O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus Ta`lim Vazirligi
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Universiteti
Boshlang`ich ta`lim fakulteti
5111700-Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishi yo`nalishi
KURS ISHI
Mavzu: Amir Temurning odob-axloq to`g`risidagi o`gitlari
Tayyorladi:Umarova Charosxon
Qabul qildi: Niyazmetova Nargiza
Toshkent 2021
Mundarija:
Kirish
Reja:
1.Amir Temur pand-nasihatlarida ma`naviy va axloqiy tarbiya masalalarining ilgari surilishi.
2.Boshlang`ich sinf o`quvchilarni milliy iftixor ruhida tarbiyalashda Amir Temur o`g`itlarining tutgan o`rni.
3.Amir Temur tuzuklaridagi o`gitlardan tarbiya jarayonida foydalanish usullari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
Kirish
“Shaxsan men ‘Temur Tuzuklari’ni har gal o`qir ekanman,
xuddiki o`zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo`laman.
O`z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib,
undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma`naviyati
uchun bugun ham oziq bo`ladigan hikmatli fikrlarning
qanchalik hayotiy ekaniga ko`p bor ishonch hosil qilyapman”
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng “... mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida avvalboshdanoq asosiy ustuvor yo’nalishlarga aylangan masalalar....” dan biri barkamol shaxs kamoloti masalasi ekanligi ayon bo’ldi. Jamiyatda barkamol avlodning etishib chiqishi ta`lim-tarbiya ishidagi nechog`lik izchillik va uyg`unlikka bog`liqligi ma`lum. Shu bois ham mamlakatimizda 1997-yilda qabul qilingan “Ta`lim to’g`risida”gi Qonun va “Kadrlarni tayyorlash milliy Dasturi” asosida ta`lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning mazmun mohiyati Milliy istiqlol g`oyasining tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Mamlakatimizda chukur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 2010- yil 27 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining yo’lida barchamizdan aniq maqsadga yo’naltirilgan sa`y-harakatlarni talab etishini ta`kidladi. Yosh avlodni tarbiyalash va o`qitish nazriyasi amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni xar tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash masalasini ilmiy hal qilib bo`lmaydi. Ibn Sino, al-Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Qozizoda Rumiy, Amir Temur, Ulug`bek, Ali Qushchi, Bobur, Alisher Navoiy kabi ulug` mutafakkirlar, inson ma`naviy va tafakkur dunyosini boyitishda, insoniy ongni, madaniy- ma`rifiy qarashlarini o`zgarishda o`z davrida va keyinchalik ham asosiy ro`l o`ynadilar. Ular tomonidan inson kamolotiga doir beqiyos, ta`limotlar yaratildi. Ularning axloq-odobiga doir ma`nviy qarshlari butun jahonga o`rnak bo`larli mano va mazmun kasb etdi. Men milliy merosimizga murojat qilib, jahongashta sarkarda bobomiz Amir Temurning tuzuklarida ilgari surilgan barkamol tarbiyasi borasida olib borgan bildirgan fikr-mulohazalarini, tuzuklardagi g`oyalardan foydalanish xususida to`xtalmoqchiman. Sarkarda bobomiz Amir Temurning tuzuklarida ilgari surilgan barkamol insonni tarbiyalash haqidagi axloqiy fikrlari bugungi kun yoshlar tarbiyasi uchun ham muhim ekanligini hammamiz bilamiz. Ularning inson tarbiyasi haqidagi qarashlari mustaqil respublikamiz kamolga yetkazishda muhimdir. Shaxsni tarbiyalashda soxibqiron haqidagi rivoyatlardan boshlang`ich ta`lim jarayonidan boshlab o`qishi, sinfdan tashqari o`qish, odobnoma va turli tadbirlarda foydalanish, ulardan foydalanishning yo`l-yo`riqlarini ishlab chiqish lozim. Amir Temur bohodir, qo’rqmas, jasur kishi sifatida gavdalanadi. Bugungi yosh o`quvchilarimiz Amir Temurning qahramonliklari, qilgan jangu-jadallari, qurdirgan obidalari, yaratgan bog`lari zafarga to`la yurishlari asosida, hamda yaratgan tuzuklari asosida ta`lim-tarbiya berish zamoning muhim masalasidan biridir. Amir Temurning bolalarga yoshligidanoq bilim, ma`lumot va tarbiya berishlikni ko`rsatib, o`g`il-qizlarni yoshlikdan tarbiyachiga-muallimga berish lozimligini aytadi. Shu bilan yoshlar ilk yoshidayoq fanlar va hunarlarni egallab olmoqligi lozimligini ta`kidlaydi. Umuman olganda Amir Temurning tuzuklari haqida ko`plab ijobiy fikrlarni aytish mumkin. Shu mavzuni imkonniyat darajasida yoritish maqsadida kurs ishi mavzusi: “Boshlang`ich sinf o`quychilarini ma`naviy tarbiyasida Amir Temur o`gitlaridan foydalanish” deb belgilandi Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama barkamol insonlar shaxsini shakllantirish masalasi bilan bog'liq. Buning uchun esa avvalo ularning ongida yangicha dunyoqarashni, mustaqil fikrlashni, mustaqil yashashni, mustaqil ishlashni hamda axloqiy fazilatlarni yuksak darajada shakllantirish kerak. Shu bilan birga ularda Sharqona odob-ahloqqa xos bo'lgan barcha hislatlar, fazilatlar jumladan: kattalarga hurmat, shirin so'z, mehribonlik, yurtni e'zozlash, saxiylik va ilm egallash kabilar mujassam bo'lmog’i lozim. Bu borada bizga asosiy manba bo'lib milliy qadriyatlar hisoblanadi. Chunki, bizning millatimizga xos bo'lgan axloqiy qarashlar, tartibqoidalar barchasi ana shu milliy qadriyatlarda mujassamdir. Vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tavoze, sahovat, shirinsuhanlik, o'zidan kattalarni hurmat qilish, ota-onani e'zozlash, ilm egallash, to'g'ri so'zlik, mehmondo'stlik, bag'rikenglik kabi insoniy fazilatlar barchasi shaxsning axloqiy qadriyatlari turkumiga kiruvchi xalqimizning eng ezgu hislatlaridan biridir. Bizning vazifamiz xalqimizning ushbu qadriyatlarni yanada churroq o'rganish, ularni ta'lim tarbiya jarayoniga tadbiq etish hamda boshlang'ich sinflardanoq o'quvchilar shaxsini shakllantirishda ulardan tarbiya vositasi sifatida foydalanishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |