O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «tabiyot fanlari» fakultеti


 Surxondaryo viloyati sanoatining tarmoq tarkibi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/30
Sana31.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#249397
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
surxondaryo viloyati sanoati tarmoqlari rivojlanishi va istiqbollari

 


2.2. Surxondaryo viloyati sanoatining tarmoq tarkibi. 

 

Viloyat  xo’jaligining  rivojlanishida  mintaqada  mavjud  sanoat 



tarmoqlarining  ham  hissasi  katta.  Biroq  boy  tabiiy  resurslar  bo’lishiga  qaramay 

viloyatda  sanoat  o’tgan  asrning  50-yillarga  borib  taraqqiy  eta  boshladi.  Bunga 

viloyat  hududida  keng  ko’lamda  olib  borilgan  kon  qidiruv  ishlarining  natijalariga 

ko’ra  istiqbolli  konlar  topilganligi  va  paxtani  birlamchi  qayta  ishlovchi  yirik 

korxonalarning  qurilishi  sabab  bo’ldi.  Bu  davrgacha  esa  qurilish  materiallari 

sanoatining  g’isht  va  ohak  tayyorlash,  yengil  va  oziq-ovqat  sanoatining  don 

yanchish,  paxta  tozalash  va  yog’  ishlab  chiqarish  sohalarigina  mavjud  bo’lgan, 

xolos. 


1927  yilda  Termizda  IES  ishga  tushirilgan  bo’lsa,  1929-1941  yillar 

davomida Denov, Xayrobod, SHerobod paxta tozalash zavodlari, Termiz shahrida 

go’sht  kombinati,  non  va  yog’  zavodlari,  Denov  shahrida  motor  ta’mirlash  va 

sharob  zavodlari,  «Xovdag»,  «Uchqizil»,  «Kakaydi»  neft  konlari  ishga  tushdi. 

Ikkinchi  jahon  urushi  va  undan  keyingi  tiklanishlar  davri  viloyatda  sanoat 

tarmoqlarining rivojlanishiga to’sqinlik qildi. 

1971 yilda Qumqo’rg’on gidrouzeli, Uzun, Jarqo’rg’on, Angor va Muzrabot 

paxta  tozalash  zavodlari,  Denovda  yog’-ekstraktsiya,  konserva,  pivo  zavodlari, 

shakarqamish  davlat  xo’jaligi  hududida  rom  zavodi,  Sariosiyoda  g’isht  va  mayda 

shag’al  saralash,  Qumqo’rg’onda  ta’mirlash-mexanika,  temir-beton  buyumlari 

ishlab  chiqarish  zavodlari,  «Lalmikor»  neft  koni  va  boshqalar  ishga  tushirildi. 

Natijada,  viloyat  sanoatining  asosini  tashkil  etuvchi  yoqilg’i-energetika, 

mashinasozlik,  qurilish  materiallari,  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati  kabi  tarmoqlar 

barpo  etildi.  Sanoat  tarmoqlari  shakllanishining  kech  boshlanganligi  hozirda 

viloyatda sanoat majmuasi, ichki tarmoqlar tuzilishi va hududiy tashkil etilishining 

takomillashmaganligiga sabab bo’lgan.  

Mavjud  tarmoqlar  asosan  mahalliy  xom  ashyoni  qayta  ishlashga 

ixtisoslashgan edi. Viloyatning markazdan uzoqligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 

yetishtirishga qulayligi, asosan paxta yetishtirish va uni birlamchi qayta ishlashga 



ixtisoslashganligi sababli viloyat respublikada sanoat rivojlantirish darajasiga ko’ra 

so’nggi  o’rinlardan  birini  egallab  kelgan.  Jumladan,  1970  yilda  jami  ishlab 

chiqarilgan mahsulotning aholi jon boshiga to’g’ri kelish indeksi bo’yicha viloyat 

ko’rsatkichi 0,56ga teng bo’lgan. Xuddi shu yil sanoat rivojlanish darajasiga ko’ra 

0,48 ko’rsatkichi qayd etilgan bo’lib, bu ko’rsatkich Toshkent viloyatidan 3 marta, 

respublika  o’rtacha  ko’rsatkichidan  esa  2  marta  kam.  Qayd  etilgan  holat  keyingi 

yillarda  ham  ijobiy  tomonga  o’zgarmadi.  II  Jahon  urushidan  keyin  va  ayniqsa, 

Afg’onistonga  SHo’ro  qo’shinlarining  kiritilishi  viloyatni,  xususan,  uning  asosiy 

sanoat markazlaridan biri hisoblangan Termizni yopiq zonaga aylantirdi.  

Mustaqillikka  erishgach,  barcha  sohalarda  bo’lgani  kabi  sanoatda  ham  tub 

o’zgarishlar  yuz  berdi.  Surxondaryo  viloyati  sanoati  o’tish  davri  qiyinchiliklari 

natijasida  ba’zi sohalarda  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  kamaydi,  ayrimlari  esa 

o’z  faoliyatini  to’xtatdi.  Mahsulot  ishlab  chiqarishda  nodavlat  sektorining  o’rni 

ko’rina boshladi. Masalan, 1999 yil ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 92 

foizi  nodavlat sektorida ishlab  chiqarilgan  bo’lsa,  2010  yilga kelib  bu ko’rsatkich 

deyarli  100  foizga  yetdi.  Mavjud  sanoat  korxonalari  zamonaviy  dastgohlar  bilan 

ta’minlana  boshlandi.  Natijada,  Jarqo’rg’on  ip  yigiruv-to’quv  fabrikasi,  SHo’rchi 

un kombinati kabi korxonalarini chet el zamonaviy uskunalari bilan qayta jihozlash 

hisobidan  ishlab  chiqarish  quvvatlari  bir  yarim-ikki  barobar  oshdi.  Xo’jaikon  tuz 

konida  yiliga  50  ming  tonna  osh  tuzi  ishlab  chiqaruvchi  korxona,  Denov  yog’-

ekstraktsiya  zavodida  yiliga  10  ming  tonna  sovun  ishlab  chiqarish  quvvatiga  ega 

yangi liniya ishga tushdi.  

Viloyat  hududida  hozirda  chet  ellik  hamkorlar  bilan  birgalikda  qurilgan 

«Surxon  Atlantik»,  «Surxonteks»,  «Oltin  chigit»  kabi  ruyhatga  olingan  49  ta 

qo’shma  korxonalardan  44  tasi  faoliyat  yuritmoqda  (2012  yil).  1999  yilda  20 

qo’shma  korxona  800  mln.  so’mlikka  yaqin  mahsulotlar  ishlab  chiqargan  bo’lsa, 

2012  yilda  mahsulot  ishlab  chiqarayotgan    qo’shma  korxonalar  104751,8  mln 

so’mlik mahsulot va xizmatlar ishlab chiqardi.  




Viloyat  sanoati  respublikaning  barcha  hududlarida  bo’lgani  kabi 

mustaqillikning  ilk  yillarida  turli  iqtisodiy  qiyinchiliklarga  duch  keldi.  Bunga 

sabab  sifatida  mavjud  ishlab  chiqarishni  tashkil  etuvchi  shakllaridagi 

(ixtisoslashuv,  kooperatsiya)  uzilishlar,  boshqaruv  tizimidagi  o’zgarishlar, 

moliyaviy  qiyinchiliklarni  ko’rsatish  mumkin.  Natijada  sanoat  ishlab  chiqarish 

hajmida  o’sish  darajasi  pasayib  bordi.  Sanoat  tarmoqlarida  mahsulot  ishlab 

chiqarish  so’nggi  yillarda  eng  past  ko’rsatkichi  1993  yilda  qayd  etildi  (99  %). 

Oldingi  yillarda  mavjud  zahiralar  asosida  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqargan 

bo’lsa,  bu  yilda  iqtisodiy  qiyinchiliklar  tufayli  ko’pgina  korxonalar  o’z  ish 

faoliyatini to’xtatgan, ba’zilarida mahsulot ishlab chiqarish hajmi qisqargan. 1991-

1996  yilgacha  bo’lgan  davrda  viloyatda  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  5 

martaga  ko’paygan  bo’lishiga  qaramay  o’sish  darajasi  oldingi  yillarga  nisbatan 

past  bo’ldi.(1-jadvalga  qaralsin)  Statistik  ma’lumotlarga  ko’ra  1991  yil  viloyatda 

2130,7  mln.  so’mlik  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqargan  bo’lib,  bu  ko’rsatkich 

respublika sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 3,3 foizini tashkil qilgan. 

2- jadval  




Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish