O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/39
Sana22.12.2022
Hajmi1,49 Mb.
#894382
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n

«3 x 4» TEXNOLOGIYASI.
Texnologiyaning xarakteristikasi. Ushbu 
mashg‘ulot talaba (yoki o‘quvchi)larni aniq bir muammoni (yoki biror mavzuni) 
yakka holda (yoki kichik jamoa bo‘lib) fikrlab hal etishda, echimini topish, ko‘p 
fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida 
qo‘yilgan muammo (yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, 
shuningdek o‘z fikrlarini maqullay olishga o‘rgatadi. Bu texnologiya talaba (yoki 
o‘quvchi)lar bilan avval yakka holda, so‘ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan 
holda yozma ravishda o‘tkaziladi. 
Texnologiyaning maqsadi: talaba (yoki o‘quvchi)larni erkin, mustaqil va 
mantiqiy fikrlashga; jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan 
nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o‘z fikrini o‘tkazishga, uni 
ma’qullashga; qo‘yilgan muammoni echishda va mavzuga umumiy tushuncha 
berishda o‘tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish. 
Texnologiyaning 
qo‘llanilishi: 
seminar, 
amaliy 
va 
laboratoriya 
mashg‘ulotlarida yakka tartibda (yoki kichik guruhlarga ajratilgan holda) o‘tkazish 


87 
hamda guruh a’zolarini bir necha marotaba joylarini o‘zgartirib berilgan 
vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. 
Mashg‘ulotda foydalanadigan vositalar: A – 3, A – 4 formatdagi qog‘oz 
varaqlari (guruh soniga qarab), flomaster (yoki rangli qalam). 
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: 

o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)larning umumiy soniga qarab 3 – 5 
kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (kichik guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani 
maqsadga muvofiq); 

o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)larga mashg‘ulotning maqsadi va 
o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog‘ozning yuqori 
qismida yozuvi bo‘lgan varaqlarni tarqatadi; 

o‘qituvchi kichik guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan asosiy 
fikrni faqat uchta fikr, ya’ni uchta so‘z, yoki so‘zlar birikmasi, yoki uchta gap bilan 
davom ettirishlari mumkinligini uqtirai va buni amalga oshirish uchun aniq vaqt 
belgilaydi; 

guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan fikrni yozib 
davom ettiradilar; 

vazifa bajarilgach, guruh a’zolari o‘rinlaridan turib soat mili 
yo‘nalishi bo‘yicha joylarini o‘zgartiradilar, ya’ni 1 – guruh 2 – guruhning 2 – 
guruh 3 – guruhning, 3 – guruh 4 – gurhning (boshqa kichik guruhlar bo‘lsa, shu 
tariqa) o‘rniga o‘tadilar; 

yangi joyga kelgan guruh a’zolari shu erda qoldirilgan tarqatma 
materialdagi fikrlar bilan tanishib, unga yana yangi uchtadan o‘z fikrlarini yozib 
qo‘yadilar; 

guruh a’zolari yana yuqoridagi kabi joylarini o‘zgartiradilar, shu 
tariqa kichik guruhlar o‘z joylariga qaytib kelgunlariga qadar joylarini almashtirib, 
tarqatma materiallariga o‘z fikrlarini qo‘shib boradilar; 

o‘z joylariga qaytib kelgan kichik guruhlar tarqatma materialda 
to‘plangan barcha fikrlarni diqqat bilan o‘qib, ularni umumlashtirgan holda bitta 
yaxlit ta’rif yoki qoida holatiga keltiradilar; 


88 

har bir kichik guruh o‘zlarining mualliflik ta’riflari yoki qoidalarini 
guruh a’zolaridan biri taqdimot qiladi; 

o‘qituvchi kichik guruhlar tomonidan berilgan ta’riflar yoki 
qoidalarga izoh berib, ularni baholaydi, so‘ngra mashg‘ulotni yakunlaydi. 
Kichik guruhlar soni 4 ta bo‘lgani maqsadga muvofiq. Bunday holda kichik 
guruhlar o‘z joylarini faqat 3 marta almashtiradilar va bu bilan o‘quv jarayonini 
zerikarli o‘tishining oldi olinadi. Agar kichik guruhlar soni 4 tadan ko‘p bo‘lsa, u 
holda ularni ikki potokka bo‘lib, kichik guruh a’zolarining almashinuvini har bir 
potok o‘rtasida alohia, taqdimotni esa birgalikda o‘tkazish mumkin. 
Agar auditoriya kichik guruhlarning joylarini almashtirishga moslanmagan 
bo‘lsa, u holda talaba (yoki o‘quvchi)larni joylarini almashtirish o‘rniga guruhlarga 
tarqatilgan materiallarni almashtirish orqali, ular dastlabki olingan guruhlarga 
qaytib kelgunga qadar almashtirilib, talaba (yoki o‘quvchi) fikrlari to‘planadi, 
ulardan umumiy ta’rif (yoki qoida) keltirib chiqarilai va taqdimot qilish ham 
mumkin. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish