Nazorat savollri 1.Veterinariya-sanitariya ishlarini mexanizatsiyalash tirish texnologiyasini tushintiring ? 2.Veterinariya-sanitariya ishlarini mexanizatsiyalash tirish fermalarda og’ir va noqo’lay mehnat sarfi 3. Veterinariya-sanitariya ishlarini noqo’lay mehnat sarfini tushintiring ? 4.VDM-2 venterinariya dezenfektsiyalash ishlarini ayting ? 5.VDM-2 venterinariya dezenfektsiyalash mashinalari tuzilishini ayting ?
14-MAVZU: Chorvachilik fermalarini elektr bilan ta’minlash Asinxron elektryurittichlar Reja; 1. Asinxron elektryurigtichlar 2. Elektr isitish qurilmalari 3. VET-200 suv isitgichi Asinxron elektryuritgichlar uch fazali tok hosil qiluvchi aylanuvchi magnit maydonidan foydalanib ishlashga asoslangan. Aylanuvchi magnit maydonining fizik xususiyatlari Lens qonuni bilan tushuntiriladi.
Rotorning aylanish chastotasi stator magnit maydonining sinxron deb atalgan aylanish chastotasiga teng bo‘lmagan (nosinxron) va yuklamaga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan tok mashinalari asinxron elektr yuritgichlarideb ataladi. Asinxron elektryuritgichlar generator va yuritgich rejimlarida ishlashi mumkin. Asinxron elektryuritgichini generator rejimida ishlatish iqtisodiy jihatdan foydali emas. Shu sababli asinxron yuritgichlar faqat ayrim hollardagina dizel yuritgichlarni chiniqtirishda qo‘llaniladi. Konstruksiyasining soddaligi, nisbatan arzonligi, puxtaliligi sababli asinxron yuritgichlari Chorvachilikni mexanizatsiyalashtirishda keng foydalaniladi.
Asinxron yuritgichlarda rotorni magnit maydoni aylanishidan ortda qolishi sirpanishi (0,01–0,06) bilan tavsiflanadi. Magnit maydoni bilan qisqa tutashtirilgan o‘ramning o‘zaro munosabati asinxron elektryuritgichi konstruksiyasining asosi sanaladi. Asinxron elektryuritgichlari qisqa tutashtirilgan rotorli va faza rotorlilarga (kontakt halqali) bo‘linadi.
154-chizma. Uch fazali qisqa tutashtirilgan asinxron elektryuritgich: 1–ventilyatsiya teshigi; 2–podshilnikning himoya to‘siqlari; 3–korpus; 4–o‘zak; 5–stator o‘rami; b–qopqoq; 7–rotor; 8–ventilyator.Qishloq xo‘jaligida ko‘proq kollektorsiz uch fazali qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron elektryuritgichlari keng tarqal zontal panjada, gorizontal flanesda va vertikal holda bo‘ladi.
Uch fazali qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron elektryuritgichi (154-chizma) qo‘zg‘almas stator va aylanuvchi rotordan tuzilgan.
Stator cho‘yan yoki po‘lat korpus (3) ichida ichi bo‘sh po‘latdan tayyorlangan sirti ariqqa o‘yiqli silindr – o‘zak joylashgan. O‘zak o‘zaro laklab izolyatsiyalangan ayrim-ayrim elektrotexnik po‘lat listdan tayyorlangan. Statorning ariqqa o‘yiqlariga uch fazali o‘ram (5) lar joylashtirilgan. Rotor (7) ayrim elektrotexnik po‘lat listlardan yig‘ilib izolyatsion lak bilan qoplangan po‘lat silindrdan iborat. O‘rama qisqa tutashtirilgan rotor ariqcha o‘yiklariga olmaxon g‘ildiragiga o‘xshash halqaga qotirilgan mis va alyumin tayoqchalarga o‘xshatib joylashtiriladi. Rotor chetlari himoya to’sig’i (2) bilan yopilgan podshipnikli valga qotiriladi. Elektryuritgichdan jihoz va qurilmalarga harakatni uzatish uchun valga shkiv yoki mufta o‘rnatiladi. Stator korpusi himoya to’sig’iga faza o‘ramlarining uchi va oxiri chiqarib qo‘yilgan (155-chizma): birinchi faza uchi – C1 o‘rami, oxiri – C4; ikkinchi faza uchi – C2, oxiri – C5; uchinchi faza uchi – C3 va oxiri – C6.