I. BOB. SANOAT TARMOQLARI RIVOJLANISHINING NAZARIY
ASOSLARI.
1.1. Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmog‟i.
Moddiy ishlab chiqarish jamiyat xayoti va taraqqiyoti uchun zarur bulgan
moddiy ne’matlar yaratish jarayoni bulib xisoblanadi. U qishilik jamiyat
taraqqiyotining turli formatsiyalarida uziga xos shaklda mavjud bulib, har bir davr
uchun moddiy asos bo’lib xizmat qilgan. Uning tarkibiga sanoat, qishloq xo’jaligi,
qurilish, transport, aloqa, o’rmon xujaligi, moddiy texnika ta’minoti, qishloq
xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, savdo umumiy ovqatlanish kabi tarmoqlar
kiradi. Ushbu tarmoqlar ichida har bir davlat iqtisodiyotini yuksalishida asos bo’lib
xizmat qiladigan tarmoq – sanoatning o’rni katta.
Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik va texnik tomondan eng
takomillashgan tarmog’i. Bu o’zi uchun va mamlakat iqtisodiyotining boshqa
sohalari uchun mehnat qurollari tayyorlaydigan, shuningdek, xom ashyo, yoqilg’i,
energiya olish, yog’och tayyorlash mavjud sanoat va qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon,
elektr stantsiyalari) majmuidir.
Sanoat geografisi asoschilaridan biri hisoblangan A.T.Xrushchyov ta’biri
bilan aytganda: «Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog’i
bo’lib, o’z ichiga tabiiy resurslarni qazib olish va xom ashyolarni qayta ishlash
jarayonlarini qamrab oladi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari
qayta ishlash jarayonida yetakchi o’rin tutishi, mashinalar majmuiga egaligi,
uzluksiz
ishlab
chiqarish
jarayoni
mavjudligi,
ishlab
chiqarishning
mujassamlashuvi, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinattsiyalashuv kabi
ko’rinishlarining mavjudligi va joylashuviga ko’ra farq qiladi».
Shuningdek, sanoatning muhim xususiyatlaridan biri, qishloq xo’jaligi
darajasida tabiiy omillarga bog’liq emasligidadir. Sanoat tarmoqlarida asosan
qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan davriylik bilan bog’liqligi ham sezilarli emas.
Faqat sanoatning qishloq xo’jalik mahsulotlarini birlamchi qayta ishlovchi
tarmoqlarda baliq ovlash, yog’och kesish kabi sohalarida oz ko’rinishda bog’liqlik
bor. Sanoatda inson texnologik jarayonlarga ta’sir ko’rsata olsa, bu holat qishloq
xo’jaligida sanoatdagi kabi darajaga ko’zga tashlanmaydi. Bunday farqlarni
moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan ham ko’rish mumkin.
Albatta, bu tabiiy xol. Yaratilgan mahsulot muomilada bo’lsa, qurilish sohasida
yaratilgan mahsulot esa o’zining qo’zg’almasligi bilan farqlanadi. Bunday
holatlarni transport, aloqa, savdo kabi moddiy ishlab chiqarishning boshqa
sohalarida xam ko’rish mumkin.
Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi mehnat taqsimotining o’sishi,
ishlab chiqarishni differentsiyallash va ixtisoslashtirish bilan bog’liq.
XVIII asr oxirlarida qishloq xo’jaligi va unga yondosh tarmoqlarning
rivojlanishi asta sekin sanoatning paydo bulishiga olib qeldi. Yevropaning
rivojlangan davlatlarida, ayniqsa, Angliyada shakllana boshlagan bu jarayon sanoat
inqilobi nomini oldi va butun dunyoda yangi texnik davrni boshlab berdi. Sanoat
rivojlanishida aholining qishloq xo’jaligida band bo’lgan qismlari asta –sekin
sanoat tarmoqlarida faoliyat ko’rsatadi. Sanoat korxonalari joylashgan xududlar
asta-sekin korxonalar yiriklashuvi natijasida shaharlarga, vaqt o’tishi bilan sanoat
rayonlariga aylana berdi.
Foydalanish, o’simlik va hayvonot resurslarini ishlatish, sanoat va qishloq
xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq ishlab chiqarish vazifalarini
bajaradi. Ishlab chiqariladigan maxsuloti ishlatadigan xom ashyosi, ishlab
chiqarish texnologiyasi kabi belgilariga ko’ra sanoat tarmoqlari bir necha
guruxlarga ajratiladi. Bu birinchi o’rinda undiruvchi sanoat tarmoqlari va qayta
ishlovchi sanoat tarmoqlari. Undiruvchi sanoatga tog’-kon sanoatining barcha
yunalishlari, GESlar, o’rmon, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari ovlash kabilar
kiradi. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga tog’ –kon va o’rmon, yogochsozlik
tarmoqlaridan boshqa barchasini o’z ichiga oladi. SHuningdek, ishlab
chiqariladigan mahsulotlarning iqtisodiy ahamiyati va takror ishlab chiqarish
jarayonidagi roli jihatidan ham sanoat tarmoqlari guruhlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |