12-Amaliy mashg‘ulot
"Klimat" rusumidagi shamollatish qurilmalari, Havoni isitish sistemalari va ularning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish.
1. Ishning maqsadi: havo isitish tizimlari, texnik vositalarining vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni va ularni ishga tayyorlash bo’yicha ko’nikmalar berish.
2. Kerakli jihozlar: havo isitish tizimlari, texnik vositalari, ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari.
3.Ishni bajarish tartibi:
Chorvachilik va parrandachilik binolarida foydalaniladigan ichki iqlim sistemalarining Shamollatish qurilmalari, havo isitgichlar, nam-lagichlar hamda chang va mikroorganizmlardan havoni tozalash filtrlaridan iborat bo’ladi.
Shamollatish qurilmalari majburiy (mexanik) Shamollatish sistemalarida qo’llaniladi va Shamollatgich , Shamollatish tarmog’i (havo quvurlari, havoni olish va chiqarish moslamalari) dan tashkil topadi.
Harakatlanayotgan havoda hosil qilinayotgan bosimga nisbatan sha-mollatgichlar past - 1 kPa, o’rta - 1...3 kPa va yuqori - 3 kPa va yuqori bosimli Shamollatgich larga bo’linadi. Ish printsipiga qo’ra esa markazdan qochma va o’qiy Shamollatgich larga farqlanadi.
Chorvachilikda umumiy vazifali (2.3-jadval) va VO tipdagi o’qiy Shamollatgich lar (2.4-jadval) keng tarqalgan.
Shamollatgichlarning texnik ma’lumotlari
2.3-jadval
Shamollatgich nomeri
|
G’ildirak
diametri,
mm
|
Uzatishi,
ming
m3/soat
|
To’liq
bosim,
Pa
|
Aylanishlar
chastotasi,
min-1
|
Dvigatel
quvvati,
kVt
|
Massa, kg
|
TSCH-70 markazdan qochma tipdagi
|
№3.
№ 5
№ 7
|
300
500
700
|
0,55-3,3 1,45-8,3 4,1-24,0
|
160-1150
180-830
320-1710
|
1410-2850
930-1421)
950-1460
|
0,6-1,0
1,0-1,7
2,8-10,0
|
21
85
207
|
KPZ-90 markazdan qochma va shipga joylashtiriladigan tipidagi
|
№4
№5
№ 8
|
400
600
800
|
2-3,2
6,2-11,8 10-17,5
|
170
180
270
|
930
960
575
|
0,4
1,5
2,2
|
74
135
360
|
TSZ-0,4 o’qiy va shipga joylashtiriladigan tipdagi
|
№4
№ 5
№ 8
|
400
500
800
|
3,5
6,0
17,0
|
50
70
80
|
1410
1410
910
|
0,6
0,6
1,1
|
67
81
275
|
O’qiy Shamollatgich larning farqli tomoni shundaki ular hosil qilaetgan havo oqimi ishchi g’ildirakning aylanish o’qiga parallel yo’nalgan bo’ladi va past bosimda ham yetarli darajadagi uzatish qobiliyatiga egadir. Shuning uchun havo quvurlarisiz ham ishlatiladi.
"Klimat" rusumidaga seriyali qurilma tarkibiga elektr Shamollatgich lar va boshqarish elektr sistemalari kiradi. Bu qurilmaning farqli jihati — ulardagi elektr dvigateli valining aylanishlar tezligini o’zgartirish hisobiga havoni uzatish qobiliyatini rostlash imqoniyati yaratilgan. Ularda VO seriyali past bosimli elektrShamollatgich lar qo’llaniladi, ular uzatishni keng oraliqda ravon rostlaydi. Bu esa havo harakatining ruxsat etilgan tezligini saqlagan holda havo almashtirishga imkon beradi.
Shamollatgich larning elektr dvigatellari kimyoviy ta’sir va namga chidamli, chang muhitda ham ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |