Rotorli pichanurgich (4- rasm) yuqori hosildor, yotib va chalkashib qolgan utlarni o’rishga mo’ljallangan. Pichano’rgich rama 13, uning qanoti 3, rotorli urish apparati, muvozanatlovchi va harakatlantiruvchi mexanizmlar, to’siq 9 lardan iboratdir.
R otorli o’rish apparati brus 5, tayanch boshmoqlariga ega. Brus ustiga to’rtta rotor 7 lar o’rnatilgan. Rotorlar jufti bir-biriga teskari aylanadi. Uar bir rotor 7 chetlariga ikkitadan plastinasimon pichoq sharnirli kilib maxkamlangan. Bir juft rotorlarga o’rnatilgan pichoqlar esa bir-birining urtasiga tushadigandek joylashtirilgan. Rotorlarning gorizontal joylashishiga muvozanatlovchi prujinalar tarangligini o’zgartirish hisobiga erishiladi.
P ichan o’rgichning texnologik jarayoni qo’yidagicha o’tadi. Aylanayotgan rotordagi pichoq markazdan kochirma kuchlar ta’sirida radius bo’yicha joylashadi, natijada qo’shni rotor pichoqlarining traektoriyalari bir-birini koplashi hisobiga chala o’rishga yo’l qo’yilmaydi. Aylanayotgan pichoq kesib olgan poyalar rotor ustidagi gilofdan sirpanib utib, yerga tushadi.
Muvozanatlovchi mexanizm boshmoqlarga tushadigan yuk bosimini o’zgartirish va urish apparatini transport holatiga kuchirish uchun xizmat qiladi. Traktorga yaqin bo’lgan boshmokka tushadigan yuk 270...500 N, chetki boshmokka — 100...300 N kilib sozlanadi.
Rotor 1950...2050 ayl/min tezlikda aylanib, pichoqning chiziq li tezligini 65 m/s gacha yetkazadi, urgichning uzi esa 15 km/soat tezlikda ishlaydi.
4. Ish bo’yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, tuproqga ishlov berish,ekish va ozuqabop ekinlarga qarov o'kazish mashinalari va donli ekinlarni yig'ishtirish mashinalarining vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni hamda ularni ishga tayyorlash ( yuqoridagilarga asoslangan holda amalga oshiriladi-rasm) ish jarayoni ko’rsatiladi.
Nazorat savollari:
1.Pluglar vazifasiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
2.Pluglar traktorga agregatlanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
3.Osma plugni haydash chuqurligi qanday o’rnatiladi?
4.Plugning bo’ylama va ko’ngdalang notekisligi qanday rostlanadi?
5.Er haydash ishlariga qo’yiladigan agrotexnik talablarni ayting.
6..Pichano’rgich-ezgich mashinasiga qanday agrotexnik talablar qo’yiladi .
7.Mashinaning tuzilishi va ishlash tartibini tushintirib bering7
8.Pichanirgich-maydalagich mashinaning tuzilishi,ishlashi va sozlash ishlarini tushintirib bering.
9..Pichan irish mashinalarining tiplarini aytib bering.
10.Sigment barmoqli pichano’rgichlarning tuzilishi va ishlash tartibini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |