O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Nаzоrаt sаvоllаri 
1.
Nеchаnchi yildаn bоshlаb dаvlаt bоshqаruv оrgаnlаrigа ekоlоgik 
nаzоrаt funksiyasi bеrilgаn?
 
2.
Nеchаnchi yildа BMTning Хаlqаrо аtrоf-muhitni muhоfаzа 
qilish vа rivоjlаnish kоmissiyasi tuzildi.
 
3.
Hayot xaoliyati xavfsizligi sohasidagi xalqaro tajribalаrini 
O’zbеkistоndа qo’llаnishi. 


52 
4.
HFХ хаlqаrо prinsiplаri nimаdаn ibоrаt 
5.
HFХni tа’minlаshdа bоshqаruv funksiyalаri tizim nimаdаn 
ibоrаt. 
5. INSON MEHNAT FAOLIYATINING FIZIOLOGIK 
ASOSLARI. 
5.1. Inson mehnat faoliyatining fiziologik - gigienik asoslari.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish, mehnat unumdorligini 
oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bunda avvalo, eng 
zamonaviy texnologiyadan, mashina, mexanizmlar va boshqa 
jixozlarning mukammal turlaridan foydalanishga, mehnatni to’g’ri 
tashkil qilishga asoslanadi. Ayni vaqtda mehnat fiziologiyasi va 
ruhiyati talablarga rioya qilish uning ajralmas qismidir.
Asosiy fiziologik talablarga mehnat maromi, mehnat va dam 
olishning samarali tartibini tashkil etish kiradi. Bir maromdagi 
mehnat – smena, hafta, oy, yil mobaynida bir tekisda bajariladigan 
mehnatdir. Mehnatning maromligiga talab qo’zg’alishi va 
tormozlanish jarayonlarini to’g’ri navbatlashda markazlarning 
fiziologik xususiyatlarini hisobga olishga asoslangan. Maromli 
mehnat asab va mushak quvvatini oqilona sarflash, mehnat faolyatini 
hamma davrida ish qobilyatini quvvatlab turish imkonini beradi.
Mehnat gigienasi tibbiy profilaktika sohasi bo’lib ish qobiliyatini 
yuksak darajada ta’minlash, kasb kasalliklari va odamning mehnat 
faoliyati bilan bog’liq boshqa salbiy oqibatlarning oldini olishning 
ilmiy asoslarini va amaliy choralarini ishlab chiqarish bilan 
shug’illanadi. Mehnat odamning shakllanish va ijtimoiy rivojlanishi, 
moddiy boyliklar yaratishning asosi hisoblanadi. U organizmda 
biologik jarayonlarning me’yoriy kechishi va ijtimoiy vazifalarni 
bajarish uchun zarurdir.
To’g’ri tashkil etilgan mehnat kishining jismoniy, intellektual va 
ma’naviy kamol topishiga olib keladi. Jamiyatda u nafaqat moddiy 
farovonlik, balki odamning tetiklik manbai hamdir. Biroq 
mehnatning ijobiy ta’siri bilan birga qator hollarda salbiy oqibatlari 
ham bo’lishi ilgaridan kuzatilgan. Bu mehnat faoliyati natijalarini 
kamaytirib va sifat jihatdan pasaytiribgina qolmay, balki kasbga 
aloqador kasalliklarni ham vujudga keltirishi mumkin.


53 
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo’nalishlari 
quyida keltiriladi:
-
gigienik yo’nalishda
: salomatlik va ish qobilyatiga ta’sir 
qiladigan ishlab chiqarish muhiti omillarini me’yorlash; ishlab 
chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va yo’qotish 
yo’llari bilan mehnat sharoitlarini sog’lomlashtirish. 
-
fiziologik yo’nalishda
: ish joyi, asboblar, mashina va 
jihozlarni fiziologik talabalarga muvofiq holda bo’lishga erishish; 
mehnat va dam olish rejimlarini joriy etish; mehnatning jismoniy 
og’irligini kamaytirish, fiziologik jihatdan yetarlicha harakat 
faoliyatini ta’minlash; mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishni 
kamaytirish. 
-
psixologik yo’nalish
: pultlar va mashinalar, mehanizmlar 
tizimlarini boshqarish uchun boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiyat 
talablarini hisobga olish (muhandislik ruhiyati); kasb tanlashda va 
kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsning ruhiy hususiyatlarini 
hisobga 
olish; 
jamoalarda 
qulay 
ruhiy 
kayfiyat 
yaratish, 
ishlovchilarning mehnatdan va uning natijalaridan yuqori manfaatdor 
bo’lishlarini ta’minlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy 
qilish. 
-
estetik 
yo’nalish

intererlarni 
bezatishda, 
uskunalarni 
joylashtirishda, ranglar bilan bezatishda va boshqalarda ishlab 
chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish; texnikaviy estetika
talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, jihozlar, pultlar singari 
boshqaruv vositalarini ixtiro qilish.
Qurilayotgan va loyiha qilinayotgan zavod, fabrika va boshqa 
ishlab chiqarish obyektlarida gigienik-sanitariya masalalari bo’yicha 
ma’lum talablar qo’yiladi. Mehnat gigienasi bo’yicha muhandis va 
ularning yordamchilarini joylardagi havoning tozaligi, mehnat 
fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir 
sanitariya me’yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda 
shikastlanishlarning oldini olish bo’yicha choralar qo’llanishi ustidan 
nazorat qilib boradilar. Bu ma’lumotlar tahlili va ishchilarning 
salomatligi to’g’risidagi ma’lumotlar asosida sog’lomlashtirish 
tadbir-rejalari sanitariya nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.


54 
Aksariyat sog’lomlashtirish tadbirlari mehnat sharoitlarini 
yaxshilash va shu tariqa kasb kasalliklari paydo bo’lishining oldini 
olibgina qolmay, balki mehnat unumdorligini oshirishga ham imkon 
beradi. 
Gigiena 
mutahassislar 
tomonidan 
joriy 
qilingan 
sog’lomlashtirish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi so’mlarda 
hisoblanadi. Shunday qilib mehnat gigienasi ishchilarning sog’lig’ini 
saqlash va ish unumdorligini yuksalishiga imkon berib, jamiyatning 
moddiy bazasini yaratishda qatnashadi.
Mehnat gigienasi nazariy va klinik fanlar bilan chambarchas 
bog’langan. Gigiena o’z oldida turgan vazifalarni ado etish uchun 
turli-tuman uslublardan foydalaniladi. U ishlab chiqarishdagi tashqi 
muhitni o’rganishda asosan tibbiy gigienik tadqiqotlar uchun 
moslashgan fizik va kimyoviy uslublarga tayanadi. Mehnat jarayoni 
va ishlab chiqarish muhitidagi turli omillarning ta’siri fiziologik va 
biokimyoviy uslublar bilan baholanadi.
Organizmga yangi kimyoviy moddalar, muhitning fizik omillari 
ta’siri me’yorlarini asoslashda tajriba uslubi keng qo’llaniladi. 
Ishchilarning kasallanishini tahlil qilish statistik uslublarini 
qo’llashga asoslangan, bu uslublar, shuningdek, tashqi muhit 
ko’rsatkichlari, tajriba ma’lumotlari va ishchilarda o’tkazilgan 
fiziologik kuzatuvlarni tahlil qilishda ham foydalaniladi.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish