Kimyoviy usul ozuqaga kimyoviy moddalar (mochevina, ohak suvi, tuz ishqori va boshq.) bilan ishlov berishga asoslangan.
Issiqlik usulida ayrim ozuqalarga bug‘lash, quritish, qoqlash, qaynatish, suvsizlash, zararsizlantirish, sterilizatsiya qilish yo‘li bilan ishlov beriladi.
Biologik usulda (siloslash, achitqilash, solodlash) ozuqalarga har turli mikroorganizmlar va fermentlar yordamida ishlov beriladi.
Barotermik usulda yuqori bosim ostida issiqlik bilan ozuqalarni (ozuqa qoldig‘i, somon, don) fizik-mexanik va fizik-kimyoviy o‘zgarishlari asosida ishlov beriladi.
Ozuqalarga ishlov berish yo‘nalishlari
Somon va dag’al pichanga qo’yidagi usullarda ishlov beriladi:
a) maydalash–me’yorlash–aralashtirish;
b) maydalash–bug‘lash–me’yorlash–aralashtirish;
d) maydalash–biologik (biokimyo) yoki kimyoviy ishlov berish–me’yorlash–aralashtirish–briketlash.
Beda unini tayyorlashda ko‘k massa 8–12 mm uzunlikda qirqiladi, so’ng quritilib, yana qayta maydalanadi. Beda uni donalanadi (granul) va boshqa ozuqa aralashmalariga qo‘shiladi.
Suvli-Shirali ozuqa (ozuqa lavlagisi)ga qo’yidagi tarzda ishlov beriladi:
a) yuvish–maydalash–me’yorlash–aralashtirish;
b) yuvish–bug‘lash–ezg‘ilash–me’yorlash–aralashtirish;
d) yuvish–maydalash–me’yorlash–achitqi bilan ishlash–aralashtirish.
a–shakli qoramolchilik; b–shakli cho’chqachilik va d–shakli turli fermalarda qo’llanilishi mumkin.Konsentrat ozuqalar qo’yidagi usullarda ishlov beriladi:
a) tozalash–maydalash–solodlash–me’yorlash–aralashtirish;
b) tozalash–maydalash–me’yorlash–aralashtirish;
d) tozalash–maydalash–me’yorlash–aralashtirish–briketlash–donalashtirish;
e) tozalash–o‘stirish.
Dukkakli ozuqalar tozalangandan so’ng ivitib qo‘yiladi, b va d shakllari bo‘yicha omixta yemlar tayyorlanadi.
Ozuqa tayyorlash shakliga mos ravishda texnologik mashinalar, uskunalar va jihozlar tanlanadi. Masalan, qo’yidagi texnologik jarayon: donni qabul qilish–bunkerga yuklash–donni bunkerdan bo‘shatish, tozalash moslamalariga yetkazib berish–aralashmalar dan tozalash–bunkerga yuklash–donni bunkerdan bo‘shatish–maydalash–bunkerga saqlash uchun uzatish–donni bunkerdan tushirish–me’yorlash–aralashtirish–tayyor ozuqani tarqatish, lavlagi va donli ozuqalardan ozuqa aralashmasi tayyorlashning ko‘rgazmali shakli 39-chizmada keltirilgan.
39-chizma. Ko‘rsatmali ozuqa tayyorlash texnologik tizimi:
1–yuk tushirish o‘rasi; 2–sabzavot transportyori; 3–yuvib ildizmeva maydalagich; 4–bug‘latgich-aralashtirgich; 5–yuklash bo‘yintirig‘i; 6–magnitli ushlagich; 7–shnek-aralashtirgich; 8–maydalangan ozuqa bunkeri; 9–shnek; 10–siklon; 11–kovsh; 12–don noriyasi; 13–qabul bunkeri; 14–maydalagich; 15–yuklash kovshi; 16–ventilyator uzatgich;
17–orqaga havo qaytish quvuri; 18–me’yorlagichlar; 19–ozuqa quvuri
Texnologik jarayonni ta’minlovchi mashina jihozlar ozuqaga yangi sifat holatini va uni to‘yimliligini oshirish uchun xizmat qiladi. Texnologik jihoz, mashina tanlanganda bir yo‘lasiga bir qancha operatsiyalarni bajara olish imqoniyatiga ega bo‘lganlarini ham tanlash va ulardan foydalanish zarur. Masalan, ildizmevali ozuqalar uchun ham yuvish, ham maydalash mashinasi yoki ozuqaga issiqlik bug‘ bilan ishlov beruvchi bug‘lash va aralashtirish jihozi va hokazo. Texnologik jarayonni uzluksizligini ta’minlovchi qo‘shimcha yordamchi jihozlar transportyorlar, ozuqa Xandak lari, elektryuritgichlar, issiqlik, suv, elektr manbalari va boshqalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |