Nazorat savollari
1. Qo‘ylarning junini qirqib olish texnologiyasi haqida nimani bilasiz?
2. Jun qirqish sexlari asosiy tuzilishini ayting?
3. Jun qirqish sexlari ishlash tartibini ayting?
4.Jun qirqib olish agregatlari haqida nimani bilasiz?
5.Jun qirqib olish agregatlari asosiy tuzilishini ayting?
6. Jun qirqib olish mashinkalari ishlash tartibini ayting?
7.Qo‘ylarni cho’miltirish dan maqsad va ahamiYatini tushuntiring?
8..Qo‘ylarni cho’miltirish qurilmasini asosiy tuzilishini ayting?
9.Qo‘ylarni cho’miltirish qurilmasining ishlash tartibini ayting?
11.Mavzu: Qorakol qo‘zilarini so’yish va terilarga birlamchi
ishlov berishni mexanizasiyalash.
Reja
1.Qorako’l qo‘zilarini so‘yish ishlarini mexanizatsiyalash
2.UZKYA-2500 mexanizatsiyalash gan qurilma:
3. Qorako’l terisiga ishlov berish ishlarini mexanizatsiyalash
4. SHCHS-2 qorako’l terilarini tozalash stanogi:.
5. Terining qattiq ifloslangan
1.Qorako’l qo‘ylarini so‘yish va terisiga ishlov berish UZKYA-2500 qurilmasi yordamida amalga oshiriladi (152-chizma).
Qo‘zilarni qabul qilish, to‘plash va mexanizatsiyalash gan holda so‘yishga uzatuvchi transportyor (1) tarkibiga uzatuvchi trasportyor, yon to‘siqlar va uzatma kiradi. Plankali uzatuvchi transportyor 0,1 m/s tezlikga ega. Bundan katta tezlikda qo‘zilar jarohatlanishi mumkin. Ish jarayonida bir kunda transportyor (1) 80–90 martagacha qo‘shib ajratiladi. Transportyordan so‘yilgan va kallasi bilan pastga osilgan qo‘zilar qonsizlantiruvchi konveyer (2) ga uzatiladi va unda 5 min davomida harakatlanadi. Osib qo‘yilgan qo‘zilar oralig‘i 750 mm. ni tashkil etadi. Shu sababli ham sochilgan qon terini ifloslamaydi. Qonsizlantiruvchi konveyer zanjirli transportyor, rama va ilmoqli vtulka-rolikli zanjirdan tuzilgan. Konveyer tirgagiga boltlar bilan qon oqib ketuvchi tarnov qotirilgan. Tarnov kompressor tomon qiyalikda yasalgan.
Qonsizlantirilgan qo‘zilar avtomatik tarzda stol (8) ustiga tashlanadi. Stolda qo‘zi terisi ostiga 20 kPa bosim ostida havo yuboriladi. Havo kompressordan shlanga orqali uzatiladi. Keyin teriga standart qirqimlar qilinib, qo‘zining boshi, oldi va orqa oyoqlari, bo‘yni hamda dum terisi shilib olinadi. So’ng qo‘zi kichik konveyer (4)ga osilib qolgan terisi shilinadi va shirdoni olib tashlanadi. Ajratilgan qo‘zi tanasi avtomatik tarzda tasmali transportyor orqali harakatli transport vositalariga yuklanadi. Qo‘zi tanalari yordamchi sexga yuboriladi. Shirdonni ayrim idishga solib, yig‘ilganidan so’ng shirdon bo‘limiga yuboriladi.
UZKYA–2500 qurilmasining ish unumi bir soatda 240 ta qo‘ziga ishlov berishni tashkil etadi. Iste’mol quvvati 5 kVt. Qurilmaga 8 ta ishchi xizmat ko‘rsatadi
Shilingan terilar yog‘sizlantiruvchi bo‘limiga kelib tushadi. Bu yerda teridan yog‘ va go‘sht qoldiqlari tozalab olinadi. Tozalangan terilar tasmali transportyorga taxlanadi, harakati davrida terilar soviydi. Keyin terilar qo‘lda tuzlanadi va 80–100
152-chizma. UZKYA-2500 mexanizatsiyalash gan qurilma:
1–transportyor; 2–qonsizlantiruvchi konveyer; 3–qonni oqizib yuborish tarnovi; 4–terini shilish konveyeri; 5–so‘rg‘ichli transportyor; 6–resiver; 7–kompressor; 8–terini bichish stoli; 9–harakatga keltirish stansiyasidan qilib, taxlab qo‘yiladi. Shutarzda terilar 6–8 kun saqlanadi. Saqlash binosida havoning nisbiy namligi 60–70 foiz, harorati +20...+26 °C bo‘lishi lozim. Qisqa muddat saqlangan terilar diametri 1,5 m bo‘lgan barabanli quritish agregatiga uzatiladi. Agregat ichida simli kassetalar o‘rnatilgan bo‘lib, unga tuzlangan teri qo‘yiladi. Terilar agregat ichida havo yordamida 2 soat mobaynida quritiladi. Quritgich agregatining ish unumi bir kunda 700–750 dona terini tashkil etadi.
Terini tozalash ishlarini mexanizatsiyalash tirilgan holda olib borish uchun SHCHS-2 stanogidan foydalaniladi. Stanok korpus (1), himoya to’sig’i (2), barabanlar, Qisib turuvchi qurilma, barabanlar uzatmasi va ventilyatordan tuzilgan (153-chizma). Ustki baraban uyg‘unlashgan, barabanning bir qismi ishchi organi sifatida sharnir osilgan po‘lat bilalardan tashkil topgan bo‘lsa, ikkinchi qismiga cho‘tka qoplangan. Pastki baraban ham cho‘tkali qilib yasalgan. Barabanlar bir-biriga qisib turuvchi qurilma yordamida jipslashtirilib turadi. Stanok ishchi organlari elektryuritgichdan tasmali uzatma orqali harakatga keltiriladi. Ustki baraban tasmali variator va pastki oraliq valga o‘rnatilgan shkivdan harakat oladi.
Stanokda jarayon qo’yidagicha kechadi. Qorako’l terilari partiyasini ishchi qo‘shimcha tekisliklardan biriga joylashtiradi va stanok elektryuritgichi hamda ventilyatorni ishga tushirgandan
153-chizma. SHCHS-2 qorako’l terilarini tozalash stanogi:
1–korpus; 2–himoya to’sig’i; 3– uygunlashgan baraban; 4–qo‘shimcha tekislik; 5–suriladigan taglik; 6–ventilyatorni boshqarish tugmasi; 8–oraliq shkiv; 9–ponasimon tasma.o’ng qo‘l bilan terilarni stanokka uzatadi. Barabanlar terini tortadi, ishchi uni ushlab turadi va astalik bilan cho‘zib, 180° ga bo’rib , yana stanokka kiritadi. Terining qattiq ifloslangan qismi barabanning metall bilan qismiga kiritiladi. Stanok ishi davomida hosil bupligan changlar ventilyator orqali so‘rib olinadi.
SHCHS-2 stanogi soatiga 100 dona terini tozalay oladi. Stanok uzatmasi elektryuritgichi quvvati 1 kVt. Ustki barabanning aylanish soni 15-23 s–1, pastki barabanniki – 8,3 s–1. Stanokning gabarit o‘lchamlari 2300x1445x1975 mm; massasi 206 kg.258
Do'stlaringiz bilan baham: |