O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus Ta`lim Vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Universiteti Boshlang`ich ta`lim fakulteti


Amir Temur tuzuklaridagi ogitlardan tarbiya jarayonida foydalanish



Download 0,59 Mb.
bet4/5
Sana28.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#711783
1   2   3   4   5
Bog'liq
BT201 -guruh Umarova Charosxon Kurs ishi

3.Amir Temur tuzuklaridagi ogitlardan tarbiya jarayonida foydalanish.
Men “Boshlang`ich sinf o`quychilarini ma`naviy tarbiyasida Amir Temur o`gitlaridan foydalanish” mavzusida kurs ishini yozar ekanman tajriba sinov ishlarini o’zim faoliyat yuritayotgan maktabda “Amir Temur –faxrimiz g`ururimiz”, “Sarkarda-Amir Temur ” mavzularida tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etdim. Quyida ana shu tadbirlarni keltiraman.
Mavzu: Amir Temur – faxrimiz g`ururimiz
Maqsad:a) O’quvchilarni sohibqiron Amir Temur shaxsi orqali o’quvchilar ma`naviyatiga ijobiy ta`sir ko’rsatish , o’quvchilarni Amir Temur jasoratlaridanibrat olishga o’rgatish
Bayram kechasi metodi: amaliy, nazariy, ko’rgazmali
Bayram kechasi jixozi: Magnitafon, bayramga mos kiyimlar, sharlar, rasmlar.
1- boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz tengdoshlar, hurmatli ustozlar, qadrli o’quvchilar
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz tengdoshlar mana bugun maktabimizda katta tantana. Bugun sinf, o’quvchilarining "Amir Temur faxrimiz, g`ururimiz, mavzusiga bag`ishlab o’tkazishayotgan tadbirga hush kelibsiz"
1 - boshlovchi:Dil mehrigiyosi - salomim mening.
Yuragim kimyosi - salomim mening.
2 - boshlovchi: Assalom dermiz yurakdan avvalo xush keldingiz.
Izlaringiz gardi ko’zga go’yo xush keldingiz,
Bu ko’ngil ko’zgusini qilmay g`ubori zarraga
Qalbingiz olgay yana nur ziyo xush keldingiz.
1-boshlovchi: Bugungi bayram kechamiz sohibqiron Amir Temur bobokolonimiz haqida ekan ular haqida qancha gapirsak munozara yuritsak ham ozlik qiladi
2-boshlovchi: Keling aziz tomoshabinlar hozir o’quvchilar ijrosidagi o’z vazifalari haqida sohibqiron aytganlarini tinglab tomosha qilsak marhamat! Men sifatlarimning eng avvali deb beg`arazlikni tushundim. Hammaga ham bir xil ijodiy va odil qaradim hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdan boyni kambag`aidan ustun qo’ymadim. Men har doim Islomga qat`iu rioya qildim va Alloh taoloning amri bilan
ulug`langan shohlarga, hurmat bilan qaradim Men kambag`allarga hayr - ehson qildim. Har bir mojaro va muammori diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to’g`ri hal qilishga butun shahdimni sarf qildim. Barcha so’zlarimda doimi haqiqatgo’ylikka amal, qildim. Bu dunyo va u dunyo haqidagi eshitganlrimdagi haqiqatni ajrata bildim. Men har kimgaki va`da bersam unga vafo qildim, hargiz va`daga xilof ish
qilmadim. Men doimo va`dalarimni aniq bajarsam shundagina odil, bo’lishimni va kimsaga jabr yetkazishligimni angladim.
1-boshlovchi: Demak Amir Temur sohibqironning yuragidagi kabi ibratli hayot tarzi va tutgan, yul yo’rug`i bugungi kun uchun ham o’rnak qilsa arziydigan ulkan, maktabdir.
2 - boshlovchi: Bugun sharqda tengi yo’q sarkarda buyuk sohibqiron Amir Temur mustaqillik istiqlol sharofati bilan o’z Vataniga qaytdi. Uzoq yillar mobaynida mustaqillikka, istiqlol sharofati bilan o’z vatandoshlari qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o’ringa qoyish imkoniyatlaridan maxrum edi.
1-boshlovchi: Insof iymon tuyg`usi, diyonat, mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyb yarmiga lahongir ersa - da u kuch - qudrat, zo’rlik, zo’ravonlikda emas, aksincha teran adolatda ekanlgini angladi.Shunday ekan keling aziz tomoshabinlar bugun bobokolonimiz Amir temur
ruhlarini shod etib 674 yilligini bayram kechasi tarzida nishonlaymiz.
2 - boshlovchi: Hozir sahnaga qizlarimizni taklif etamiz. O’yin Mustahzod.
1 - boshlovchi: Marhamat, tomosha qiling.
2 - boshlovchi:Ey o’zgan naslidan yaralgan o’zbek,
Shavkati olamga taralgan o’zbek.
Asli nasli toza buyuk millatsan,
Ulushlar ichida qutlug` izzatsan.
2 - boshlovchi: Sahna ko’rinishi
1-boshlovchi: Hozir sizlarga sinf o’quvchilarining Amir Temur faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari to’g`risid tayyorlab kelgan chiqishlarini namoyish etamiz, marhamat tomosha qiling. Birinchidan u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib el - yurtni o’z qo’li ostida birlashtira oldi.
Markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan, tijoratchilik, savdosotiq va madaniyat rivojiga, mustahkam zamin yaratdi. Ikkinchidan Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlar mustamlakachilar zulmidan ozod va bo’lishda yordam berdi. Masalan, o’sha davrning eng qudratli podshosi Boyazid, Eldirimni (1389-
1402) tor-mor keltirib (1402) Usmonli turklaming istibdodiga tushib qolgan "Bolqon" yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlariga ozodlik bag`ishladi. Oltin O’rda xoni To’xtamishni (137-75) ikki hukmdorligidan qutulishni qariyb 300 yil tezlashtirdi.
2 - boshlovchi: Uchinchidan Turkiston zaminini, hunarmandchilik, ilm, fan va madaniyati rivojlangan ilg`or mamlakatlarga aylantirdi. Amir Temurning sa`y - harakatlari bilan obod etilgan shaharlar, (kasabalar, qishloqlami, SHahrisabz, Vixogo, Yassi (Turkiston) shaharlarida qad ko’targan imoratlar, Temur va Temuriylar madaniyati "Ulug`bek va Samarqand” kabi ulug` tushunchalami dunyoga keltirish va dunyo xabarlari tarixiga oltin harflar yozilishi ham Amir Temur bilan bog`liqdir.
1-boshlovchi: Ancha zerikib qoldingiz — a? Endi maktabimiz, qoshida tashkil etilgan "Iste`dod" nomli guruhimiz ijrosida qo’shiq tinglaymiz. Marhamat.(qo’shiq ijro etiladi)
2-boshlovchi: Bugun bunyod etilgan ulug` bobolarimiz, haykalida teran ramz bor go’yoki, jahongir tulporining, jilovini tortib turibdi, qilichsiz, qo’lini oldinda cho’zib jahon xalqlariga omonlik so’ramoqda, "Kuch adolatdadir demoqda"
1-boshlovchi: Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ta`biri bilan aytganda Amir Temur avvalo qudratli davlat qurgan. Davlat qudratli bo’lmasa betakror ma`naviy ham, obidalar ham, tarixiy yodgorliklar ham bo’lmasdi.
1-boshlovchi: Sohibqiron Amir Temuming bergan nasihati va saboqlari uning o’z davri uchun qanchalik muhim, bo’lgan bo’lsa, bugun mustaqil O’zbekiston rivojlanishida ham uning ilgari surgan g`oyalari ahamiyatini uyqotgan emas. Bugun Turkiston xalqlarining rivojlanishida o’zaro munosabatlarini rivojlanishidadir Temur Tuzuklaridan foydalanishning katta ahamiyat kasb etadi.
2-boshlovchi: Davlat ishlarining to’qqiz ulushi kengash tadbir va mashvarat, bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirur.
1-boshlovchi: Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi azmi qat`iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming - minglab tadbirsiz loqayd kishilardan yaxshidur. Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi, ortida yashirin bo’lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab fikrlarini bilmoq lozimdir.
"Bir ishga kirishmay turib undan qutulib chiqish yullarini mo’ljallab qoy" degan ekan Temur, tuzuklarida.
Amir Temurning ibratli va nurma`no o’gitlarining har bir mazmuni va ma`no kerakligi mantiqning kuchliligi teranligi ta`siri umuminsoniy qadriyatlar asosida, qurilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, ular, hadsiz xazin odob – axloqqa oid dasturlardandir. Raqs ijro etiladi
O’qituvchi: Qadrli mehmonlar, muhtaram ustozlar, aziz tengdoshlar. Shu bilan bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur ruhlami shod etib "Amir Temurfaxrimiz g`ururimiz" mavzusiga bag`ishlab o’tkazilgan tantanali kechamizni yakunlaymiz, E`tiboringiz uchun katta rahmat. Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch — qudratini, uning umumbashariy rivojiga qo’shgan hissasini shu asnoda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini eslash kerak.
Amir Temur harbiy sohada jahonga mashhur sarkarda va o’z zamonasining eng qudratli hukmdori bo’lish bilan birga, uning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy san’ati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishiga ko’ra o’z davrining nodir mo’jizasi edi. Sohibqiron tomonidan Movarounnahrda markazlashgan va qudratli davlat barpo etilishi hamda bu erda tinchlik, osoyishtalikning ta’minlanishi bunga asosdir.Biroq ming taassufki, Amir Temur haqida so­vet davrida yaratilgan aksariyat adabiyotlarda, shu­ningdeq ko’pchilik nashrlarda sohibqironning insoniyat oldidagi buyuk xizmatlari hakida deyarli ma’lumotlar berilmagan. Uning harbiy mahorati turli yo’nalishlarda: qismlarni qayta tashkil etishda, dushmanga hujum qilishda turli-tuman usullardan foydalanishda, hujumdan oldin dushman joylashgan erlarni obdon o’rganib chiqishda hamda qo’mondonlikda namoyon bo’ladi.Amir Temur ilm-fan, ma’naviyat ahliga e’tibor, mehribonlik ko’rsatib, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, «Temur olimlarga mehribon, sayidu shariflarni o’ziga yaqin tutar edi. Ular­ning har birini o’z martabasiga qo’yib, izzat-ikromini unga izhor qilar edi».Sohibqironning ma’naviy-axloqiy qarashlari uning «Temur tuzuklari»da mujassamlangan. Mazkur asarda Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari ifodalangan.Amir Temur davlatni boshqarishda o’zi uchun aso­siy yunalishlar deb, din va shariatni oladi: «yana tajribamda ko’rib bildimki, davlat agar din (qoida, rasm, tartib, odat, ravish, tarzi) asosida ko’rilmas ekan, unday saltanatning obro’si, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xshar ekan, uni ko’rgan har kimsa undan nazarini olib qochadi, yohud kasu-nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi, tuynugi yuq uyga o’xshaydi».Buyuk davlatga asos solgan Amir Temurning sarkardalik san’atini, lashkarboshilarni qanday tanlagani va rag’batlantirganini o’rganish, bizningcha, muhim masaladir. Chunki, ulug’ amirning «Davlatu saltanat uch narsa — mulk, xazina va lashkar bilan tikdir», deb aytgan hikmatli so’zlari bugungi kun­da ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.Sohibqiron harbiylikka olinadigan kishidagi sergaklik, xushyorlik va tadbirkorlikni oldingi o’ringa qo’ydi. U aytadiki, «ishbilarmon, mard va shijoatli sohib, azmi qat’iy tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-ming tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidur». U shunday degan: «Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan — yigitning kuch-quvvatiga, ikkinchidan — qilichni o’ynata olishiga, uchinchidan aql-zakovati-yu, kamolotiga e’tibor berdim. Shu uch sifat jamuljam bo’lgandagina navkarlik xizmatiga oldim. Negaki, kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azob-uqubatlarga chidamli bo’ladi, qilich o’ynata oladigan kishi raqibini mag’lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotni bartaraf etmog’i mumkin».
XULOSA.
Kichik maktab yoshidagi bolalarni milliy qadiryatlarimiz asosida axloqiy tarbiyalash muxim pedagogik muammo xisoblanadi. Kurs ishini yozar ekanmiz o`quvchilarning axloqiy jixatdan tarbiyalshda xalqning boy pedagogik merosiga murojat qilish, bugungi kunning muxim muammolaridan biri ekanligiga yana bir bor amin bo’ldi m.Bu muammolarni xal qilishda ta`lim hamda tarbiyaviy jarayonlarni to`gri tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ana shu omillarda biri xalqimizning faxri bo`lgan Amir Temurning xayoti va ijodiy faoliyati haqida xikoya qiluvchi, xikoyat va rivoyatlar bo`lsa, ikkinchisi Soxibqironniong “Tuzuklarida” bayon etlgan pant nasixatlardir. Shuning uchun biz Amir Temurning o`qituvchi tarbiyachilarga quydagi ish shakillarini taklif qilamiz. 1. Amir Temurning xayoti va ijodiy faoliyati haqida xikoya qiluvchi stend va foto albom tashkil qilish. 2. Tarbiyaviy tadbirlarni tshkil qilish. 3. Bolalar ijodiyotidan ko`rgazmalar uyishtirish. 4. Ota-onalar uchun pedagog bilm beradigan maruzalar tashkil qilish. 5. Temuriylar davlat muzeyiga sayoxalar tshkil qilish. Umuman olganda Amir Temurning tarix oldidagi ximatlari benixoya kattadir. Biz pedagoglar “Temur tuzuklarida” ilgari surrilgan ta`limy-tarbiyaviy g`oyalrni o`zimiz yahshi bilishimiz va ta`lim-tarbiya jarayonida keng foydalanishni yo`lga qo`yish lozim.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish