O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 49,41 Kb.
bet4/13
Sana13.07.2022
Hajmi49,41 Kb.
#792628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5206202538365294989

Kurs ishining tuzilishi: Kirish, ikki bob, to‘rt fasl, umumiy xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Har bir inson hayotdagi muayyan hodisalarga ma'lum bir tarzda munosabatda bo'ladi. Bu aqliy jarayon doimiy ravishda sodir bo'ladi va inson faoliyati bilan uzviy bog'liqdir: oddiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish, o'qish, mehnat, ijod bilan. Inson hech qanday his-tuyg'ularsiz ovqatlanishini tasavvur qilishning iloji yo'q, aksincha, u nafaqat ochligini qondirishga yordam beradigan, balki ma'lum ijobiy his-tuyg'ularni keltirib chiqaradigan taomni tanlaydi. Sevimli va sevilmagan odamlar bilan muloqot qilishda inson ko'p his-tuyg'ularni boshdan kechiradi. Ba'zi psixologlarning fikriga ko'ra, bu jarayon har bir shaxsning tug'ilgan paytdan boshlab faoliyatini belgilaydigan muhim rag'batlantiruvchi kuchdir. Boshqacha qilib aytganda, his-tuyg'ular inson xatti-harakatlarini ongli ravishda tartibga solishga kuchli ta'sir qiladi, bundan tashqari, ular nafaqat zaiflashtirishi, balki irodani kuchaytirishi mumkin. Insonning mehnat qobiliyati va umuman, uning ishlashga bo'lgan istagi ularga bog'liq.
1-BOB. HISSIYOTLAR,EMOTSIONAL HOLATLARNING NAZARIY ASOSLARI.

    1. Hissiyotlar.Ularning vazifalari va turlari.Hissiyotlar emotsional munosabat sifatida.

Kishilar idrok qilayotgan ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g‘azab-nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish zavq uyg‘otadi. Odamlarning o‘zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga munosabatini boshdan kechirishi his-tuyg‘ular yoki emotsiyalar deyiladi. His – tuyg‘ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko‘radigan predmetlar va hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimizni (mehnat, o‘qish, o‘yin) uning muvaffaqiyati va mag‘lubiyatini ham his – tuyg‘ular uyg‘otadi. Hissiyot voqelikni aks ettirilishidir. Odam ayni bir paytda tirik organizm va jamiyat a'zosi bo‘lishi bilan birga, o‘z miyasida alohida shaxs sifatida, ayrim obyektlar bilan qiladigan obyektiv munosabatlarni aks ettiradi. Odam miyasida olamning aks ettirishni ana shunday o‘ziga xos tomoni hissiyot sohasi yoki inson shaxsining emotsional tomoni hisoblanadi. Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya’ni ehtiyojlar subyektining uning uchun ahamiyatli bo‘lgan obyektlar bilan bolgan munosabatlarning aks ettirilishidir. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan obyektlarga bo‘lgan munosabatlarni aks ettirish haqida gap ketganda qo‘llash mumkin. Belgilari xususan yaqqol namoyon bo‘ladigan hissiyotlarning ichdan kechirishdan iborat bo‘lgan ruhiy jarayon sodir bo‘lishining konkret shaklinigina emotsiya deb ataladi.
Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo‘lmaydi.
Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga tasir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan ayrimlari aniq bo‘lib ajraladi, ba'zilari bir -birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg‘otib biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin, ma’lum qo‘zg‘alishlar, tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqidagi yoki notinchlik haqidagi darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa, insonning shaxsiy tajribasi tarkib topadigan shartli reflekslar tizimini mustahkamlanishi sifatida namoyon boladi. Hissiyotni mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi. (impressiv-lotincha - taassurot). Tuyg‘ular atrof-muhitdagi bilish, yo‘nalish va harakatlar jarayoni bilan organik ravishda bog‘liqdir. Haqiqat haqidagi bilimlar bilan bog‘liqligi sababli ular tobora ko‘proq intellektual tarkibga ega.Tuyg‘ularni tasniflashda, avvalo, materialistik psixologiya prinsipidan kelib chiqish kerakki, inson psixikasi u tomonidan obyektiv voqelikning, unga bog‘liq bo‘lmagan holda aks etishi. Insonning his-tuyg‘ulari, uning atrof-muhitga bo‘lgan shaxsiy munosabati bo‘lib, birinchi navbatda ular yo‘naltirilgan hodisaning tabiati bilan hosil bo‘ladi. Bunga asoslanib, hissiyotlar bir-biridan farq qiladi: Ular yo‘naltirilgan haqiqat obyektiga ko‘ra (haqiqiy yoki xayoliy va hk) Ba'zi tuyg‘ularni ta'kidlash kerakki, avvalo,ular eng yuqori deb nomlanganlar. Ushbu his-tuyg‘ular insonning ijtimoiy hayot va madaniyatning turli xil hodisalarini anglashi bilan bog‘liq. Ularning xususiyatlari:
1. O‘zlarining rivojlangan shakllarida ular katta umumlashtirish darajasiga erishishlari mumkin.
2. Ular doimo voqelikning u yoki bu tomoni bilan bog‘liq bo‘lgan
bilan ham bog‘liqdir. Odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ijtimoiy me'yorlarni anglash bilan bog‘liq.
Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari, nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi.
Odamda qattiq qo‘rqish paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi. Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi. Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqida akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak». Dinamik stereotip deganda, tashqi taassurotlarning ma’lum tartibda qaytarilishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar nerv bog‘lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Har turli qiyinchiliklar va qarshiliklarga duch kelish natijasida dinamik streotiplarninng “o‘zgarishi” salbiy emotsional holatni yuzaga keltiradi. Hissiyot va uni kechirishning turli shakllari faqat darak beruvchilik vazifasini emas, balki boshqaruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Emotsiya harakatlarda juda ko‘p tana o‘zgarishlarida ifodalanadi. Odam organizmidagi bu o‘zgarishlar, kechirilayotgan hissiyotning obyektiv ko‘rsatkichi hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo‘lgan, ya’ni ovozning o‘zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo‘ladigan jarayonning qayta o‘zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emotsinal harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi (ekspressiv - ifodalanish).Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli kuydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi.
Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham baribir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi.

Download 49,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish