155-chizma. Uch fazali elektryuritgich o‘ramlarining uchi va oxiri shakli:
a–stator o‘ramlari o‘zaro ulanmagan; b–stator o‘ramlari uchburchak shaklida ulangan; d–stator o‘ramlari yulduzcha shaklida ulangan; C1, C2, C3 – birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘ramlar uchi;
C4, C5, C6 – birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘ramlar oxiriAmaliyotda ko‘p hollarda elektryuritgichlarni o‘ramlarida rusumi ko‘rsatilmagan holda ulashga to‘g‘ri keladi. Bunda har bir faza o‘ramining uchi va oxiri akkumulyator batareyasi bilan tutashtirilgan megaommetr yoki yoritish lampasi orqali topiladi. Buda lampa yoki megaommetrning bir tarmog‘i o‘ramning bittasini chiqishiga ulab, ikkinchisi bilan qolganlariga navbati bilan ulab qo‘radi. Megaommetr ko‘rsatgichining nulga tengligi yoki lampa yonishi o‘ram uchining izlanayotgan fazaga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Agar ulash nazorati davrida barcha faza o‘ramlari reaksiya qilmasa, ya’ni megaommetr qarshiligi juda katta bo‘lsa yoki lampa yonmasa, demak, fazada uzilish mavjud.
Faza o‘ramlari juftligi topilgandan so‘ng, o‘ramlarning uchi va oxiri qo’yidagicha aniqlanadi. Faza o‘rami jufgliklari uchlari ixtiyoriy ravishda 1–2, 3–4 va 5–6 qilib belgilanadi. Uchliklar-ning 2–4–6 uchlari yulduzcha qilib bir joyga biriktiriladi. 1– 3–5 uchlari rubilnik orqali uch fazali elektr tarmog‘i o‘ramlariga tutashtiriladi. Agar elektryuritgich ishlab ketsa, demak, faza o‘ram uchlari to‘g‘ri topilgan bo‘ladi. Aks holda navbati bilan faza uchlari qayta yulduzcha qilib ulanadi. Masalan, 1–4–6 uchlar yulduzcha va 2–3–5 tarmoqqa ulanadi. Bu holda ham elektryuritgich me’yorda ishlamasa, ikkinchi va uchinchi faza almashtiriladi.
Fazalarning uchi va oxiri aniqlanganidan so’ng yulduzcha bilan ulangan uchlariga C4, C5, C6 va elektr tarmog‘iga ulangan qismiga C1, C2 va C3 deb rusum beriladi.
Elektryuritgich o‘ramlarini yulduzcha yoki uchburchak shaklda ulanishi tarmokdagi kuchlanish va stator o‘ramlaridagi nominal faza kuchlanishiga bog‘liq. Agar elektryurit
156-chizma. Shkivlar kengligi har xil bo‘lganda vallar parallelligini tekshirish:
a–lineyka yordamida;
b–ip yordamidagich pasportida 220/380 V va uchburchak (yulduz belgisi) ko‘rsatilgan bo‘lsa, stator o‘rami 220 V kuchlanishda uchburchak va 380 V kuchlanishda yulduzcha shaklida ulanishi lozim.
Elektryuritgich o‘rnatilishida unga qulay xizmat ko‘rsatilishi inobatga olinishi lozim. Elektryuritgich va bino devori orasi 1m, parallel o‘rnatilgan elektryuritgichi oralig‘ida 0,3 m masofa qoldirilishi zarur. Ochiqhavoga o‘rnatilgan elektryuritgichlarni yomg‘ir va qo’yosh nurlari tegishidan saqlash lozim.
Boshqarish apparatlari elektryuritgichga yaqinroq joylashtiriladi. Elektryuritgich jihoz yoki qurilma bilan tasma yoki zanjir orqali harakatga kelsa, sirpanib sozlanuvchi qilib o‘rnatiladi. O‘rnatilishda tasma yoki zanjirning bir o‘qda yotishini ta’minlash lozim. Aks hollarda agregatni vibratsiya bo‘lishi, tasma va zanjirlarning yeyilishiga olib kelishi mumkin. Elektryuritgich va mashinaning bir xil gorizontal tekislikda joylashishi tekshiriladi va qistirmalar bilan rostlanadi. Vallarning bir o‘qda joylashishi lineyka yo shnur yordamida tekshiriladi (156, 157-chizmalar).
Elektryuritgich o‘rnida, fundamentda qotirish boltlari uchunbelgi qo‘yiladi, so’ng elektryuritgich yana olinib, boltlar sementlanganidan so’ng qayta o‘rnatiladi. Elektryuritgich va mashina umumiy fundamentga o‘rnatilib, ularning vallarini bir o‘qda yotganligi qat‘iy ravishda tekshiriladi. Elastik muftalar uchun agregatning bir o‘qli emasligi 0,08–0,12 mm, qo’lachokli muftalar uchun 0,12–0,15 mm gacha ruxsat etiladi.
Montaj qilishda agregatni yer bilan sim orqali ulanganligi ta’minlanishi lozim. Agregatning tok yuruvchi qismlaridan me’yo-riy izolyatsiya qilingan korpusi, qobig‘i va barcha detallari erga tutashtirilgan nul simi bilan biriktiriladi. Erga tutashtirilgan sim elektryuritgichning boltigi qotiriladi.
157-chizma. Vallar o’qining uzaro bir chiziqda yotganligini tekshirish:
1–vallar; 2–lineyka.8.2. Elektr isitish qurilmalari
Chorvachilik fermalarida elektr quvvati sutni pasterizatsiyalash, suvni isitish va ventilyatsiya isitish tarmoqlarida keng foydalaniladi. Elektr qurilmalari mavjud isitgichlardan har qanday sharoitda tezda ishga tushishi mumkinligi va avtomatik tarzda belgilangan haroratni ta’minlay olishi bilan ajralib turadi. Elektr qurilmalari uchun maxsus yonilg‘i tayyorlanishi zarur emas. Shuning dek, qo‘shimcha ishchi kuchi ham talab etilmaydi.
Elektr isitgichning eng ma’suliyatli qismi – isitish elementi sanaladi. Element elektr quvvatini Joul-Lents qonuniga binoan ichki energiyaga aylantiradi:
Q = I2 · R · t,
bu yerda: Q – issiqlik miqdori, J; I2 – tok kuchi, A; R – qarshi-lik, Om; t – vaqt, soniya.
Isitish elementlari uchun tasma, spiral yoki sim shaklida tayyorlangan nixrom, konstanta va boshqa yarim o‘tkazgich materiallardan foydalaniladi. Isitish usuliga qarab elektr isitish qurilmalari elektrod (bevosita isitish) va element (bilvostita isitish) shaklida bo‘ladi.
Elektrodli isitgichlarda elektrodlar isitilishi lozim bo‘lgan muhitga (suv, tuproq) qo‘yiladi va tok elektrodlar orasidan shu muhit orqali o‘tib unga issiqlik energiyasini beradi.
Chorvachilik fermalarida suv isitish uchun foydalaniladi
158-chizma. VET-200 suv isitgichi:
1–rezervuar; 2–qobiq; 3–issiqlik saqlash qatlami; 4–harorat relesi; 5–kichik shtutser; 6–quvurli isitish elementi; 7–katta shtutser; 8–bo‘g‘iz; 9–to‘kish krani; 10–ventil; 11–qaytarmas klapan; 12–rezina shlangi; 13–bo‘g‘iz; 14–termometr; 15–quvur o‘tkazgich.263
gan element isitgichlarida TEN tipidagi quvurli isitish elementlari qo‘llaniladi.
VET-200 eng ko‘p tarqalgan suv isitgichlaridan sanaladi. Bu isitgich 200 l sovuq suvni 4 s mobaynida +80°...+85 °C haroratgacha isitib beradi (158-chizma).
VET-200 suv isitgich 200 l rezervuar (1), qobiq (2), issiqlik saqlash qatlami (3) dan tuzilgan. Rezervuarning pastki qismiga payvandlangan shtutserga uch fazali uch quvurli isitish elementi (6) qotirilgan. Element izolyatsiyalangan o‘zak arig‘iga joylashgirilgan spiral shaklida tayyorlangan nihrom simdan tayyorlangan. O‘zak spiral simi bilan birga po‘lat quvur ichiga joylashtirilgan. Elektr toki o‘gganda spiral qiziydi. Spiral bilan birga po‘lat quvur va suv ham isiydi. Isitish elementi 220 V kuchlanishga mo’ljallangan. Berilgan haroratni saqlab turishda suv isitgich kichik shtutserga (5) o‘rnatilgan harorat relesi (4) bilan ta’minlangan.
Belgilangan isitish harorati rele korpusidagi strelka tortqisi buralib to‘g‘rilanadi. Tortqini soat strelkasiga qarshi buralsa, isitish harorati tushadi va soat strelkasi bo‘yicha buralsa harorat ko‘tariladi. Suv rezervuarga ta’minlagich suv quvuri va bo‘g‘iz (8) orqali to‘ddiriladi. Suv quvuri suv isitgichdan reaina shlang (12) orqali izolyatsiya qilinadi. Ventil (10) ochilganda suv bo‘g‘iz (8) orqali rezervuarga kiradi va issiq suvni rezervuardan suv to‘plash bo‘g‘izi (13) orqali haydaydi. Suv isitgich suv quvuridan ko‘pi bi-lan 200 kH/m2 bosimda ta’minlanishi lozim, iste’mol quvvati 5,4 kVt. Suv isitgich komplekti tarkibiga uch polyusli rubilnik, magnit ishga tushirgich va saqlagichlar kiradi. Agar elektr tizimi uch fazali bo‘lsa isitish elementlari yulduzcha, ikki fazali bo‘lsa uchburchak shaklida ulanadi. Isitgich suvni +8 °C dan +90 °C ga isitganda ish unumi 50 l/s. ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |