O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «tabiyot fanlari» fakultеti


 Sanoat tarmoqlarining joylashuviga ta‟sir etuvchi omillar



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/30
Sana31.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#249397
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
surxondaryo viloyati sanoati tarmoqlari rivojlanishi va istiqbollari

1.2. Sanoat tarmoqlarining joylashuviga ta‟sir etuvchi omillar. 

Sanoat  tarmoqlari  rivojlanishi  asosan  tarmoqning  taraqqiyoti  uchun  omillar 

mavjud bo’lgan hududlarda joylashtirilishi bilan bog’liqdir.  

Joylashtirish  sanoat  ob’ektlarining  aniq  xom  ashyo,  yoqilg’i,  energiya, 

mehnat  resurslari  va  tayyor  mahsulot  iste’molchilar  to’plangan  hududlarga 

bog’liqligi tushuniladi. Bundan ko’rinib  turibdiki, joylashtirish tushunchasi ishlab 

chiqarishni xududiy tashkil etish jarayonining bir qismi sifatida namoyon bo’ladi. 

Sanoat  hududiy  tashkil  etishning  samaradorligini  aniqlashda  ikki  xil 

qonuniyatlar xisobga olinadi: 

1.  Tarmoqlarning hududiy ajralishiga ta’sir ko’rsatadigan qonunlar. 

2.  O’zaro  aloqador  tarmoqlarning  muayyan  hududda  uyg’unlashuviga  sabab 

bo’luvchi qonuniyatlar. 

 

Agarda  biror  bir  hududda  transport  tarmoqlaridan  xom  ashyo,  yoqilg’i 



energetika kabi omillardan unumli foydalanadigan korxonalar mavjud bo’lsa va bu 

korxonalar  bir-biri  bilan  ishlab  chiqaradigan  mahsuloti  asosida  birlashsa,  katta 

samaraga erishish mumkin. Bu asosda o’sha hudud o’ziga xos mahsulot turi ishlab 

chiqaradi  va  hududiy  geografik  mehnat  taqsimotida  ishtirok  etadi.  SHu  asosda 

ushbu hudud uchun ma’lum tarmoqqa ixtisoslashuvi yuz beradi.  

 

Yuqorida ko’rsatilgan  qonuniyatlar sanoatni hududiy tashkil etishda har bir 



davrda  o’ziga  xos  namoyon  bo’lgan  geografik  mehnat  taqsimoti,  yoki  turli 

tarmoqlardagi  o’zaro  aloqadorlik  natijasi  bo’lgan  ishlab  chiqarishni  hududiy 

integratsiyasi  kabi  jarayonlar  hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  davrida  yangi  ko’rinishga 

ega bo’lmoqda. Mavjud cheklangan resurslardan iloji boricha samarali foydalnish 

zarur  bo’lgan  yangi  iqtisodiy  munosabatlar  sharoitida  tobora  takomillashgan   

ishlab  chiqarish  manbalarini  tashkil  etish  shu  kunning  dolzarb  talabi  bo’lib 

bormoqda.  Sanoatni  hududiy  tashkil  etish,  o’sha  hududda  mavjud  bo’lgan  tabiiy, 

moddiy  va  mehnat  resurslar  bilan  qay  darajada  ta’minlanganligiga,  ishlab 

chiqarishni  ijtimoiy  tashkil  etish  shakllarining  rivojlanish  darajasiga  sanoat, 

shaxarlar  va    aloqa  yullarining  tarixan  tarkib  topgan  joylashuviga  hududning 




iqtisodiy  jihatdan  o’zlashtirilganlik  darajasi  kabi  omillarga    bog’liq.  SHunday 

omillar  borki,  ular  sanoat    korxonalarining  joylashishiga  tug’ridan  –tug’ri  ta’sir 

ko’rsatadi.  Bular  xom  ashyo,  yoqilg’i- energetika, suv, ishchi  kuchi, transport  va 

iste’mol  omillaridir.  Bu  iqtisodiy  georafiq  moxiyatiga  ko’ra,  bir-biridan  farq 

qilishiga  qaramay,  bular  bir-biri  bilan  chambarchas  bogliq.  Agar  xom  ashyo, 

yoqilgi-energetika,  suv  omillarini  ko’rib  chiqsak,  uning  ko’lami  hudduda  mavjud 

omillarning  zaxiralariga  qarab  fikr  yuritilsa,  ishchi  kuchi  va  iste’molchi  omillari 

aholining  ushbu  qismi  egallagan  hududning  katta-kichikligiga  qarab  aniqlanadi. 

Transport  omili  esa  yuqorida  qursatilgan  omillar  orasida  o’zaro  aloqalar  uchun 

xizmat qiladi. Bundan qelib chiqib, shartli ravishda xom ashyo, yoqilgi-energetika, 

suv,  ishchi  kuchi  va  iste’molchi  omillarini  joylashtirish,  transport  omilini  esa 

masofa  omili  deb  atash  mumkin.  Sanoat  tarmoqlarini  joylashtirishda  ishtirok 

etadigan omillarni tasniflashda olimlar o’ziga xos turli variantlarni  taqlif etishgan. 

A.T.Xrushchev tasniflashning uch xil ko’rinishini taklif etadi. Bular: 

I.  Iqtisodiy texnik kursatkichlarga ko’ra; 

II.  Xom  ashyo,  yoqilg’i-energetika,  mehnat  iste’molchi  omillarining 

sanoatni joylashishiga ta’siriga ko’ra;  

III. Joylashtirish va masofa omillarining tarmoqlariga ta’siri: 

1.  Materialni (xom ashyoni) ko’p talab qiladigan tarmoqlar. 

2.  Energiyani ko’p talab qiladigan tarmoqlar. 

3.  Mexnat resurslarini ko’p talab qiladigan tarmoqlar. 

Materialni  (xom  ashyoni)  ko’p  talab  qiladigan  tarmoqlar  xom  ashyo  va 

maxsulot ishlab chiqarish uchun ketadigan asosiy materiallarni ko’p sarflashi bilan 

ajralib  turadi.  Ko’pgina  tarmoqlarda  xom  ashyo  salmog’i  tayyor  maxsulotga 

qaraganda  ortiqroq  bo’ladi.  Bularga  metallurgiya  majmui,  mashinasozlik,  o’rmon 

va yog’ochsozlik sanoati kabilar kiradi. 

 

Energiyani  ko’p  talab  qiladigan  tarmoqlar  mahsulot  ishlab  chiqarishda 



elektr,  yoqilg’i,  issiqlik  ko’p  iste’mol  qilishi  bilan  ajralib  turadi.  Bularga  rangli 


metallurgiyaning alyuminiy va titan ishlab chiqarish sanoatlari, ximiya sanoatining 

kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk ishlab chiqarish kabi tarmoqlar kiradi.  

 

Mexnat  resurslariga  ishlab  chiqarish  mahsulot  birligiga  to’g’ri  keladigan 



ishchi  kuchi  sarfiga  ko’ra  aniqlanadi.  Ishchi  kuchi  to’plangan  hududlarda 

joylashtirish  zarur  bo’lgan  tarmoqlarga  mashinasozlik,  yengil  sanoat,  kimyo 

sanoatiinng ba’zi tarmoqlari bu guruhga misol bo’la oladi.  

 

Hozirgi  davrda  O’zbekistonda,  shu  jumladan,  o’rganayotgan  ob’ektimiz 



bo’lgan Surxondaryo viloyatida prezidentimiz I.A.Karimov «Qulay iqlim sharoiti, 

ulkan mineral xom ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishloq xo’jaligi xom 

ashyosining qatta zaxiralari xaqli su’ratda O’zbekiston mintaqa va dunyoning eng 

boy  mamlakatlari  qatoriga  olib  chiqadi…»  deb  ta’kidlashlariga  qaramay,  mavjud 

omillardan samarali foydalanish darajasi unchalik yuqori emas. Iqlim, xom ashyo, 

yoqilg’i-energetika,  mehnat  resurslari,  iste’molchi  omillariga  ega  bo’lgan 

Surxondaryo viloyatida asosan yengil sanoat ba’zi tarmoqlari rivojlanganligi bunga 

yaqqol misol bo’ladi. Yuqorida  sanab o’tilgan omillar yordamida viloyatda rangli 

metallurgiya,  kimyo  vaneft  kimyosi,  yokilgi-  energetika  sanoatalrini  barpo  etish, 

mashinasozlik,  yengil  va  ozik-ovkat  sanoatlarini  yanada  rivojlantirish  uchun 

viloyat  imkoniyatlariga  mos  tushadigan  regional  sanoatsiyosatini  utkazish 

maksadga muvofik buladi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish