KLK-75 rusumidagi lentali ozuqa tarqatgich. Bu ozuqa tarqatgich barcha turdagi maydalangan ozuqalarni va ozuqa aralashmalarini ikki tomonlama oziqlantiriladigan oxur ichiga tarqatish uchun xizmat qiladi. KLK-75 ozuqa tarqatgichining tuzilishi va ishlashi KLO-75 ozuqa tarqatgichiga o’xshash bo’lib, asosan ozuqa tarqatuvchi po’lat lentasining kengligi (v=1100 mm) bilan farq qiladi. Ozuqa tarqatgichning texnik tavsifnomasi 3.4.3-jadvalda keltirilgan.
3.4.6-rasm. KLO-75 rusumidagi lentali ozuqa tarqatgichi:
1-harakat uzatish stantsiYasi; 2-qirg’ich; 3-lenta; 4-karetka;
5-tortuvchi tros.
Ish bo’yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, berilgan topshiriqlar, ishning bajarish tartibi bo’yich tuzilishi va olingan ma’lumotlarga asosan mashinaning ko’rinishi yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan holda chiziladi va uning o’lchamlari ko’rsatiladi.
Tekshirish uchun savollar
1.Ozuqa fronti nima?
2.Kuchma ozuqa tarqatgichlarning afzallik va kamchiliklari?
3.Turg’un ozuqa tarqatgichlarning afzalliklari va kamchiliklari?
4.Ferma uchun va ozuqa tarqatgichlar qanday tanlanadi?
3- Laboratoriya
Suv nasoslari va suv ko‘tarish qurilmalari.
Ishning maqsadi Suv nasoslari va suv ko‘tarish qurilmalari tuzilishi va ishlash jarayonini o’rganish.
Kerakli jihozlar: Suv nasoslari va suv ko‘tarish qurilmalariyoki uning maketi,ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari, adabiyotlar
1.Suv, uning sifati, talabni hisoblash va loyihalashtirish
Suv bu obi-hayot. Mamlakatimizda suvning xalq xo’jaligida ahamiyati juda kattadir. Chorvachilikda suv hayvonlarni sug`orish, ozuqa tayyorlash, go’ngdan tozalash, sigirlarni sog`ishda profilaktik ishlarni olib borish (elinni, sut idishlarni, quvurlarni yuvish), molxonalarda sanatsiya ishlarini o’tkazish, xizmatchilarning maishiy ehtiyojlari va boshqa bir qancha ishlarda foydalaniladi.
G. Brandning ma`lumotlariga ko’ra qoramol uchun ichimlik su-vining harorati minimum 12°S bo’lgani ma`qul. Suvharorati 10°S dan tushganda suv iste`moli kamayadi, 6°S da esa minimum qiyma-tiga ega bo’ladi.
Ma`lumki, har qanday suvdan ham foydalanib bo’lmaydi. Ichimlik suvi shaffof, rangsiz bo’lib, hidi va ta`mi bo’lmaydi. Suv sifatini baholash uchun uning tarkibi fizik, kimyoviy, bakteri-ologik va radiologik jihatidan tahlil qilinadi.
Bu tahlillarda suvning rangi, ta`mi, harorati, kimyoviy elementlar mavjuddigi, mikro organizmlar bilan zararlanganligi, radioaktivligi o’rganiladi. Suvning rangi va ta`mi ballar bilan baholanadi, rangi 20 va ta`mi 2 balldan yuqori bo’lmasligi kerak. Suvning umumiy qattiqligi 1... 14 mg ekv/l erigan tuzga teng bo’lishi va kimyoviy elementlar uchun ham belgilangan miqdordan ko’p bo’lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |