Chorvachilik va parrandachilik binolarida ichki iqlim normativlari
2.1-jadval.
Bino
|
Optimal harorat,
°K
|
Nisbiy namlik,
%
|
Havo harorati tezligi,
m/s
|
Havodagagazning ruhsat etilgan miqdori. l/m3
|
|
|
|
|
SO2
|
NH3
|
Molxona: bog’lab saqlanganda bog’lamasdan saqlanganda
|
283
278
|
85
85
|
0,4...0,5 0,4...0,5
|
2,5
2,5
|
0.5
0.5
|
Usishdagi qoramol og’ilxonasi
|
279
|
85
|
0,3
|
2,5
|
0.5
|
Buzoqxona
|
283
|
75
|
0,2
|
2,5
|
0.5
|
CHuchqaxona: ona chuchqa xonasi bo’rdoqixona
|
285
279
|
65...75 75...80
|
0,3
0,3
|
2,5
2,5
|
0.5
0,5
|
Qo’yxona
|
272
|
80
|
0,5
|
3,0
|
0.5
|
Parrandaxona: polda saqlashda kletkada saqlashda
|
285
289
|
70
70
|
0,3
0,3
|
2,5
2,5
|
0.5
0,5
|
Qishloq xo’jalik hayvonlari ajratib chiqaradigan issiqlik, karbonat angidrid va suv bug’larining miqdorlari
2.2-jadval.
Qishloq xo’jalik hayvonlari turi
|
Tirik vazni,
kg
|
Issiqlik miqdori,
KJ/soat
|
Karbonat
angidrid
miqdori,
l/soat
|
Suv bug’lari miqdori.
t/soat
|
Bug’oz sigir
|
300
400
600
800
|
2,30
2,82
3,46
4,13
|
90
110
138
162
|
232
284
329
414
|
Sog’in sigir (kuniga 10 l sut beradigan)
|
300
400
600
800
|
2,46
2,89
3,44
4,00
|
96
114
135
157
|
248
292
343
403
|
Sog’in sigir (kuniga 30 l sut beradigan)
|
400
600
800
|
4,21
4,33
5,45
|
165
189
214
|
424
487
549
|
Bo’rdoqiga boqiladigan cho’chqa
|
100
200
300
|
1,08
1,42
1,88
|
43
57
75
|
110
145
195
|
Bolali ona cho’chqa
|
100
150
200
|
1,75
1,95
2,11
|
70
78
84
|
178
198
216
|
Bug’oz cho’chqa
|
100
150
200
|
1,0
1,15
1,32
|
40
46
52
|
102
117
135
|
Ot
|
400
600
800
|
2,19
2,58
3,51
|
86
113
138
|
221
290
354
|
Qo’y
|
40
50
60
|
0,43
0,5
0,54
|
17
20
21
|
44
50
55
|
Binolarda ichki iqlimning ko’rsatilgan oraliqlardan chetga chiqishi sutdorlikni 10...20 foizga, tirik vaznning o’sishini 20...30 foizga, parrandalarning tuxum qo’yishini 30...35 foizga kamaytiradi. Ozuqa sarfining ko’payishiga, uskunalar hizmat davri kamayishiga, mashina va binolarning tez ishdan chiqishiga, qishloq xo’jalik hayvonlarining kasallikka tez chalinishiga sabab bo’ladi.
Har xil binolardagi ichki iqlim normativlari 2.1-jadvalda, qishloq xo’jalik hayvonlari ajratib chiqaradigan issiqlik, karbonat angidrid va suv bug’larining miqdorlari 2.2-jadvalda keltirilgan.
2. Shamollatish sistemalari
Shamollatish sistemalari ish printsipiga qo’ra tabiiy, majburiy (mexanik yuritma yordamida) va kombinatsiyalashgan turlarga bo’linadi. Tabiiy Shamollatishda havo almashinuvi bino ichidagi va tashqi muhitdagi havo zichligining farqi hisobiga hamda shamolning ta’siri ostida ro’y beradi. Lekin bu sistema har doim ham yetarli darajada havo almashtirish imqonini tug’dirmaydi.
Majburiy Shamollatish haydash, so’rish va haydash-so’rish sistemalariga bo’linadi. Bundan tashqari, haydash sistemasi havoni qizdirib yoki qizdirmasdan uzatishi mumkin.
2.1-rasmda Shamollatishning mexanik haydash sistemasi ko’rsatilgan. U 200 qoramolni bog’lab saqlashga mo’ljallangan molxona (№ 801-70 namunaviy loyixa)ga rejalashtirilgan. Issiqlik ta’minoti sut blokidagi qozonxonaga o’rnatilgan KV-300 yoki D-721A bug’ qozonlaridan olinadi. Binoga kiritilishi lozim bo’lgan havo TSCH-70 № 8 Shamollatgich lari bilan haydaladi.
2.1-rasm 200 bosh qoramol uchun molxona (№801-70 n.l.)da haydash mexanik sistemasi sxemasi:
1-sut bloki; 2-Shamollatgich xonasi: 3-rostlash klapanlari; 4-havo quvurlari; 5-KFB-7 kaloriferi: 6-markazdan qochma Shamollatgich .
Bunda havo KVB-7 kaloriferi yordamida qizdiriladi va binoning yuqori qismiga osilgan havo quvurlari orqali tarqatiladi. Iflos havoni chiqarib yuborish tabiiy ravishda, bino o’rtasidagi o’q bo’ylab joylashgan tutilgan tirqishlar orqali amalga oshiriladi.
So’rish sistemasi mustaqil holda kamdan-kam holatlarda qo’llani-ladi. Bunda o’qiy Shamollatgich lar orqali binodagi iflos havo majburiy ravishda so’riladi. Bino ichida havo bosimining kamayishi hisobiga esa tirqishlar orqali tashqaridan havo oqib kirishi ta’minlanadi. Bunday sistemada issiqlik generatorini qo’llamasdan foydalaniladi. Chorvachilik binolarida talab etiladigan havo almashtirishni tabiiy havo almashtirish orqali qanoatlantirib bo’lmaydi. Shuning uchun bu holda haydash-so’rish sistemalari qo’llanilishi zarur. Lozim hollarda (qish oylarida) kiritilayotgan havo qizdirilishi (ayniqsa, hayvonlar ko’p yig’ilgan cho’chqaxona va parrandaxonalarda) mumkin. Yoz oylarida esa kiritilayotgan havoni sovitib uzatish ham ma’qul hisoblanadi.
2.2-rasmda 30 ming tuxum-tovuq uchun mo’ljallangan parrandaxona haydash-so’rish Shamollatish sistemasining sxemasi ko’rsatilgan. Havo TSCH-70 markazdan qochma Shamollatgich yordamida havo quvuri orqali kiritiladi. So’rish esa VO seriyali o’qiy Shamollatgich yordamida amalga oshiriladi. So’rish Shamollatgich i bino devorlariga shaxmat tarzida bir-biridan 6 m masofada joylashtirilgan bo’ladi.
2.2-rasm. 30 ming tuxumdor tovuq uchun mo’ljallangan parrandaxona haydash-so’rish Shamollatish sistemasining sxemasi: 1-kiritish havo quvuri; 2-VO seriyali o’qiy Shamollatgich ; Z-KBN-5 kletkali batareya
Haydash mexanik sistemalari so’rish mexanik sistemalariga nisbatan 15...20% havoni ko’proq almashtiradi va binoning istalgan joyini yetarli miqdordagi havo bilan ta’minlaydi.
Havo oqimi asosiy yo’nalishini hisobga olganda binolarda Shamollatish sistemasi vertikal yoki gorizontal bo’lishi mumkin. Havoni vertikal uzatish ratsional hisoblanadi. Bunda yuqoridan pastga qarab yunaltirilgan sxema ma’qul bo’ladi. 2.3-rasmda Chorvachilik binolarini ichki iqlimni ta’minlash sistemalarining printsipial sxemalari keltirilgan. Havo markazdan qochma Shamollatgich lar TSCH-70 № 7 yoki № 8 bilan haydaladi, chiqarib yuborish uchun esa "Klimat-4" uskunalari majmuasidagi VO seriyali o’qiy Shamollatgich lar ishlatiladi. Ular bino devorlarida jihozlanadi, shaxtalarida esa issiq. to’tish klapanlari ko’zda tutiladi.
2.3.rasm. Chorvachilik binolarida ichki iqlimni ta’minlash sistemalarining sxemalari: a - bog’lab va bog’lamasdan saqlash molxonalari; b- go’ng pol tagida saqlanadigan binolar; v - yiliga 24 ming bosh cho’chqachilik komplekslarining binolari; g -yig’ma 108 ming bosh cho’chqachilik komplekslari binolari; 1-kalorifer; 2-kiritish Shamollatgich i; 3-havo quvuri; 4-so’rish shaxtasi: 5-deraza; 6-so’rish kanali; 7-so’rish Shamollatgich i; 8-so’rish sistemasidagi yuqorigi havo quvuri; 9-Shamollatgich li so’rish shaxtasi; 10-so’rish kanallari; 11-Shamollatish-so’rish agregatlari.
Issiq zonalar uchun tarkibida KIO-13 bug’latib sovitish majmusi bo’lgan Shamollatish sistemasidan foydalaniladi. Qonditsioner havo ki-ritish uchun ishlaydigan va tom shipiga joylashtirilgan Shamollatgich lar hamda devorlarga joylashtirilgan va so’rishga ishlaydigan VO tipidagi Shamollatgich lardan iborat.
Chorvachilik va parrandachilik binolarining Shamollatish sistema-lariga qo’yidagi talablar qo’yiladi:
1. Kiritish quvurlari (shaxtalar) binoning yuqorigi yoki o’rta kesimida joylashtirilishi lozim, chunki Qishloq xo’jalik hayvonlariga yaqin va shamolining tezligi sezilarli bo’lganda ularni kasallikka chalinti-rishi mumkin. Quvurlarning deflektor va to’siqlar bilan jihozlanishi shamolning Qishloq xo’jalik hayvonlariga to’g’ri yo’nalishining oldini oladi.
2. So’rish kanallari binoning pastki, jumladan polning tag qismida joylashishi va kiritish quvurlariga yaqinligi esa 2,5 m dan kam bo’lmasligi lozim.
3. Qish oylarida kiritilayotgan havoni qizdirish uchun lokal (maxalliy) qizdirish usuli qo’llanilsa, metall sarfi kamayadi va avtomatlashtirish oson kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |