O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

 
5.2. 
Inson 
hayot 
faoliyati 
xavfsizligini 
ta’nimlashda 
analizatorlarining o’rni.
Ishlab chiqarish jarayonlarni va ishlarni mehanizatsiyalashtirish 
va avtomatlashtirish ko’pdan - ko’p qo’l mehnatini siqib chiqaradi, 
ammo sanoat va qishloq xo’jaligida shunday qator kasblar borki, 
bularda mehnat muskullar va alohida organlar (analizatolar)ning 
ortiqcha zo’riqishi bilan bog’liq bo’ladi. Ortiqcha zo’riqish kichik 
tezkor harakatlarni bajarish zarur bo’lgan uzoq bosimdan, bir xil 
holatdagi ma’lum pozada davomli ravishda bo’lishidan kelib chiqadi. 
Evolyutsion va ijtimoiy rivojlanishning million yillik davri ichida 
insonda o’zi uchun xavflardan himoyalashning tabiiy tizimi yaratilib 
kelingan Bu tizim takomillashishi bilan farq qiladi, ammo ma’lum 
miqdordagi chegaralarga egadir. 
Mohiyati bo’yicha, HFX fani insonni xavflardan himoyalashga 
yo’naltirilgandir. Bir vaqtning o’zida shuni eslash kerakki,o’zi ham 
potensial xavflarni olib yuruvchi hisoblanadi.Hayot va mehnat 
faoliyati jarayonida inson o’zidan zaharli narsalar va nurlanuvchi 
issiqliklar ajratib turadi, bular uning noto’g’riharakati oqibatida, har 
xil turdagi ko’ngilsiz hodisalarning sababchisi bo’lishi mumkin. 
Bundan tashqari, shuni eslash zarurki, shov-shuv sharoitida
ko’pchilik halq ommasining xulqi, bitta odamning xulqidan farq
qiladi va o’zining qonuniyatlariga egadir.
Xavfli holatlarni (ayniqsa ekstremal) tahlil qilgandl, guruhlarning 
psixologik qonuniyatlarini hisobga olish zarurdir. 


58 
Psixologik ilm odamning xulq - atvor reaksiyalarini tartibga 
solish va favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish bo’yicha 
ayrim ko’rsatmalarni beradi. 
«Inson – muhit» tizimining xavfsiz holatini ta’minlash uchun 
inson tavsifi bilan muhit elementlari o’rtasidagi kelishishlik 
muhimdir. 
Bunday kelishish mavjud bo’lmaganda, quyidagi ko’ngilsiz 
oqibatlar sodir bo’lishi mumkin: inson ish qobiliyatining pasayishi
umumiy va kasbiy kasallanishlarning rivojlanishi; avariya, yong’in 
va portlashlarning bo’lishi; ishlab chiqarish jarohatlanishlarning 
sodir bo’lishi va boshqalar. 
Inson o’zining analizatorlari yordamida atrof - muhit bilan 
bevosita aloqalarni amalga oshiradi, ba’zan bu analizatorlar 
insonning sezuvchi priborlari deb ham ataladi. Xavfsiz tizimlarni 
yaratishda odam analizatorlarining tavsifmi hisobga olish muhimdir. 
4-rаsm.
Inson analizatorlari:
eshitish markazi bosh miya 
po’stlog’i chekka qismining pastki qismida joylashgan; ko’rish 
markazi ensa qismida; barmoqlar terisidagi paypaslash markazlar 
bosh miya po’stlog’i tepa qismining o’rtasida; hid bilish markazi 
bosh miya po’stlog’i chakka qismining oldingi yuqori qismida; ta’m 
bilish markazi bosh miya po’stlog’i chakka qismining yuqori o’rta 
qismida. 
Buyuk rus fiziologi I.P. Pavlovning analizator haqidagi ta’limoti 
sezgi organlari faoliyatini o’rganishda katta rol o’ynaydi. U 
funksional jihatidan bir-biri bilan bog’langan uch elementdan iborat 
yagona tizimni - 
analizatorlar
deb atagan. Uch elementning biri 
analizatorning periferik qismi - retseptor bo’lsa, ikkinchisi -
o’tkazuvchi qism va uchinchisi markaziy qism yoki bosh miya 


59 
po’stlog’ uining tegishli sohasidagi - sezuvchi nerv hujayralaridir. 
Analizatorlarning har bir qismi o’ziga xos funksiyani bajaradi. 
Analizatorlarning periferik qismi
yoki retseptorlari sezgi organlari 
deyiladi. 
O’tkazuvchi qism
retseptorlarda xosil bo’lgan qo’zg’alish 
periferiyadan markaziy nerv tizimiga (miya po’stlog’ iga) o’tkazadi. 
Analizatorlarning markaziy
, ya’ni miya po’stlog’idagi qismi 
ularning oliy bo’limi bo’lib, unda qo’zg’alish tahlil va sintez qilinadi. 
Retseptorlar asosan ikki xil bo’ lib: tashqi va ichki retseptorlarga 
bo’linadi. Ichki retseptorlar organizmda sodir bo’lgan taassurotlarni, 
tashqi retseptorlar esa tashqi muhitdagi taassurotlarni sezadi. Tashqi 
retseptorlar yordamida atrofdagi muhit haqida tasavvur xosil bo’ladi.
Retseptorlar va miya po’stlog’ o’rtasida ikki tomonlama aloqa 
mavjud bo’lib, analizatorlarning o’z - o’zini boshqarishini ta’minlab 
beradi. Odam analizatorlarining afzallik tomonlaridan biri ularning 
juftligidir. Ular signallarni takrorlash hisobiga ishning yuqori 
ishonchliligini ta’minlaydi. 
Sezuvchanlik
- analizatorlarning asosiy tavsifidir. Analizatorga 
ta’sir qiluvchi hamma qo’zg’atuvchi ham tuyg’u (his) xosil qilmaydi. 
Buning ro’yobga chiqishi uchun qo’zg’atuvchining jadalligi ayrim 
chegaralangan kattalikka ega bo’lmog’i kerak. Qo’zg’atuvchi 
jadalligining oshishi bilan shunday payt keladiki, bunda analizator 
o’zining bir xil ishlashini to’xtatadi. Jadalligi bo’yicha ayrim 
chegaraga ko’tariluvchi har qanday ta’sir ogriqni olib keladi va 
analizator faoliyatini buzadi. Bir xil sezishning minimaldan 
maksimalgacha bo’lgan oraliq qiymati analizatorning sezuvchanlik 
diapazonini aniqlaydi. Uning minimal qiymati sezuvchanlikning 
pastki mutlaq bo’sag’asi deb qabul qilingan. Maksimali esa - yuqori. 
Sezuvchanlikning mutlaq bo’sag’alari qo’zg’atuvchining mutlaq 
kattaliklarida o’lchanadi. Ikkita qo’zg’atuvchi o’rtasidagi minimal 
farq sezishning zo’rg’a bilinadigan farqini chaqirib keltiradi u 
differensial bo’sag’a yoki farqlanishning bo’sag’asi deb ataladi.
Qo’zg’atuvchi ta’sirining boshlanishidan sezishning paydo 
bo’lishigacha o’tgan vaqti latent davri deyiladi. Endi u yoki bu usul 
bilan xavfsizlik sharoitiga ta’sir qiluvchi analizatorlarning ayrim 
tavsiflari bilan tanishib o’tamiz. 


60 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish