O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Nazorat savollari 
1.
Shovqin haqida tushintiring?
2.
Shovqinning inson organizmiga ta`siri qanday?
3.
Titrash va shovqin kasalliklari haqida nimalarni bilasiz? 
4.
Titrash haqida tushincha bering?
5.
 
Titrashning inson organizmiga ta`siri qanday?
 
 
9.8. Ishlab chiqarishdagi nurlanishlar 
9.8.1. Elektromagnit maydoni. Elektromagnit maydonining 
me`yorlari. Muhofaza usullari. 
Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta`siri elektr va 
magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya oqimining intensivligi 
tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma`lum yuzasida 
to`planishi va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog`liq 
bo`ladi. Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta`sir 
ko`rsatishining asosiy sababi, inson tanasi tarkibidagi atom va 
molekulalar bu maydon ta`sirida musbat va manfiy qutblarga bo`lina 
boshlaydi, 
qutblangan 
molekulalar 
elektromagnit 
maydoni 
tarqalayotgan yo`nalishga qarab harakatlana boshlaydi. 
Qon, hujayra va hujayralar oralig`idagi suyuqliklar tarkibida 
tashqi maydon ta`siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O`zgaruvchan 


208 
elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o`zgaruvchan dielektrik 
qutblanish, shuningdek o`tkazuvchi toklar hosil bo`lishi hisobiga 
qizdiradi. Issiqlik effekti elektromagnit maydonlarining energiya 
yutishi hisobiga bo`ladi. energiya yutilishi va ionlashgan toklarning 
hosil bo`lishi biolo-gik hujayralarga maxsus ta`sir ko`rsatishi bilan 
kechadi, bu ta`sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr 
potentsiallari ishini buzishi va suyuqlik aylanish funksiyalarining 
o`zgarishi hisobiga bo`ladi. 
O`zgaruvchi magnit maydoni atom va molekulalarning magnit 
moydonlari yo`nalishlarining o`zgarishiga olib keladi. Bu effekt 
inson organizmiga ta`sir ko`rsatishi jihatidan kuchsiz bo`lsa-da, lekin 
organizm uchun befarq deb bo`lmaydi. Maydonning kuchlanishi 
qancha ko`p bo`lsa va uning ta`sir davri davomli bo`lsa, organizmga 
ko`rsatuvchi ta`siri shuncha ko`p bo`ladi. Tebranish chastotasining 
ortishi tana o`tkazuvchanligini va energiya yutish nisbatini oshiradi, 
ammo kirib borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan 
qisqa bo`lgan to`lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida yutilishi 
tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30sm diapazondagi nurlanishlar teri 
hujayralarida kam yutiladi (30-40%) va asosan ularning yutilishi 
insonning ichki organlariga to`g`ri keladi. Bunday nurlanishlar 
nihoyatda xavfli hisoblanadi. 
Organizmda hosil bo`lgan ortiqcha issiqlik ma`lum chegaragacha 
inson 
organizmining 
termoregulyatsiyasi 
xisobiga 
yo`qolishi 
mumkin. Issiqiik chegarasi deb ataluvchi ma`lum miqdordan boshlab 
inson organizmida hosil bo`layotgan issiqlikni chiqarib tashlash 
imkoniyatiga ega bo`lmay qoladi va tana harorati ko`tariladi, bu esa 
o`z navbatida organizmga katta zarar etkazadi. Issiqlik yutilishi inson 
organizmining suvga serob qismlarida yaxshi kechadi (qon, 
muskullar, o`pka, jigar va h.k.) Ammo, issiqlik ajralishi qon tomirlari 
sust rivojlangan va termoregulyatsiya ta`siri kam bo`lgan organlar 
uchun juda zararlidir. Bularga ko`z, bosh miya, buyrak, ovqat hazm 
qilish organlari, o`t va siydik xaltalari kiradi. Ko`zning nurlanishi 
ko`z qorachig`ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda 
ko`z 
qorachig`ining 
xiralashishi 
birdaniga 
rivojlanmasdan, 
nurlangandan keyin bir necha kun yoki bir necha haftadan keyin 
paydo bo`ladi. 


209 
Elektromagnit 
maydoni 
inson 
organizmiga 
ma`lum 
o`tkazuvchanlikka 
ega 
bo`lgan 
dielektrik 
material 
sifatida 
xujayralarga issiqlik ta`sirini ko`rsatibgina qolmasdan, balki bu 
hujayralarga biologik obekt sifatida ham ta`sir ko`rsatadi. Ular 
to`g`ridan-to`g`ri markaziy asab sistemasiga ta`sir ko`rsatadi, 
xujayralarning yo`nalishini o`zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr 
maydoni kuchlanish chiziqlari yo`nalishiga aylantiradi, qon tarkibi 
oqsil molekulalari biokimyo faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi, qon tomir 
sistemasining funktsiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va 
mineral moddalar almashinuvini o`zgartiradi. Ammo bu o`zgarishlar 
funktsional xarakterda bo`lib, nurlanish ta`siri to`xtatilishi bilan 
ularning zararli ta`siri va og`riq sezgilari yo`qoladi. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish