Surxondaryo viloyati sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlar tarkibi (foiz hisobida)
Sanoat tarmoqlarining jami mahsulot ishlab chiqarish
hajmidagi salmog‟i (% hisobida)
1991 y
1996 y
2000 y
2012 y
Jami sanoat
100
100
100
100
SHu jumladan: Elektro - energetika
-
-
-
0.7
Yoqilg’i sanoati
1,0
6,8
5,9
11,9
undan : Ko’mir
0,4
2,2
2,5
1,0
Neft qazib olish va qayta ishlash
0,6
4,6
3,4
10,9
Mashinasozlik va metalga ishlov berish
3,2
5
4
1,3
O’rmon va yog’ochsozlik
0,6
0,3
0,4
0,7
Qurilish materiallari sanoati
5,2
7,8
6,2
4,6
Engil sanoat
63,2
50,3
45,8
54,1
Undan : paxta tozalash
59,0
46,7
41,1
49,9
Ip-gazlama
1,3
2,9
3,9
3,2
Tikuvchilik
2,1
0,6
0,4
0,13
CHinni-fayans buyumlari ishlab chiqarish
0,1
0,03
0,01
0,004
Oziq-ovqat sanoati
26,4
28,7
34.9
24,5
Undan: Non
1,8
2,4
4,2
2,6
Konditer mahsulotlari ishlab chiqarish
-
-
0,1
0,1
Makaron
-
0,2
0,14
0,1
Yog’-moy
2,9
4,3
4,9
5,3
Vinochilik
2,8
2,2
4,0
1,2
Meva-sabzavot
0,7
1,0
1,3
0,08
Go’sht va sut
10,2
1,4
2,15
2,0
Baliq
0,1
0,02
0,02
0,02
tuz
0,9
2,4
2,1
0,4
Un va un mahsulotlari
7,0
14,6
19,6
12,7
Meditsina
-
1,6
-
Poligrafiya
0,1
0,3
0,2
0,1
Boshqa sanoat tarmoqlari
0,3
0,8
1
2,1
Viloyatda mavjud sanoat tarmoqlarida 40ga yaqin turdagi sanoat
mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ularning asosiy qismini xalq iste’mol mahsulotlari
tashkil etadi. SHu bois, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish yildan-yilga ortib
bormoqda. Sanoat markazlari asosan mintaqaning tekislik qismida joylashgan
bo’lib, transport yo’llari yaqinidagi IGO’ qulay aholi manzilgohlarida shakllangan.
Sanoat tarmoqlari orasida mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra qishloq
xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan yengil va oziq-ovqat
sanoatining hissasi katta. Ushbu sanoat tarmoqlarining rivojlanishi uchun viloyatda
arzon xom ashyolar bilan birga mehnat resurslari ham yetarlidir. Yengil sanoatning
asosiy tarmog’i paxta tozalash sanoati hisoblanadi. Bu tarmoq jami viloyat sanoat
mahsulotining 47,1 va yengil sanoat mahsulotlarining 93,2 foizini ta’minlaydi.
Mintaqa ilk sanoat korxonasi hisoblangan 1912 yilda qurilgan Termiz paxta
tozalash zavodi ham shu tarmoqqa tegishli. Hozirda viloyatda 11 ta yirik paxta
tozalash zavodlari mavjud bo’lib, SHerobod, Jarqo’rg’on, Denov paxta tozalash
zavodlari eng yiriklari hisoblanadi. So’nggi yillarda xom ashyo miqdorining
kamayib
borayotganligi
korxonalarning
to’liq
quvvat
bilan
ishlay
olmayotganligiga sabab bo’lmoqda.
Oziq-ovqat sanoati mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra viloyat
sanoatida ikkinchi o’rinni egallaydi. Uning un va un mahsulotlari (SHo’rchi,
Jarqo’rg’on), yog’ va sut mahsulotlari (Denov, Termiz), go’sht va go’sht
mahsulotlari (Termiz), meva konservalari (Denov, Oltinsoy, Sariosiyo), sharob va
sharob mahsulotlari, spirtli ichimliklar (Denov, Oltinsoy) kabi ishlab chiqarish
sohalari mavjud. Ushbu sanoat tarmog’ining 20 dan ortiq sanoat korxonalari
orasida SHerobod tuz zavodi, SHo’rchi un kombinati, Termiz go’sht kombinati,
Denov sharob-aroq zavodlari mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra sezilarli
salmoqqa ega.
Ma’lumki, Surxondaryo viloyatida neft va gaz qazib olinadi. SHu bilan birga
mintaqa sanoatida o’ziga xos o’rin tutuvchi asosan maxalliy xom ashyolar asosida
mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlardan biri yoqilg’i-energetika sanoatidir.
Ko’mir asosan SHarg’un konidan yopiq usulda qazib olinib, respublikadagi asosiy
toshko’mir koni hisoblanadi. Barcha tarmoqlarda bo’lgani kabi ushbu tarmoqda
ham mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1991 yilga nisbatan kamayib ketgan. Agar
1991 yilda 199 ming tonna ko’mir qazib olingan bo’lsa (bu respublika umumiy
ko’rsatkichining 3,3% ni tashkil etadi), 2012yilga kelib bu ko’rsatgich 109 ming
tonnani tashkil etdi (respublika umumiy ko’rsatgichining 3,6%). Bunday holat
ko’mir qazib olish eskirganligi va toshko’mirni energiya oluvchi manbaa sifatida
ishlatish maqsadga muvofiq emasligi natijasida yuzaga keldi.
Hozirgi vaqtda davlat tamonidan «SHarg’un ko’mir koni» sho’’ba
korxonasiga kiritilgan 1 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi investitsiya yordamida
korxonani modernizatsiya qilinmoqda. SHu asosda mahsulot miqdorini 120 ming
tonnaga yetkazish ko’zda tutilgan. Ko’mir koni yaqinida tashkil etilgan ko’mir
briketlari ishlab chiqarish fabrikasini ham qayta ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Qazib olingan mahsulot yangi ishga tushirilgan temir yo’l liniyasi orqali Olmaliq
tog’ kon metallurgiya kombinati va Angren IES iga olib boriladi. Demak,
Toshg’uzor- Boysun- Qumqo’rg’on temir yo’lining ishga tushirilishi ushbu
hududning IGO’ni qulaylashtirib qolmay, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga
ham ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, viloyatda To’da, Gurun, Angar kabi
toshko’mir konlari ham aniqlangan bo’lib, ular kelajakda viloyatda ko’mir
sanoatining rivojlanishiga yordam beradi.
Neft qazib olish viloyat sanoat mahsulotlarining 2,1% ni ta’minlaydi va bu
ko’rsatkich ham so’nggi yillarda keskin pasaymagan. Masalan, 1991 yilda 136,8
ming tonna neft qazib olingan bo’lsa, 2010 yilga kelib bu ko’rsatkich 142,4 ming
tonnani tashkil etdi. 2010 yil ma’lumotlariga ko’ra viloyat respublikada qazib
olingan neftning 2,9 % ni bergan. Viloyat nefti tarkibida turli qo’shimcha
moddalarning ko’pligi, qayta ishlovchi korxonalarining yo’qligi sababli hozirda
asosan yo’l qurilishida bitum sifatida foydalaniladi, bir qismi Qorovulbozor neftni
qayta ishlash zavodiga yuboriladi. Umuman neft sanoati viloyat yoqilg’i-
energetika majmuasida istiqbolli soha hisoblanadi. CHunki, aniqlangan neft
konlari hozircha to’liq ishga tushirilmagan. SHu bilan birga xorijiy davlatlar bilan
birga turli mintaqada neft konlarini qidirib topish ishlari olib borilmoqda.
Tabiiy gaz qazib olish mustaqillikning ilk yillaridan boshlab keskin kamaya
bordi. 2006 yilga kelib viloyatda gaz qazib olish ishlari to’xtatildi. Lekin hozirda
Boysun gaz sarmoya blokida olib borilayotgan tekshirish ishlari ijobiy natija bersa,
viloyat sanoat tarmoqlari orasida gaz sanoati yana o’z o’rniga ega bo’lishi
mumkin.
Yoqilg’i energetika majmuasining elektrenergetika tarmog’i viloyatda juda
past darajada rivojlangan. 2006 yilda To’polon daryosida barpo etilayotgan
To’polon GES ning 2 energobloki ishga tushirilgan bo’lib, har bir energoblok 15
mVt. quvvatiga ega.
Qurilish materiallari sanoati mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra viloyat
sanoatida 4 o’rinni egallaydi. Ushbu sanoat tarmog’ining 30dan ortiq korxonasi
mahalliy hom ashyoga tayangan holda mahsulot ishlab chiqaradi. G’isht zavodlari
viloyatning ko’pgina tumanlarida mavjud bo’lib, Sarosiyo, Jarqo’rg’on, Uzun
tumanlaridagi zavodlar eng yiriklari hisoblanadi. SHuningdek, ohak tayyorlash
(Qumqo’rg’on, Oltinsoy), temir-beton (Termiz, Qumqo’rg’on, Surxon, Denov),
marmarga sayqal berish (Kampirtepa), shag’al tayyorlash (Sariosiyo) kabi
tarmoqlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Hozirda ishlab chiqarilayotgan mahsulot
asosan mahalliy ehtiyojlar uchun ishlatiladi.
Viloyatning SHerobod tumanidagi Beshbuloq konida aniqlangan 150 ming
tonna miqdoridagi xom ashyo zahirasi asosida salkam 300 mln AQSH dollarlik
chet el investitsiyasini to’g’ridan-to’g’ri jalb etish yordamida Janubiy Koreya
davlati bilan hamkorlikda yuqori sifatli tsement ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma
korxona tashkil etilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, viloyat sanoatini
rivojlantirish uchun amalga oshirilgan 15ta investitsion loyihalarning 6tasi qurilish
materiallari sanoatini modernizatsiya qilish doirasida amalga oshiriladi. Ushbu
tadbirlar kelajakda boy xom ashyo manbaiga ega bo’lgan qurilish materiallari
sanoatining yanada rivojlanishiga yordam beradi.
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati viloyatda past darajada
rivojlangan bo’lib, bu yerda ushbu tarmoqqa tegishli bo’lgan 10ga yaqin korxona
mavjud. Ularda asosan turli qishloq xo’jaligi mashinalarini ta’mirlash va ayrim
qismlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullaniladi. Tarmoqda Termiz va Denov
ta’mirlash mexanika zavodlari eng yiriklari hisoblanadi. Ushbu sanoat tarmoqining
paxta tozalash asbob-anjomlari va ularga ehtiyot qismlari ishlab chiqarish tarmog’i
1991 yilga nisbatan bir necha o’n barobarga o’sgan bo’lib, bunga viloyat sanoatida
salmoqli o’rin tutuvchi paxta tozalash sanoati korxonalari uchun uskuna va ehtiyot
qismlariga doimo ehtiyoj yuqoriligi sabab bo’ladi. Chorvachilik uchun mashina va
asbob-uskunalarga talab yo’qligidan 1999 yildan beri bu turdagi mahsulotlar ishlab
chiqarilmaydi. Ma’lumki, ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish va
joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar orasida IGO’ omili o’ziga xos ahamiyatga
ega. Bu omil ayniqsa, sanoatning rangli metallurgiya, mashinasozlik kabi og’ir
tarmoqlari rivojida salmog’i katta. Demak, mintaqa IGO’ qulaylashuvi mazkur
tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatining oshishiga imkoniyat yaratadi.
O’rmon-yog’ochsozlik (SHo’rchi mebel fabrikasi), poligrafiya sanoatining
(viloyatning yirik tumanlarida jami 11ta bosmaxona bor) ham viloyat sanoatida oz
bulsa-da o’z o’rniga ega. Barcha sanoat tarmoqlari, yuqorida aytib o’tilganidek,
kelajakda rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit, xom ashyo manbaalari mavjud.
Bu nafaqat mavjud sanoat tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlabgina qolmay,
balki neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, kimyo sanoat tarmoqlarini barpo
etish uchun asos bo’la oladi.
Viloyat sanoat tarmoqlarini tahlil etar ekanmiz, asosiy sanoat markazlari
muhim transport yo’llarida joylashganini ko’ramiz. Ayniqsa, sanoatning bir necha
tarmoqlari rivojlangan Denov, Sho’rchi, Qumqo’rg’on, Jarqo’rg’on, Termiz
shaharlari viloyatning asosiy temir va avtomobil yo’llari tutashgan transport
tugunlaridir. Chunki, zaruriy xom ashyoni yetkazib berish, tayyor mahsulotni
tashish kabi jarayonlar transport bilan ta’minlanganlik darajasiga bevosita bog’liq.
Bu jihatdan «Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on» temir yo’lining ishga tushirilishi
ham mavjud tabiiy boyliklari to’liq o’zlashtirilmagan, asosan yengil sanoat
tarmog’i mavjud bo’lgan Boysun shahrining iqtisodiy salohiyatini yuksalishiga
imkon beradi.
Viloyatda 2013 yil 1-yarim yilligida jami 1097 ta, shundan 23 ta yirik, 1074 ta
kichik sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ushbu korxonalarda
16711 nafar ishchilar mexnat qilishmoqda.
Viloyatda 2012 yilda jami 513,4 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarilib, o’tgan yilning o’tgan yilga nisbatan o’sish darajasi 112,7 foizni tashkil
qildi. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 226,1 ming so’mdan iste’mol mollari
83,9 ming so’mdan to’g’ri keldi. Viloyat yalpi hududiy mahsulotida sanoat
mahsulotlarining ulushi 9,4 foizni tashkil etdi.
Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari tarmoqlar bo’yicha tahlil qilinganda;
- qurilish materiallari sanoatida 128,9 foizga,
- yengil sanoatda 111,8 foizga,
- yoqilg’i sanoatida 121,5 foizga,
- elektorenergetika sanoatida 112,7 foizga
- o’rmon, yog’ochini qayta ishlash va qog’oz-tsellyuloza sanoati
115,6 foizga,
- un-krupa va kombikorma sanoati 110,1 foizga,
- Oziq-ovqat sanoati 120,8 foizga,
- Mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 120,5 foizga,
- Qora metal sanoati 336,7 foizga o’sishga erishildi.
O’tgan yilning shu davriga nisbatan natura holida shag’al 8,6 ming m. kub.,
tayyor paxta gazmollar 9,0 ming m. kv., omuxta yem 4,2 ming tonna, neft bitum
3,1 ming tonna, osh tuzi 1010,0 tonna, gazli suv 1,5 ming litr ko’p ishlab
chiqarildi.
Hisobot
davrida
ishlab
chiqarilgan
sanoat
mahsulotlarining
73,4 foizi asosiy sanoat korxonalari, 2,3 foizi yordamchi sanoat korxonalari, 13,9
foizi
kichik
sanoat
korxonalari
va
10,4
foizi
yakka tartibda mehnat qiluvchilar hissasiga to’g’ri keldi.
Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarida “Surxonpaxtasanoat” XAB tizimidagi
korxonalarning ulushi 33,9 foizni (174,2 mlrd. so’m), “Jarqo’rg’on neftni qayta
ishlash” Q.K.niki 13,7 foizni (70,4 mlrd.so’m), “Surxondonmahsulotlari” AJniki
3,2 foizni (16,5 mlrd.so’m), “SHo’rchidonmahsulotlari” XJniki 6,2 foizni (31,9
Do'stlaringiz bilan baham: |