Paxta» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Xorazm tajriba tayanch punktida Xorazm-125 navidan yakka tanlash yo’li bilan D.Yo’ldoshev, K.Matnazarov, A.Iskandarov, A.Hasanova, Sh.I.Ibragimov, I.Bahromov, No Gi Xvalar tomonidan yaratilgan.
Nav 1997 yilda davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 90-120 sm, piramida-ustunsimon, poyasi yashil, kam tuklangan, ko’sagi tuxumsimon, 1000 dona chigit massasi 100 g. O’rtacha hosildorligi 40,8 s.
Vegetasiya davri 119 kun. Bir ko’sakdagi paxta massasi 5,2 g, tola chiqishi 37,0 %, viltga chidamli. Tolasi V tipga mansub. Mikroneyr ko’rsatkichi 4,1.
Xorazm-127. 163-F navi S-9062 navi bilan chatishtirilib, ko’p marotaba yakka tanlash hamda qayta tanlash yo’li bilan yaratilgan. 2002 yilda Davlat Reyestriga kiritilgan.
O’suv davri 120-130 kun. Poyasi tik, bo’yi 90-120 sm, tanasi yashil, o’rtacha tuklangan. Hosil shoxlari 5-6 bo’g’imdan chiqadi. 1,0-1,5 tipda shoxlaydi. Chigiti och yashil, kulrang. 1000 dona chigit massasi 122-132 g. Moydorligi 24,5 foiz. Tola chiqishi 36,5-38,4 foiz, tola uzunligi 34,5-36 mm, uzulish uzunligi 26,2 gk, nisbiy uzulish kuchi 26,0-27,3 gk/teks. Sifat markazi ma’lumotiga ko’ra, tolaning mikroneyr ko’rsatkichi 4,2-4,4 ga teng.
Uzun (ingichka) tolali navlardan quyidagilar ekiladi:
Termiz-16. O’zPITISurxondaryo filialida A.G.Gavrilov, N.Xolmurodov va boshqalar tomonidan duragaylash usulida yaratilgan. Bir ko’sakdagi paxta massasi 3,2 g, tola chiqishi 33,7 foiz. Shtapel uzunligi 39,1 mm, tolaning pishiqligi 4,6-4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 36,6 gk/teks, o’suv davri 119 kun. III tip tola beradi. Fuzarioz vilt kasalligiga chidamli.
Termiz-24. O’zPITI Surxondaryo filialida tanlash yo’li bilan yaratilgan. Bir ko’sakning vazni 2,8 g, tola chiqishi 33 foiz. Tola shtapeluzunligi 39,7 mm. Tolaniig pishiqligi 4,7 gk, nisbiy uzilish kuchi 36,2 gk/teks. II tip tola beradi.
Termiz-31 navi O’zPITI Surxondaryo filialida A.E.Avliyoqulov, A.A.Tvorogova, Sh.I.Ibragimov va boshqalar tomonidan 6608.V x Termiz-11 navlarini chatishtirish va turlararo duragaylash hamda qayta tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1997 yilda Davlat reyestriga kiritilgan. Navning tupi cheklangan tipda, konussimon, bo’yi 100-120 sm, ayrim hollarda har bir tupida 1-2 ta uzun hosil elementlari, 2-3 ta ko’sak bo’ladi. Birinchi hosili 3-4 bo’g’inlarida paydo bo’ladi. Ko’sagi o’rtacha kattalikda, tuxumsimon, yuraksimon, o’tkir burunli, yaxshi ochiladi, ochilgach paxtasi chanoqlardan to’kilmaydi. Tolasining pishiqligi 4,8 gk, nisbiy uzilish kuchi 33,3 gk/teks, uzunligi 38,9 mm, tola chiqishi 34,6 % gacha. O’suv davri 115 kun. Tolasining rangi oppoq, jahon standartiga to’g’ri keladi. Fuzarioz va ildiz chirish kasalliklariga chidamli.
S-6037.G.S.Zaysevnomidagig’o’zaseleksiyasivaurug’chiligiilmiytadqiqotinstitutidaYu.XutornoyvaSh.I.Ibragimovlartomonidanchatishtirishyo’libilanyaratilgan. Ko’saginingmassasi 3,6-3,8 g, tolachiqishi 30-31 foiz. Tolauzunligi 40-41 mm, pishiqligi 4,3-4,6 gk, nisbiyuzilishkuchi 35,5 gk/teks. Kasallikkachidamli.
O’zbekiston paxtachiligida istiqbol vazifa uning yalpi hajmini keskin kamaytirmaslik, uning sifatini yaxshilash, asosiy qismini mintaqada qayta ishlash hisoblanadi. Paxtachilik va u bilan bog’liq bo’lgan xalq xo’jaligi tarmoqlarini intensiv rivojlantirish, mavjud mehnat, yer, suv va boshqa moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi, respublika iqtisodiyotining barqaror o’sishiga real sharoit yaratadi.
Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda) Respublikada g’o’zaning quyidagi navlari: Andijon -37,21.UZ.2012 y., An-16, 9.UZ.2011 y., Besh qaxramon, 9.UZ.2011 y., Gulbaxor-2, 9.UZ.2012 y., Do’stlik-2, 2.15.UZ.2011 y., Ko’paysin, 9.UZ. 2012 y., Navbaxor-2, 9.UZ.2013 y., Ibrat, 3. UZ.2011 y., S-6775, 2.UZ.2013 y., S-8284, 2.UZ. 2014 y., Sulton, 2.UZ.2011 y.rayonlashtirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |