Qand lavlagidan shakar tayyorlash sanoati chiqindilari – lavlagi shinnisi somon ta’mini yaxshilash maqsadida issiq 313...323° K haroratdagi suv bilan aralashtirib tayyorlangan suvda aralashma bilan ishlatiladi. Bunda 100 l aralashmani tayyorlash uchun 35–55 kg shinni, 75 l suv foydalaniladi. Bir tonna somon uchun 1000 l aralashma sarflanadi.
Yog‘ sanoati chiqindisi kunjara – maydalangandan so’ng ikki soat davomida 373° K haroratda qaynatiladi va 1,5–2,0 soat mobaynida ushlab turilib so’ng qoramol, cho‘chqa, qo’y va parrandalarga beriladi.
53chizma. C2 bug’lagicharalashtirgich:
1–korpus; 2–boshqarish pulti kronshteyni; 3–pult; 4–elektr yuritgich; 5–himoya to’sig’i; 6–tortqi; 7–reduktor; 8–to‘siq; 9–taqsimlagich; 10–manometr; 11–chegaralagich; 12, 14–darcha qopqoqlari; 13–yuklash transportyori; 15–chapval; 16 va 17–o’ng va chap qanotlar; 18–bo‘shatish shnegi; 19–o’ng val; 20–kronshteyn; 21–bo‘shatish transportyori; 22–quvur; 25, 24–bug’quvurlari; 25–o‘q; 26–narvon;
27–tortqigich, yopiq turdagi yuklash va chiqarish transportyorlari (13, 21), elektr uzatma va boshqarish shkafidan tuzilgan.
Bug‘lagich-aralashtirgich Chorvachilik fermalarida ozuqalarni bug‘lash va aralashtirish uchun qo‘llanilmoqda. 65–80 foiz namlikda ozuqa aralashmasini tayyorlash uchun C-2, C-12 tipidagi davriy ishlovchi bug‘lagich-aralashtirgichlar qo‘llaniladi. Agregatlarni ishlashi uchun unga solinadigan ozuqa komponentlari maydalangan holda bo‘lishi lozim.
Bug‘lagich-aralashtirgich C-2 (53-chizma) korpus (1), vint shaklida joylashtirilgan kurakli valdan iborat ikki aralashtirgich, yopiq turdagi yuklash va chiqarish transportyorlari (13, 21), elektr uzatma va boshqarish shkafidan tuzilgan.
Bug‘lagich-aralashtirgichning bug‘ taqsimlash qurilmasi korpusning ikki yon tomonida joylashgan.
Ishlash jarayoni qo’yidagicha: ozuqa komponentlari ketmaket bug‘lagichga yuklanib, qanotli aralashtirgichlar bilan aralashtirilib boradi. Bug‘lash vaqtida yuklash va bo‘shatish darchalari germetik (zich) yopiladi. Ozuqaning maydalanganlik darajasiga va turiga qarab jarayon 30–75 daqiqa davom etadi. Bug‘lanish Yakunida aralashmaga issiqlik bilan ishlov berilishi lozim bo‘lmagan ozuqa komponentlari qo‘shiladi. Bo‘shatish shnek yordamida bajariladi. Aralashtirgich vali, bo‘shatish shnegi 5,5 kVt quvvatli elektryuritgichdan reduktor orqali harakatga keladi. Yuklash va bo‘shatish transportyorlarining har biri 1,1 kVt quvvatli elektryuritgichlardan harakat oladi. Bug‘lagichsig‘imi 3 m3 aralashtirish ish unumi 3,5–8,7 t/s, bug‘lash ish unumi 2 t/s. Ishchi bug‘ bosimi 0,14 MPa dan ortmasligi lozim.Bug‘ sarfi 1 kg mahsulotga 0,23 kg tashkil etadi. Bug‘lagich massasi 2790 kg, o‘lchamlari 6000x3230x2985 mm.
54-chizma.
C-12A bug‘lagich-aralashtirgich:
1–bunker; 2–bug‘ taqsimlagich; 3–kurakli qorigich; 4–bo‘shatish shnegi;
5–qopqoq; 6–bo‘shatish shnegini boshqarish tizimi; 7–qopqoq; 8–muhofaza to’sig’i; 9–uzatma;10-bug’ kolleknori.
C-12A bug‘lagich-aralashtirgich tuzilishi S-2 kabi, lekin ayrim konstruktiv va parametrlari farqlanadi.
Bug‘lagich-aralashtirgich sig‘imi 12 m3, ozuqalar aralashtirishda ish unumi 10 t/s va bug‘lashda – 5 t/s tashkil etadi. Qanotli aralashtirgich elementlar C-2 kabi bir-biriga qarab aylanib ara lashtiradi. Bug‘lash uchun bug‘ sarfi 250–300 kg. Bir kg ozuqaga bug‘ sarfi 0,28 kg ni tashkil etadi. Massasi 6100 kg. O‘lchamlari 4215x2880x2400 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |