Birinchidan, bozorda har qaysi tovar ishlab chiqaruvchi boshqa ishlab chiqaruvchilar kabi o’z tovarini sotishda teng imkoniyatga ega bo’ladi, ya’ni teng huquqli iqtisodiy hamkorga aylanadi.
Ikkinchidan, har qaysi iste’molchi (xaridor) ham boshqa xaridorlar kabi o’ziga zarur bo’lgan tovarlar, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol mollari va boshqalarni xarid etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Uchinchidan, faqatgina bozorda tovar-pul, bozor munosabatlari orqali yuqorida ta’kidlangandek, mahsulotni ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi ijtimoiy zaruriy xarajatlar aniqlanadi va bu ijtimoiy zaruriy xarajatni har bir xaridor o’z mablag’i bilan tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |