2.Sutni tozalash
Sutni mexanik qo’shimchalardan tozalashning ikki usuli qo’llaniladi: 1). Filьtrlash yo’li bilan tozalash; 2). Maxsus markazdan qochma tozalagichda tozalash.
Tozalash usulini tanlash sog’ish qurilmasining tanlangan rusumiga bog’liq. Jumladan, chelakga sog’ish qurilmalari (DAS-2B, AD-100) dan tashqari boshqa barcha sog’ish qurilmalaridagi dastlabki ishlov berish tarmog’ida maxsus filьtrlar ko’zda tutiladi va ularda sut mexanik qo’shimchalardan tozalanadi. Bunda sut, sut nasosidan korpus ichiga tushib, undagi lavsan material orqali o’tishda iflosliklardan tozalanadi. Filьtrlash materiali har sog’ishdan keyin almashtiriladi yoki vannada yuviladi.
Sutga dastlabki ishlov berish uchun OOU-M va OM-1A tozalash-sovitgichlari qo’llaniladi.
7.1-rasm. Oraliq sovuq haydagichli rezervuar-sovitgich sxemasi:
1-kompressor; 2-sovitish agentining filьtri; 3-elektr dvigatellari; 4-suv filьtri; 5-bug’latgich; 6-sovuqlik akkumulyatorining baki; 7-miqdorni ko’rsatkich; 8-issiqlik rostlagich ventili; 9-qarash oynasi; 10-suv nasosi; 11-aralashtirgich reduktori; 12-rezervuar-sovitgich; 13-regenerator;14-filьtr quritgich; 15-ventil; 16-resiver; 17-kondensator; 18-bosim relesi; 19-bosimni nazorat qilish asboblari; h-suv sathining ruxsat etilgan tushishi (h=150...500 mm) (rezervuarning havo chiqarish krani bilan bakdagi suv sathi bilan)
3. Sutni sovitish
Yirik sutchilik komplekslarida avtomatlashtirilgan plastinkali sovitish qurilmalari ishlatiladi. Ular ikkita issiqlik almashinuvchi sektsiyadan tashkil topgan. Birinchisida sut sovuq suv yordamida dastlabki sovitishni oladi, ikkinchisida esa aylanuvchi rassol yordamida sovitiladi.
OOU-M avtomatlashtirilgan qurilma tarkibiga suv bilan sovitish sektsiyasi va rassol bilan sovitish sektsiyalarining plastinkali sovit-gichlari; termometrli sut uzatish quvuri; klapanli aylanma quvur; boshqarish qutisi kiradi.
Bu rusumdagi qurilmalarda yorug’lik va ovoz orqali signallashtirish ko’zda tutilgan. Ular ham avtomatik rejimda, ham qo’lda boshqarilishi mumkin. Sut nasos yordamida suv bilan sovitish sektsiyasiga haydaladi va u yerda 13°S haroratgacha sovitiladi. Keyin sut rassol bilan sovitish sektsiyasiga o’tadi va harorati tushiriladi. Sovitilgan sut saqlash sig’imiga kelib tushadi.
Hozirgi vaqtda OM-1A, OOU-M va TOM-2A sovitgichlaridan keng foydalaniladi.
RPO-1,6, RPO-2,5 (7.1-rasm), TOM-2A, 8M-1200, MKA-2000, AXU-1000 lar sutlarni sovitish va saqlashga xizmat qiladigan vannalar hisoblanadi.
7.2-rasm. Pasterizatsiyalash jarayoni:
a-diagrammasi; b-VDP rusumdagi uzoq muddatli pasterizator; 1-elektr dvigateli; 2-termometr; 3-reduktor; 4-aralashtirgich; 5-rezervuar; 6-tashqi qoplama; 7-issiqlik izolyatsiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |