O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

9.8.2. Lazer nurlаnishlаr. 
Optik kvant generatori "lazer" deb ataladi. Lazer hozirgi zamon 
texnikasining eng yuksak yutuqlaridan biri bo`lib, ixtiro qilingandan 
keyingi o`n yil ichida juda keng tarqalib ketdi. Lazer asboblari 
murakkab payvandlash ishlarida, juda aniq o`lchov ishlarida, olmosli 
asboblarga ishlov berishda, bir kvadrat santimetr yuzada oldingi 
usullarda olinishi mumkin bo`lgan 50 chiziq o`rniga 600 gacha chiziq 
chizish mumkin bo`lgan noyob graverlik ishlarida va boshqa 
ko`pgina sohalarda qo`llaniladi. Lazer nurlari inson organizmiga juda 
zararli ta`sir ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun uning ta`sirini 
kamaytirish 
maqsadida 
sanitariya-gigienik 
me`yorlari 
va 
muhofazalanish chora-tadbirlari belgilangan. 
Lazer nurlari elektromagnit to`lqinlarining ultrabinafsha nuridan 
tortib infraqizil nurlarigacha bo`lgan spektr sohalarining hammasini 
o`z ichiga olgan optik diapazonini qamrab oladi. Lazerning nurlanish 
oqimi juda kichkina oqim yo`nalishidan iborat bo`lganligidan oqim 
kuchlanishi zichligi nurlantirilayotgan yuzaga nisbatan juda katta 
bo`ladi. Lazer nurlarining kuchlanish zichligi 1011 - 1014 V/sm² ni 
tashkil qiladi. Har qanday qattiq jism 109 V/sm² kuchlanishda 
bug`lanib ketishini hisobga olsak, buning qanday kuchlanish 
ekanligini tasavvur qilish mumkin. 
Bunday katta kuchdagi nur energiyasi inson organizmiga tushib 
qolsa biologik hujayralarni emirishi va inson organizmiga nihoyatda 
og`ir ta`sir ko`rsatishi mumkin. Lazer nurlari inson yurak-qon 
aylanish sistemasini, markaziy nerv sistemasini, ko`zni va teri 
qismlarini jarohatlashi mumkin. Shuningdek nurlanish qonning 


211 
quyilishiga yoki parchalanishiga, qattiq toliqishga, bosh og`rig`iga, 
uyqusizlik dardlariga giriftor qiladi. Lazer energiyasining birlamchi 
manbalari sifatida gaz razryadli impuls lampalaridan, doimiy 
yonuvchi lampalardan, SVCH lampalaridan foydalaniladi, bularni 
ishlatish o`z navbatida ko`shimcha har xil xavf manbai hisoblanadi. 
Lazer nurlarining inson organizmiga ta`sir darajasi va xarakteri 
nur yo`nalishi, to`lqin uzunligi, nurlanish quvvati, impuls xarakteri va 
ularning chastotasiga bog`liq bo`ladi. Lazer nurlari energiyasi 
organizm hujayralarida yutilib, ularda issiqlik ajrala boshlaydi, har 
xil hujayraning energiya yutish qobiliyati har xil. Yog` hujayralari 
energiyani mutlaqo yutmaydi. Ko`z hujayralarida yog`simon qavat 
mutlaqo yo`q, shuning uchun lazer ko`z uchun nihoyatda xavfli. 
Shuning uchun O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash 
vazirligi tomonidan optik kvant generatorlari bilan ishlayotgan 
kishilar uchun vaqtinchalik sanitariya me`yorlarini belgilashda ko`z 
qobig`ining intensiv nurlangandagi yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan 
chegarasi, shuningdek birmuncha nozik bo`lgan ko`z qorachig`i 
uchun chegara miqdorlar belgilangan. 
Yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan oqim zichligi rubinli lazerlar 
uchun 10-8-2; 10-8 J/sm², neodimli lazerlar uchun 10-7 - 2; 10-7 
J/sm² (bularning ikkalasi impulsli rejimga bog`liq) Geliy neon uchun 
10-6 J/sm² (uzluksiz rejim) miqdorida belgilangan. Lazer nurlaridan 
saqlanish uchun to`siqlardan va xavfsizlik belgilaridan foydalaniladi. 
To`siq qurilmalari va belgilar xavfli zonada odam bo`lmasligini 
ta`minlaydi. Lazer uskunalari o`rnatiladigan xonalar alohida va 
maxsus jihozlangan bo`lishi kerak. Bunda lazer nuri asosiy o`tga 
chidamli devorga qarab yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Bu devor va 
shuningdek xonaning boshqa devorlari ham nur qaytarish 
koeffitsienti juda oz bo`lgan materiallardan bo`lishi kerak. 
Jihozlarning ustki qoplamalari va detallari yarqirash xususiyatiga ega 
bo`lmasligi kerak. Xonaning yoritilishi maksimal miqdorda bo`lishi 
kerak, chunki bu holda ko`z qorachig`i minimal kengaygan bo`ladi. 
Lazer uskunalarini ma`lum masofadan turib boshqarishni ta`minlash 
va avtomatlashtirish yaxshi natija beradi. 
Shaxsiy muhofaza aslahalari sifatida yorug`lik filtrli muhofaza 
ko`zoynagi, muhofaza to`siqlari sifatida xalat va qo`lqoplarni tavsiya 


212 
qilish mumkin. Nazorat o`lchovlari maxsus usullar bilan tegishli 
apparaturalarni qo`llab olib boriladi. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish