O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov qishloq xo’jaligi


-BOB.QISHLOQ XO’JALIGININGER-SUV RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH



Download 1,75 Mb.
bet43/196
Sana16.06.2021
Hajmi1,75 Mb.
#68203
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196
Bog'liq
qishloq xo'jalik iqtisodiyoti (копия)

6-BOB.QISHLOQ XO’JALIGININGER-SUV RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH
«Yer boylikning onasi, mehnat esa uning otasidir»

U.Petti
1. Yer resurslari qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi. Mamlakat yer resurslarining tarkibi
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning moddiy elementlari orasida yer resurslari muhim o’rinni egallaydi. U moddiy boylik yaratishning dastlabki shart-sharoiti va tabiiy asosi hisoblanadi. Fanda, yerni mehnat vositalari, mehnat predmetlari va manzilgoh joylarni yaratuvchi buyuk laboratoriya, xazina ekanligi ta’kidlangan. Yer resurslari - buyuk va hyech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan milliy boylik. Yer resurslari, boshqa ishlab chiqarish vositalaridan tubdan farq qilgani holda, asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiyotiga katta tasir ko’rsatadi.

1.Yer tabiat mahsuli. Inson mehnati tuproq xususiyatini o’zgartiradi, bu uning mehnat predmeti ekanligi. O’simliklarning rivojlanishi va o’sishiga ta’sir ko’rsatishi uning mehnat vositasi ekanligi. Ikkalasi birgalikda uning ishlab chiqarish vositasi ekanligini bildiradi.

2.Yerning hududiy chegaralanganligi va uning takror yaratilmasligi. Yer boshqa ishlab chiqarish vositalari kabi insonnig xohishi bilan ko’payib qolavermaydi.

3.Yerni almashtirish mumkin emasligi. Yerni boshqa ishlab chiqarish vositalari kabi almashtirib bo’lmaydi, undan boshqa ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga qarab takomillashganlari bilan almashtiriladi.

4.Yerni siljitib bo’lmasligi. Yer qayerda joylashgan bo’lsa, o’sha yerda undan foydalanish mumkin, uni bir joydan boshqa joyga ko’chirish mumkin emas.

5.Yer uchastkalarining sifati bo’yicha turli tumanligi. Yer uchastkalariga bir xil miqdorda mablag’ va mehnat sarflansa ham olinadigan mahsulotlar miqdori turlicha bo’lishi mumkin.

6.Boshqa ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanilganda eskiradi, o’zining foydalilik xususiyatini kamaytiradi va butunlay ishdan chiqadi.

Yer umrbodlik ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi, eskirmaydi, aksincha u yaxshilab parvarish qilinsa, ko’p hosil beradi. Yerning bu xususiyatlari uning umrbodligiga, ya’ni parvarish qilinayotgan o’simlikni zarur oziqa moddalari bilan qondirish va hosil yetishtirish xususiyatiga ega ekanligiga bog’liq. Iqtisodchilar tuproq unumdorligini uch turga ajratganlar:

1.Tabiiy 2.Sun’iy 3.Iqtisodiy

Tuproqning unumdorligi - quyosh, shamol, suv kabi tabiiy kuchlarning ta’sirida uzoq davom etgan tuproq hosil bo’lishi jarayonining natijasidir. Tuproqning tabiiy unumdorligi, uning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlarini xarakterlaydi, u dehqonchilik uchun hal qiluvchi ahamyatga ega, iqtisodiy unumdorlikning asosi hisoblanadi. U insonning mehnat faoliyatiga bog’liq bo’lmagan holda harakat qiladi. Lekin tabiiy unumdorlik yerning potensial sifatinigina xarakterlaydi. Tuproq oziqa moddalariga boy bo’lganligi bilan, unga ishlov berilmasa, ya’ni inson mehnati ta’sir etmasa, u kutilgan natijani bermasligi mumkin.

Insonning ishlab chiqarish faoliyati natijasida yaratilgan unumdorlik sun’iy unumdorlik deb ataladi, u ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi va shuning uchun jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida bir xil emas.

Tabiiy va sun’iy unumdorlik birlikda iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. Tuproq unumdorligi - doimiy miqdor emas, u oshib borishi ham mumkin, pasayishi ham mumkin. Tuproq unumdorligi absolyut va nisbiy shakllarda ham o’rganiladi. Absolyut unumdorlik qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini xarakterlaydi. Nisbiy unumdorlik esa ishlab chiqarish xarajatlari birligi hisobiga olingan mahsulot miqdorida aks etadi. Jahon fani va amaliyoti tuproq unumdorligining pasayib borishi haqidagi g’ayri ilmiy qonunning to’liq asossiz ekanligini isbot qildi. Bu qonunga binoan yerga sarflangan qo’shimcha mehnat va kapital, qo’shimcha olinadigan mahsulotning miqdorini kamaytiradi. Bunga qarama-qarshi o’zbek iqtisodchisi, professor A.A.Abdug’aniyev o’z ilmiy ishlarida tuproq unumdorligining oshib borish jarayonini qonun darajasiga ko’tarish haqida fikr yuritgan. Chunki yerga kancha ko’p unumli mehnat qilinsa va to’g’ri, ilmiy asoslangan xarajatlar qilinsa unumdorligini pasaytirmasdan aksincha bir xil darajada ancha vaqt saqlab turishi va ba’zi-ba’zida oshirib turishi ham mumkin. Shunday qilib yer o’z unumdorligini takror yaratadi. Yerdan foydalanish xarakteri ko’pgina tabiiy, tarixiy, texnik, iqtisodiy va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Bunda hal qiluvchi rolni ijtimoiy-iqtisodiy omil o’ynaydi. Jamiyatda hukmronlik qiluvchi ishlab chiqarish usuli, shuningdek iqtisodiy munosabatlarning holati yer munosabatlarining xarakterini aniqlaydi.

O’zbekiston Respublikasining barcha yer resurslari yagona yer fondini tashkil etadi. Ular maqsadli foydalanishiga qarab, O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 2-bobida ko’rsatilganidek quyidagi kategoriyalarga bo’linadi:

1.Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar;

2.Aholi punktlarining yerlari;

3.Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar;

4.Tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreasiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar;

5.Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;

6.O’rmon fondi yerlari;

7.Suv fondi yerlari;



8.Davlat zahira yerlari.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish