O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus Ta`lim Vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Universiteti Boshlang`ich ta`lim fakulteti



Download 0,59 Mb.
bet2/5
Sana28.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#711783
1   2   3   4   5
Bog'liq
BT201 -guruh Umarova Charosxon Kurs ishi

Mavzuning dolzarbligi: Yoshlar tarbiyasi barcha davrlarda ham dolzarb muaamolardan biri ekan, ayniqsa bu masalaga mustaqillik yillarida jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. Ularni qanchalik vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va ayniqsa milliy ruhda tarbiyalay olsakgina mustaqil ona diyorimiz yanada gullab yashnaydi, rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallaydi.
Kurs ishini obekti: Amir Temurning pand nasixatlarida axloqiy tarbiya soxasida ilgari surilgan ta`limiy-tarbiyaviy g`oyalardan foydalanib, boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
Kurs ishining predmeti: Amir Temurning pand nasixatlaridan axloqiy tarbiyada foydalanib ta`lim-tarbiya berish mazmuni.
Kurs ishining maqsadi: kichik yoshdagi maktab o`quvchilariga ta`lim-tarbiya berishda Temur tuzuklaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, undan foydalanishning shakil va usullarini ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari: 1. Amir Temurning xayotiy va ijodiy faoliyatini yoritish. 2. Amir Temurning tuzuklarida ilgari surilgan, ta`limiy-tarbiyaviy g`oyalarni yoritish. 3. Tarbiyaviy tadbirlar jarayonida tuzuklardan foydalanish shakillarini asoslash. 4. Amir Temur tuzuklarida foydalanishda o`qituvchining ijodiy maxoratini yoritish.
Kurs ishining amaliy axamiyati, shundan iboratki, unda ilgari surilgan g`oyalardan amaliyotchi o`qituvchilar ta`lim-tarbiya jarayonida keng foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tuzilishi :kirish,3ta reja,umumiy xulosa,foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.

1.Amir Temur pand-nasihatlarida ma`naviy va axloqiy tarbiya masalalarining ilgari surilishi.
Ma`naviyat avlod-ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizlarga qolgan eng katta, bebaho boylik, bitmas-tuganmas xazinalar konidir. Xalqimizning ma`naviy poydevori juda qadimiy va mustahkamdir. Bugungi kunda ma`naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning asosiy masalalaridan biriga aylanib qoldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga katta va uzluksiz e`tibor berib kelinmoqda. Erksevar xalqimiz mustaqillik tufayli o’z eri, o’z tili, o’z diniga ega bo’ldi; milliy g`ururi, izzat obro’si tiklanib, endilikda qadriyatlarimiz, ma`naviy merosimizdan baxramand bo’lmokdamiz. Mustaqillik va ma`naviyat bir–biriga g`oyat bog`liq tushunchalardir. Ma`naviyati buyuk xalqni qul qilish, abadiy istibdod zulmi ostida saqlash mumkin emas. Bunday ma`naviyatning kamol topishi, qalblarga singishi uchun Mustaqillikni mustahkamlash ham lozim bo’ladi. Qudratli kelajagi buyuk davlat, buyuk ijtimoiy–iqtisodiy islohotlar qudratli ma`naviyat zamirida vujudga keladi. Har bir alohida shaxsning va butun millatning ma`naviy kamoloti orqali demokratik huquqiy davlat barpo etiladi. Davlatimiz rahbari shu bois ham ma`naviyat va ma`rifatga doimo katta e`tibor berib kelmoqda. SHu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o’zligani tanib, o’z shajarasini idrok etmoqda, tarix oldidagi vazifasini anglab olmoqda. Inson ma`naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Islohatlarning birinchi bosqichida milliy ma`naviyatni yuksaltirish yo’lida ko’zlangan maqsad to’la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma`naviy, mafkuraviy parokandalik davriga barham berildi. Ijtimoiy hodisalar bilan birga milliy ma`naviyatimiz yuksala bordi. Ma`naviy erkin va ozod xalq teran va komil tafakkur tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Boshqacha aytganda, faqat ma`naviy sog`lom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bo’lishi mumkin. Ma`naviy tarbiya sohasida ko’zbo’yamachilikka yo’l qo’yish nihoyatda xatarli. Ma`naviyat jamiyat hayotining shunday bir nozik, ahamiyatli sohasiki, bu borada xo’jako’rsinga ish qilish iqtisodiy va siyosiy sohalarda kugilmagan turli inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bu sohada o’zi bo’larchilik va lo’ttibozlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Kishilarda, xususan yoshlarda yangi ma`naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon xisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun keng ko’lamli madaniy, tarixiy, ma`rifiy, tarbiyaviy ishlarii amalga oshirish kerak bo’ladi. Eski tuzum sharoitida tarkib topgan ma`naviy inqirozga barham berish, yangicha tafakkurga ega bo’lgan insonni shakllantirish murakkab, muayyan davrni talab qiluvchi, asta–sekin amalga oshadigan jarayon bo’lganligi sababli tarixning burilish davrlarida jamiyat hayotida ma`na–viy bo’shliq holatlari ham yuzaga kelishi tabiiydir. Bu bo’shliq jamiyat uchun iqtisodiy, siyosiy inqirozga nisbatan ancha xatarliroq kechadi. Bunga keyingi vaqglarda yuz bergan mudhish voqealar yaqqol misol bo’la oladi. SHu sababli tarixiy burilish davrlarida ob`ektiv tarzda yuzaga keladigan bunday holatlarni chuqur anglab, ularga to’g`ri munosabatda bo’lish lozim. Mamlakatimiz rahbariyati buni to’g`ri anglab, bunday holatlarning qalqib yuzaga chiqishining oldini faqat odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon–e`tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mistaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligina olish mumkinligini, mustaqillik tafakkuri, ma`naviyatini shakllantirish, maqsad, vazifa, vositalari yo’llarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligini ta`kidlab kelmoqda. Zotan, yosh mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma`naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. SHuning uchun ham yurtboshimiz «Yuksak ma`naviyat – kelajak poydevori» degan hikmatli shiorni yanada balandroq ko’tardiki, yuksak ma`naviyat mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun muhim va zaruriy tamoyillardan biri bo’lib qoldi. Ma`naviyatli va e`tiqodli kishilar o’z maslagi, vatani uchun jonini fido qilishga ham tayyordirlar. O’zbekiston bozor munosabatlariga to’la o’tayotgan davrda ma`naviy–axloqiy qadriyatlarning ahamiyati tobora o’sib borayotganligi ma`naviy barkamol avlodni tarbiyalashni eng dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo’ymoqda. Bozor munosabatlarida ham yuksak ma`naviyatli va axloq–odobli, iqtidorli, bilim saviyasi yuqori va chuqur, zukko, ishbilarmon, ishchan kishilar zarur. Qashshoq ma`naviyat, ma`naviy–axloqiy sust, bilim saviyasi yuzaki va past, ishning ko’zini bilmaydigan kishilar bozor munosabatlarida ko’zlangan maqsadga erisha olmaydilar. Bundan xulosa shuki, hech kechiktirmay, ikkilanmay ma`naviy–ma`rifiy tarbiya masalasi haqida o’ylash, uni to’g`ri yo’lga solish vazifasi kelib chiqadi. Bunda biz ma`rifatparvar Abdulla Avloniyning: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir», degan o’gitiga amal qilishimiz zarur. SHarqona odob–axloq va umumbashariy g`oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma`naviyatli, ya`ni ma`naviy barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma`naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e`tiqodi, ruhiyati, xulq–atvor normalari, axloq–odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma`naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini o’ylaydilar. Ular muteliqda, qaramlikda yashashni istamaydilar. Sog`lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma`naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, axloqiy pok, ma`rifatli farzandlarni, avlodni tushunmog`imiz kerak. Bunday kishilar o’zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari – iymon va insof, mehr–oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or– nomus, o’zaro hurmat, yuksak Vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g`oyalarni mujassamlashtirgan bo’lishlari lozim. Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to’rt jihatga e`tiborni qaratdi, ya`ni har bir fuqaro: – o’z haq–huququni taniydigan bo’lsin, buning uchun kurashsin; – o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo’lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko’rsin; – atrofda sodir bo’layotgan voqea–hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin; – shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg`un holda ko’rib, faoliyat yuritsin. Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to’liq ta`rifdir. Ma`naviy barkamol inson shon–shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan quvmaydi, moddiy qiyinchiliklarga duch kelganda qaddi bukilmaydi, ba`zan uyushtirilgan tuhmatu– fitnalar uning ruxini tushira olmaydi. Demak, har qanday shum taqdir va qismat pokiza, mard, ma`naviy barkamol inson ma`naviyatini buza olmaydi, balki mustahkamlaydi, chiniqgiradi. Yuksak darajadagi ma`naviyatga ega inson – fidoyilik, jasorat, mardlik, o’z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlaridan faxrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma`naviy–axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma`naviy–axloqiy barkamollikning asosiy qirralariga yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, quyidagilarni kiritish mumkin: ota–onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a`zolari, qo’ni–qo’shnilari, mahalla–ko’yi, qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg`urish; tevarak–atrofdagi insonlar unga kerak bo’lganligi singari, o’zi ham ularga kerakli bo’lishga intilishi; odob–axloqi, fe`l– atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash; ota–bobolardan, ajdodlardan yodgor bo’lib qolgan madaniy merosni qadrlash; milliy qadriyatlarni e`zozlash va ularga sodiq bo’lib qolish; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg`ularining barqaror bo’lishi; o’zaro muomala–munosabatda o’rnak bo’lishga moyillik, birovning og`irini engil qilishni odat qilish; umumxalq ma`qullagan va hukumat tomonidan qonuniy qabul qilingan Konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko’rsatish; Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy–vatanparvarlik tuyg`ulari bilan yashash; diyonat va adolat, mexr– shafqat va ezgulikni himoya qilish; va`daga vafoli bo’lish va boshqalar kiradi. Ma`naviy barkamol inson fazilatlarining asosiy qirralari izohi kelgusi ma`ruzalarimizda bayon qilinishini nazarda tutib, ushbu ma`ruza doirasida ular haqida to’xtashni lozim topmadik. Ma`naviy–ma`rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida, ayniqsa Siz kabi talabalarda shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g`urur bo’lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xissietlar jo’sh urmaydi. Ma`naviy–ma`rifiy barkamollikning qirralaridan biri milliy iftixordir. Milliy g`urur bu milliy iftixordir. Milliy g`urur o’z xalqining bir necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma`naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf– odaglari, an`analari, odob–axloqi, turmush tarzi, yuksak ma`naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboklariga cheksiz hurmat va e`zoz bilan munosabatda bo’lish, avaylab–asrashdir. O’z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, o’z millatining istiqboli uchun qayg`urmaydigan, qurashmaydigan kishilarda milliy g`urur ham, millat bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo’lmaydi. Bunday kishilarni ma`naviy barkamol inson deya olmaymiz. SHunday qilib, yuqorida ma`naviy barkamol inson, uning mohiyati va asosiy qirralarining ba`zi jihatlari ustidagina fikr yuritdik. Uning qolgan ba`zi qirralari navbatdagi savol va ma`ruzalar bayonida yoritib boriladi. Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga etkazish haqida musulmon SHarqi axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qo’llanma vazifasini o’tagan ko’p pandnomalar, xalq kitoblari mavjud bo’lgan. SHulardan ba`zilarini sanab o’tamiz. Chunonchi, Kaykovusning «Qobusnoma», Sa`diyning «Guliston», «Bo’ston», Amir Temurning «Temur tuzuklari», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Alisher Navoiyning «Mahbubul–qulub», Xusayn Voiz Koshifiyning «Axloqi muhsiniy» va boshqalarni ko’rsatishimiz mumkin. Bu asarlarning ko’pchiligida odil shoh va adolat, halollik, soflik, poklik, to’g`rilik, rostgo’ylik, insonparvarlik, ma`rifatli bo’lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan. Yuqoridagilarni hozirgi mustaqil hayotimiz, turmush tarzimiz, kishilarning, ayniqsa, yoshlarning intilishlari bilan boglab komil inson chizgilariga quyidagi xislat va fazilatlar kirishini umumiy tarzda bayon etishimiz mumkin: Komil insonning umumiy xislatlari: Komil insonning axloqiy fazilatlari: Ishbilarmonlik xislatlari: Zukkolik, idroklilik fazilatlari: Sobitlik xislatlari: Extiroslilik xislatlari Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo, fuqarolik burchini a`lo darajada his etaditgan shaxs bo’lishi darkor. Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har birimiz: «SHu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?» deb emas, balki: «Men o’zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?» deb o’ylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak. Davrga ta'sir etgan omillar yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan ulkan xazinadir. Mamlakatimizning dunyoga mashhur bo'lishida, insonlar tarbiyasida bu davr o'z rolini bajarmoqda va mustaqilligimizni mustahkamlashda, xalqimizning milliy g'ururini shakllantirishda xizmat qilmoqda. Har bir davrning moddiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etuvchi o'z omillari bo'ladi. Temuriylar davri ma'naviyatining yuksalishiga ta'sir etgan omillar- IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda ro'y bergan o'zgarishlar, buyuk Uyg'onish davri (Sharq Renessansi) kashfiyotlari, i1m-fan sohasidagi katta o'zgarishlar, buyuk allomalar Ibn Sino, Forobiy, Farg'oniy, Beruniy, Buxoriy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning asarlari, keyingi asrlardagi voqealardir . Mutaxassis olimlarning fikrlariga qaraganda, mashhur shayx Bahouddin Naqshband tariqati Amir Temur davri mafkurasi asosini tashkil etgan va u yuksak e'tibor topganligi tasodifiy emas eqi. «Diling Allohda, qo'ling - mehnatda bo'lsin»,- degan buyuk hikmat Amir Temur dunyoqarashiga mos edi. Uzoq cho'zilgan vayronagarchilik, mislsiz urushlar bu o'lkada yagona va qudratli davlat barpo etilishini hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o'rnatilishini tarixiy zaruratga aylantirgan edi. Avvalo, shuni aytish joizki, Chig'atoy avlodidan bo'lgan Tarmashirinxon (1326-1334) o'ldirilgandan keyin Movarounnahrda beqarorlik kuchaydi. Lekin 13 chig'atoiylarning birontasining ham kuchayib borayotgan feodal tarqoqlikka barham berishga kuchi yetmadi. Chig'atoy ulusi 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo'linib ketdi. Masalan, Kesh viloyatida Hoji Barlos o'zini hokim deb e'lon qildi. Xo'jand va unga qarashli yerlarda amir Boyazid Jaloir mustaqillik e'lon qildi. Birbirlari bilan talonchilik urushlari boshlanib ketdi. Mo'g'uliston xoni Tug'luq Temurxon (1336—1405) bu parokandalikdan foydalanib, 1360-yil fevralida sanoqsiz lashkar bilan Movarounnahrga bostirib kirdi. Sayram mo'g'ulga qarshilik ko'rsatmay taslim bo'ldi. Sirdaryoning o'ng va so'l tomonlari ham shu zaylda egallandi. O'zini hokim, xon deb atagan boshliqlar ham qochib keta boshladi yoki mo'g'ul qo'shinlariga qo'shildi. Lekin xalqqa qiyin bo'ldi. Mo'g'ullar 1369-yilgacha Movarounnahrda xo'jayinlik qilishdi. Urushlar, to'qnashuvlar hammaning tinkasini quritdi. Vatan ozodligi va mustaqilligi yo'lida jonini tikkan yolg'iz Amir Temur bo'ldi. U markazlashgan mustaqil davlatga asos soldi. Har qanday daylat o'z faoliyatida ma'lum ijtimoiy guruhning maqsad ya manfaatlarini himoya qiladi. Masalan, quldorlik daylati qul egalarining, feodal davlati yirik yer-suv hamda mulk egalarining manfaatini himoya qiladi va hokazo. Temuriylar davlati ham mulkdorlar hukmron bo'lgan daylat edi. Amir Temur ko'p yillar dayom etgan feodal tarqoqlik va urushlar oqibatida vayron bo'lgan xalq xo'jaligini tiklash, shaharlarni qayta qurish ya mamlakatni obod qilishda zo'r tashabbus va jonbozlik ko'rsatdi. Masalan, Samarqand va Banokat shaharlari 1218-1219-yillarda mo'g'ullar tarafidan tamoman vayron etilgan edi. Buxoro, Nasaf (Qarshi) va boshqa shaharlar ham nochor ahvolga tushib qolgan edi. Shaharlarni tiklamasdan, obod qilmasdan turib mamlakatda hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirib bo'lmas edi. Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishi bilanoq shaharlarni tiklash va obodonlashtirish ishiga astoydil kirishdi. Masalan, 1371-1372-yillarda poytaxt Samarqandning buzilib ketgan hisori (qal'a) va uzunligi 70 chaqirim atrofida bo'lgan devorini tiklatdi. O'shanda Shahriston (tashqi shahar) ya uning 6 darvozasi (Shayxzoda, Ohanin, Feruza, So'zangaron, Korizgoh, Chorsu), 4 qavatli ikki ulkan 14 saroy - Ko'ksaroy va Bo'stonsaroy bunyod etildi, shahar ko'chalari ya bozorlari obod qilindi. Shohi Zindada O'ljoy Turkon og'o, Tug'luq Tegin, Qutlug' Turkon og'o, Shirinbeka maqbaralari, xonaqoh va Chortoq qurildi. Temurning rag'bati bilan Samarqand Chorsusida Tim va shaharning u boshidan bu boshigacha kesib o'tgan shoh ko'cha, Ruhobod maqbaralari ham qurildi. Sohibqiron Amir Temur o'z hayoti dayomida ko'plab shaharlar, masjid-u madrasalar, maqbaralar, xonaqohlar, qal'a-qasrlar, bog'-rog'lar, sug'orish inshootlari, rayon yo'llar, ko'priklar barpo ettirdi. Ularning, ba'zilarini o'g'illari, nabiralari, saroy malikalari, islom rahnamolari nomi bilan atashga da'vat etdi. Biroq barpo etilgan inshootlarning birontasiga ham Amir Temur nomi berilmadi. Bunga uning o'zi xohish bildirmadi. Amir Temur davrida Samarqand yangicha usulda qayta qurildi. Mo'g'ullar hukmronligi davrida, ya'ni keyingi 140 yil davomida biron-bir katta bino qurilmagan edi. Amir Temur dunyo madaniyatiga, ma'naviyatiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk shaxsdir. Amir Temur qurdirgan Bibixonim masjidi (1404), Oqsaroy qasri (1380-1404), Dorus-saodat maqbarasi (1380) oliy imoratlardir. Amir Temur davrida bog' yaratish ish1ari beqiyos rivojlandi. Bog'lar xalqning urf-odatlari va mavjud sharoitdan kelib chiqib yaratilgan. Tadqiqotchi O'.Alimov ta'kidlashicha, Sohibqiron Samarqand atrofida 12 ta bog'-saroy barpo ettirgan. Bular Bog'i Naqshijahon, Bog'i Behisht, Bog'i Shohrux, Bog'i Dilkusho, Bog'i Shamol, Bog'i Davlatobod, Bog'i Bo'ldi, Bog'i Maydon, Bog'i Baland, Bog'i Chinor, Bog'i Jahonnamo, Bog'i Navbog'laridir. Bulardan tashqari mamlakatning boshqa joylarida ham ko'plab bog'lar yaratilgan. Amir Temur jismonan baquvvatligi va yuksak ma'naviyati bi1an odam1ardan ajra1ib turadigan, har qanday odamning ruhiga ta'sir o'tkazadigan hamda o'ziga bo'ysundiradigan buyuk shaxs edi. Ang1iya1ik tadqiqotchi Xi1da Xukxemning fikricha, Amir Temur O'rta Osiyo o'tmish taraqqiyotida to'p1angan siyosiy, iqtisodiy va madaniy merosni o'zida mujassamlantirgan va bu madaniy merosning davomchisi bo'lgan shaxsdir. Amir Temurning avlodlaridan ko'pchi1igi shunday obodonchi1ik ish1arini davom ettirdi1ar. Mirzo U1ug'bek qurdirgan madrasa1ar, Husayn Boyqaro davrida A. Navoiy boshchiligidagi obodonchilik ish1ari, Boburiy1ar davridagi noyob quri1ishlar bunga misol bo'la oladi. Amir Temur o'z ulkan saltanatini Boshqaruvini ulus-ulus qilib idora qilgan. Movarounnahrdan boshqa barcha o'lka va mamlakatlarni u 4 ulusga bo'lib, o'g'il, nabiralariga taqsimlab bergan. Ulus hokim1ari mustaqil hukmdorga o 'xshardi. Ularning o'z devon1ari, xazinasi va qo'shini bo'lgan. Lekin ular ulusning muhim ishlarini otasi va markaziy hukumat bilan kengashib qilishardi. Ayni mahalda Amir Temur ularning yonida o'zining ishonch1i odamlarini tutardi. Ulus hokimlari xirojning bir qismini markaziy davlat xazinasiga jo'natib turishlari shart edi va zarur bo'lib qolsa, otasi yoniga qo'shin bilan borib, xizmat qilishga majbur edi. Amir Temur markaziy davlat tizimini ixcham va ishchan qilib tuzdi, bunda songa emas, sifatga e'tibor berdi. Davlat siyosatini belgilashda va uni amalda hayotga tatbiq etishda naqshbandiya tariqati g'oyalarini ifodalovchi «rosti-rusti» qoidasi asos qilib olindi. Sohibqiron bu g'oyani takomillashtirib, «Kuch- adolatdadir» degan mashhur hamda shu davrgacha davlatlar tajribasida ommaviy qo'llanilmagan qoidani kashf etdi. Davlat ishiga iymonli, diyonatli kishilami o'tqazdi. Davlatni boshqarishni 4 omilga bog'liq deb bildi: 1. Saltanat. 2. Xazina. 3. Qo'shin (sipoh masalasida). 4. Raiyat (qora xalq). Saltanatni yuritishda vazirlar masalasiga e'tibor qaratildi. Vazir 4 sifatga ega bo'lishi shart bo’gan. Bular: 1) asllik va toza nasllik; 2) aql- u farosatlilik; 3) raiyat va sipoh ahvolidan boxabarlik; 4) sabr-toqatlilik va tinchliksevarlik. Amir Temur tuzgan markaziy davlat tizimini bor-yo'g'i 7 vazir boshqargan: 1) mamlakat va raiyat vaziri (vaziri a'zam -Bosh vazir); 2) sipoh vaziri (sipohning ta'minoti va uning umumiy ahvoli); 3) moliya ishlari vaziri (egasiz - davlatga qarashli yer-suv va mulk; 4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir (kirim- chiqim masalasida); 5) adliya ishlari vaziri bo'lib qozilar devonga rahbarlik qilgan; 6) devoni mushrifga rahbarlik (voqea-hodisalardan xabardorlik); 7) xorijiy mamlakatlar bilan bo'ladigan munosabatlarga mutasaddilik. Amir Temur saltanatni boshqarishda kengash, mashvarat va maslahatga alohida e'tibor bergan. Kengash - bu yaqin, ishonchli odamlar bilan muhim davlat ishlari yuzasidan qilinadigan maslahat, yig'ilish. Mashvarat esa mashoyix, ulamo, fuzalo, vuzaro va boshqa arkoni davlatni to'plab qilinadigan yig'ilish. «Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa-da, - deydi u, -aqli raso va hushyor kishilardan kengash-u tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozim». «Davlat ishlarining 9 ulushini, - deydi u, - kengash, tadbir va mashvarat bilan, qolgan bir ulushini qilich bilan hal qildim». Amir Temur el-yurtni o'z tasarrufiga olish va itoatda tutish uchun 12 tuzuk tuzdi: 1) Podshohlar bir so'zlik bo'lishi va aytgan so'ziga amal qilishi, belgilangan har bir ishini bilib qilishi lozim. 2) Har bir ishda adolatpesha bo'lishi, atrofida ham shunday kishilarni tutishi zarur . 3) Ne ishniki qilar bo'lsa, o'zi hukm chiqarsin. 4) Biror ishga azmu qaror qilar ekan, qarorida qattiq tursin. 5) Oning amr-u farmoni hamma uchun vojib bo'lsin. 6) Podshohlik ishlarini biron boshqa kimsaga ishonib berib qo'ymasin. 7) Ne ish qilmoqchi bo'lsa, boshqalar bilan kengashsin, lekin maslahatning foydalisini olsin. 8) Saltanat, raiyat va Sipoh ishlarida yaxshi-yomon gaplar eshitsa, haqiqat qilib, shoshmasdan, mulohaza bilan hukm chiqarsin. 9) Sipoh va raiyat oldida o'zini haybatli va jiddiy tutsinki, hech kim bo 'yin tovlash va gap qaytarishga jur'at etolmasin. 10) Raiyat, xazina, lashkar va saltanat podshohning hukmi ostidadir, u buni doimo esda tutmog'i lozim. 11) Saltanatni idora qilishda boshqani o'ziga sherik qilmaslik kerak. 12) Ahli kengashdan ogoh va hushyor bo'lmog'i olzim, chunki ko 'pincha ayb axtaradilar va uni tashqariga tashiydilar . Amir Temur tuzgan bu davlat barcha ijtimoiy tabaqalarga suyangan va qonun asosida boshqariladigan yangi bir davlat edi. «Saltanatim binosini, -deb yozadi Amir Temur, - dini islom, to'ra va tuzuk (qonun-qoida) asosida mustahkamladim. Saltanatimni boshqarishda uchragan har qanday ishni tuzukka binoan qildim». Temurdan keyingi uning izdosh1ari ham boshqaruv san'atiga ama1 qi1ib, uni takomillashtirishdi. Ayniqsa, Mirzo U1ug'bek davrida bu narsa yaqqo1 ko'rindi. Movarounnahrning qadimiy iqtisodiy, madaniy shuhratini tiklash yillarida uning ma'naviy salohiyati yanada kamol topdi va ijtimoiy hayotda to'la1igicha namoyon bo'ldi. Shuning uchun ham mam1akat ijtimoiy hayotining barcha tomon1ari, dav1at idora tizimi, iqtisodiy, mo1iyaviy, dehqonchi1ik, hunarmandchilik, savdo, madaniyat, fan, me'morchi1ik, harbiy masa1a1ar, xa1qaro a1oqa1ar, is1om dini, shariat va boshqa soha1ar maqsadga muvofiq rivoj1andi. Amir Temur dav1atni boshqarishda, uning ichki va tashqi siyosatini be1gi1ashda, xa1q ommasi, mansabdor shaxs1ar, olim-u fuza1o1ar, is1om rahnamo1ariga munosabatda Al1ohga, iymonga, tafakkurga, kitobga va eng so'nggi chora sifatidagina qi1ichga asoslanib ish yuritdi, hukm chiqardi. Demak, Amir Temur buyuk dav1at arbobi va yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan dono hukmdor bo'lib, ham siyosiy, ham ma'naviy jihatdan juda katta tarixiy ahamiyatga egadir. Zero: 1. Amir Temur XIV asrdayoq mam1akat va mintaqalararo munosabat1arni chuqur1ashtirib, yagona iqtisodiy makonga bir1ashtirishga harakat qildi. Integratsiyani ish1ab chiqib, Buyuk Ipak yo'li o'tgan .mam1akat1ar o'rtasida madaniyat1ar mu1oqotini bosh1ab berdi. 2. Amir Temur dav1at tizimi va boshqaruvni tashki1 etishda o'ziga xos maktab yaratdi, ado1at1i jamiyat qaror toptirishda qonun ustuvor1igiga rioya qi1di. 3. Amir Temur dav1atchi1ik tamoyillarini rivoj1antirdi, uni aq1-idrok sa1ohiyatiga tayanib, taktik va strategik asosda shakllantirdi; 4. Amir Temur sa1tanati ma 'naviyat va oliy darajadagi madaniyatga yo'g'ri1gan sa1tanat edi. «Temur tuzuk1ari». Amir Temur ma'naviyat masalalari tomomdan XIV-XV asrlarda yozilgan bo'1ib, dastlab turk tilida chop etilgan. 1783-yilda ing1iz tilida nashr qilingan. Birinchi marta o'zbek tiliga 1967-yilda forschadan tarjima qi1ingan. «Temur tuzuk1ari»da Amir Temur, Movarounnahrning 1342-1405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mam1akatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va ax1oqiy tamoyillari Jfodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir. Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mam1akatlarni, masalan, Eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376- 1395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya su1toni Boyazid Yildirim (1389-1402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kim1argtayanish, bosh1iqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va bosh1iqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi. Amir Temur davlatni boshqarishda o'zidan avval o'tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat va mamlakatni boshqarishda 1 yoki 2 tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyandi. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, davlat asosini 12 ijtimoiy toifa tashkil qiladi: 1) sayyidlar (payg'ambar avlodlari), ulamo, mashoyix, fozil kishilar; 2) ishbilarmon, donishmand kishilar; 3) xudojo'y, darvesh, qalandarlar; 4) no'yonlaramirlar, ya'ni harbiy kishilar, mingboshilar; 5) sipoh va raiyat; 6) maxsus ishonchli kishilar; 7) vazirlar va sarkotiblar; 8) hakimlar va tabiblar, muna]imlar va muhandislar; 9) tafsir va hadis olimlari; 10) ahli hunar va san'atchilar, hunarmand, kosiblar; 11) so'fiylar; 12) tojir (savdogar) va sayyohlar xorij bilan savdo-sotiq. Uning taqdirini 3 narsa: podshoh, xazina va askar hal qiladi. Qo'shin, asosan, o'n, yuz, ming va tumanga bo'lingan, o'n kishilik harbiy bo'linma tepasida turgan bosWiq- o'nboshi, shuningdek... yuzboshi, mingboshi, tuman boshlig'i, no'yon deb atalgan. Asarda ularning haqhuquqlari, oylik maoshi ham aniq ko'rsati1gan. Masalan, oddiy sipoh mingan otining bahosi baravarida, bahodirlar 2-14 ot baravarida va h.k. maosh olishgan. «Temur tuzuklari»da qilich chopishda o'zini ko'rsatgan bahodirlar 1-marta o'nboshi, 2-marta o'zini ko'rsatsa - yuzboshi, 3-marta esa mingboshi etib tayinlansinlar, deyilgan. Jang va xizmatda o'zini ko'rsatgan amirlar rag'batlantirilgan. Qaysi bir amir qo'shin bilan mamlakatni olsa, 3 narsa- imtiyoz bilan siylangan. Unga: 1) tug', nog'ora va bahodirlik martabasi;- 2) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi; 3) biron sarhadning noibligi berilgan. Temur tuzgan qo'shin o'zining strategik va taktik mahorati bilan o'sha davrning eng mukammal va kuchli armiyalaridan hisoblangan. «Temur tuzuklari»da o'sha qo'shinning tuzilishi, qurollanishi, harbiy san' ati haqida muhim ma'lumotlar keltirilgan. Qo'shinning harbiy tayyorgarlik darajasi Temuriy shahzodalardan Husayn Boyqaro va Bobur davrida yanada takomillashdi. Boburning buyuk yurishlari bobokalonining taktikasini yaxshi o'zlashtirib, uni davrga moslab rivojlantirganiga yaxshi misoldir . Amir Temur davlatida asasiy qanun vazifalarini bajargan musulmon huquqi islam ta'limatiga asaslangan. Imam Buxariy, Termiziy, Bahauddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Burhaniddin Marg'inaniylarning asarlarida Qur'an ta'rifi bilan birga musulmon huquqi sharhi berilgan. Shariat - keng va mukamma ishlangan huquq qomusi, unda turmushning turli-tuman sahalari: diniy- oilaviy, xalqaro, fuqarolik, jinoiy, axloqiy normalar ifodalangan. Shariatda huquq ilmi yaxshi ishlangan bo'lib, u asasan: I) diniy qoidalarni, mohiyatni o'rganuvchi va 2) tarkibiy huquq ilmining turli sohalariga tegishli bo'lgan qoidalarni o'rganuvchi ikki qismdan iborat. Unda davlat va huquqning paydo bo'lishi va mohiyati i1ohiy kuchga bog'langan holda o'rgani1adi. Davlat va qonunlarni yaratuvchi Alloh bo'lsa, uning yerdagi vakili davlat boshlig'i - shohdir. Bu qoidaga, asosan, avval ilohiy qonunlarning mavjudligi va undan kelib chiqadigan, inson tomonidan qabu qi1ingan qonunlar to'g'risidagi g'oyalar o'rganiladi. Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim. Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi. Garchi Turon zaminida olim1ar, muhandis1ar, usta1ar yetar1i bo'lsa-da, Amir Temur Hindiston, Iroq va Erondan ham olim-u fuzalolarni Samarqandga olib ke1gan. Amir Temur qaysi mam1akatni ega11asa, uning noyob o'ljasi shu o'lkaning rassom1ari, mohir usta1ari hisob1angan. U o'sha yer1ik olimu u1amolarga mehribonlik ko'rsatgan. Albatta, bu tadbir1ar juda yaxshi natija1arga olib ke1gan. Xilda Xukxemning e'tirof etishicha, «Temur dunyoga ke1gan yurtda fa1safa, tibbiyot, matematika, astronomiya, geografiya, tarix, adabiyot soha1arida 01amshumu1 asar1ar yarati1di. Bu asar1ar keyincha1ik Yevropa Uyg'onish davriga turtki bo'ldi va Yevropa ,fanining uzoq asr1ar davomidagi taraqqiyotiga asos bo'1ib xizmat qildi. O'n beshinchi asrni Temuriy1ar Renessansi davri deb atash mumkin». Temur davridagi ilm-fanga g'amxo'r1ik U1ug'bek davriga ke1ib o'z mevasini berdi va Samarqandni dunyoga mashhur qildi. O'n yettinchi asrga ke1ib Angliya qirolligining birinchi astronomi U1ug'bekning «Zijijadidi Ko'ragoniy» asaridan foyda1angan. Temuriy1ar davri ma'naviyatining buyuk namoyandasi, shubhasiz, Alisher Navoiydir. Navoiy maktabi noyob hodisa bo'1ib, hozirgacha dunyoni 101 q01dirib ke1moqda. Albatta, buyuk inson1ar komillik cho'qqisiga oson1ikcha erishgan1ari yo'q. U1ar tur1i qiyin bosqich1ardan o'tgan1ar. O'tmishda ma'naviy kamolotga inti1gan shogirdlar (muridlar) o'zlarini tamomila ustoz (murshid) ixtiyoriga topshirganlar. Shogird faqatgina ixlos va sadoqat ila komil ustoz tarbiyasida yetuklikka erishishi, ilm cho'qqilarini zabt etishi, qabih1ik va razolatga yetaklovchi shayton vasvasalaridan saqlanishi mumkinligi haqida «Turkiston mulkining shayxul mashoyixi» (Alisher Navoiy) bo'lgan Ahmad Yassaviy quyidagi hikmatni bejiz ijod qilmagan: Piri mug'on xizmatida yugurib yurdim, Xizmat qilib, ko 'zim yummay hozir turdim. Madad qildi, Azozilni kovlab surdim, Andin so'ngra qanot qoqib uchdim mano. Talaba1ikning dastlabki davrida ustoz talabada mavjud g'ururni sindirishga harakat qi1gan. Shogirddagi mag'rur1ik illatini bartaraf etmoq maqsadida ustoz eng past, kishilar xazar qiladigan ishlarni bajarishni ham shogirdlariga buyurgan. Jumladan, ulug' mutafakkir Jaloliddin Rumiy ustoz1ari ila masjid va madrasa hojatxonalarini poklashgan. Abu Rayhon Beruniy kutubxonadagi kitoblardan foydalanmoq uchun masjid hovlisini har kuni supurib-sidirgan. So'fi Olloyor tavbasining ijobati uchun kishilarning tahoratiga xizmat qilgan. Bu xil a11omalar ustoz1ar tomonidan buyurilgan ishni bajarmas1iklari mumkin emas edi. Aynan shu xil riyozatlar cheki1gani tufayli g'ururi singan, xudbinlik urug'i qurigan va oqibatda nafsiy illatlardan forig' bo'lib, komillikka inti1uvchi inson qolgan. Yuzaki qaraganda, murshid shogirdiga jabr qilgandek tuyuladi. Lekin bu «jabr» muridni tarbiyalash va chiniqtirish uchun juda zarur ekan. Shu sabab «Ota mehridan -ustoz jabri afzal» , degan purma'no maqol yarati1gan. Bunga monand Amir Temur: «Piri komil shayx Bahouddin Naqshbandiyning: «Kam yegin, kam ux1a, kam gapir» , degan pand- u nasihatlariga amal qildim. Arkoni davlatga, barcha mu1ozim1arga ham aytar so'zim shu bo'ldi: «kam yenglar -ocharchi1ik ko'rmaysiz1ar, boybadavlat yashaysiz1ar, kam uxlanglar -mukammallikka erishasiz1ar, kam gapiringlar dono bo'lasizlar. Amir Temur XIV asrda buyuk Temuriylar davlatiga asos soldi. 1,5 mln. kv. km. hududda- O'rta Osiyo, Qozog'iston, Shimoliy Kaspiy, Shimolda Ural, G'arbda Sibir, Kustanay soyliklari, Sharqda Markaziy Qozog'iston va Tyanshan janubiy etaklari, Pomir tog'liklari, Kopetdog' oldi hududlarida o'z imperiyasini tuzdi. 27 ta podshohlikni egalladi. Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to Sharqiy Rum va Misr yerlarigacha bo'lgan hududlarni islom bayrog'i ostida yagona davlatga birlashtirdi. Sohibqiron tomonidan barpo eti1gan markazlashgan mustahkam davlat qariyb 1,5 asr o'z kuchini ko'rsatdi. Bu esa uning adolat va shariat asosida quri1gani, ustozlari, pirlari Tayobodiy, Sayyid Mir Kulol, Sayyid Barakalar o'gitlariga amal qilgani bilan izohlanadi. Temuriylar mamlakatni 3 asrga yaqin boshqardilar. Amir Temurning tarixiy xizmati shundaki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug'rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Umuman, Amir Temurning jahon madaniyati siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni va tarixiy ahamiyati quyidagilardan iborat: Birinchidan, Amir Temur XIV asrdayoq mamlakatlararo va mintaqalararo munosabatlarni chuqurlashtirish asosida insoniyat taraqqiyotini jadallashtirish zaruriyat ekanligini ko'rsatib berdi. Ikkinchidan, u mamlakatning kuchayib ketgan feodal tarqoqligiga barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi. Uchinchidan, Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvini tashkil etishda o'ziga xos maktab yaratdi. Hammaning qonun oldida tengligi va qonun ustuvorligini ta'min etishi uning buyuk xizmatidir . To'rtinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilik zulmidan ozod bo'lishda yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor qilib (1402), Bolqon yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarni turklarning istibdodidan qutqardi. Beshinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi. O'z umrining ko'p qismini Amir Temur hayotini o'rganishga bag'ishlagan pokistonlik tadqiqotchi Ahmad Doniy: «Hozirgi zamon tarixi Amir Temurning buyuk shaxsiga yetarli e'tibor bermadi. U Osiyoda turk islom yuksalishiga asos soldi. Tarix uning ilmi amali bilan tenglashadigan boshqa bir muqobil hodisani bilmaydi»,- deb yozadi.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish