4. Jun qirqib olish mashinkalari
MSO-77B jun qirqib olish mashinkasi korpus, sharnirlar, eks-markaz (o’qi markazdan siljigan) va qisish mexanizmlari hamda qirqish apparatlaridan to’zilgan (8.2-rasm).
8.2-rasm. MSO-77B jun qirqish mashinkasining sxemasi:
1-taroq; 2-pichoq; 3-richag; 4-aylanish markazi; 5-eksmarkazli mexanizm (o’qi markazdan siljigan mexanizm); 6-eksmarkaz vali; 7,8-sharnirli mexanizm shesternyalari; 9-uzatish vali.
Alyuminiydan yasalgan korpusning ustida siqish mexanizmi shtutseri uchun tsilindrsimon o’yiq, tagida esa mahkamlash uchun taroqli maydoncha ko’zda tutilgan. Mashinkani qo’lda ushlanadigan qismi kigiz material bilan o’ralgan. Bu mashinkaning qizigan holatida qo’l qo’ymasligi uchun ishlangan.
SHarnirli mexanizm mashinkaning ish jarayoni egiluvchan valning holatidan mustaqil bo’lishini ta’minlaydi, natijada mashinkani boshqarish osonlashadi. Bundan tashqari, ekstsentrikli val aylanishlar chastotasini pasaytiradi. U ikkita 10 va 12 tishli maxsus shesternyalarni o’z ichiga oladi.
Ekstsentrikli mexanizm uzatish valining aylanma harakatini ri-chag va pichoqning tebranma (qaytma-ilgarilanma) harakatiga o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Ekstsentrik roligi vertikal tuynigiga kirib turadi va o’zining aylanishi bilan richagni aylanish markazi atrofida gorizontal tekislikda tebranishga majbur etadi.
Siqish mexanizmi pichoqning taroqchaga siqilib turishini ta’minlaydi. U siqish gaykasi, patron, tayanch o’zagi, richagning old qismi va ikkita siqish barmoqlari yordamida 440...490 N bosim bilan pichoqni taroqchaga bir tekisda siqilishiga imkon yaratadi.
Qirqish apparati pichoq va taroqchadan iborat bo’lib, junni qirqib oladi. Pichoq kadami 19,2 mm va charxlash burchagi 65° bo’lgan turtta tish ko’rinishida, taroqcha esa kadami 6,4 mm bo’lgan 13 ta tish ko’rinishida bo’ladi. Pichoq sekundiga 38 ta qo’sh yurish qiladi.
Mayin junli qo’ylarning junini qirqishda taroqcha tishlarini egriligidan pichoq tishi uchigacha bo’lgan masofa 0,5 mm, dag’al junli qo’ylarning junini qirqishda esa 2...3 mm bo’lishi lozim. Bu taroqchani o’rnidan siljitish bilan amalga oshiriladi.
MSO-77B mashinkasida harakat egiluvchan val orqali o’zatilganligi qirquvchi qo’liga 20 N yuklanish tushadi. Qo’lga Shuning dek, reaktiv moment ham ta’sir etadi.
8.3-rasm. MSU-200V jun qirqish mashinkasining sxemasi:1-taroq; 2-pichoq; 3-richag; 4-eksmarkazli mexanizm; 5-reduktor; 6-sharnir.
MSU-200 jun qirqib olish mashinkasi qirqish qismi, elektr dvigateli va tok xavfsizligini ta’minlash uzatmasidan tashkil topgan. Qirqish qismi korpus, reduktor, uzatish va qisish mexanizmlari va qirqish apparatidan tashkil topgan. Hamma yig’ma birliklar korpusga joylashtirilgan bo’lib, korpus ushlagich vazifasini o’taydi. Siqish mexanizmi va qirqish apparata MSO-77B rusumli mashinkasiga mos tushadi va bir xil funktsiyalarni bajaradi.
MSU-200 mashinkasining MSO-77B mashinkasiga nisbatan yaxshi tomoni unda reaktiv momentning yo’qligidir. Bu o’z navbatida qirquvchining charchashi, qo’ylarga jaroxat yetkazishini kamaytiradi va ish unumini 20...30% ga oshiradi.
MSU-200V (8.3-rasm) mashinkasi undagi ta’minlash yuritmasi uzunligi (kattaligi 15 m ) va Shamollatgich i qopqog’ida ishga tushirish tugmachasining borligi bilan MSU-200 mashinkasidan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |