O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti madaniyatshunoslik fanidan ma’ruza matni tuzuvchi: f f. n dos


-dan , u juda keng bo‘lib kishilar faoliyatining barcha uslublarini, ijtimoiy hayotning barcha shakllarini o‘z ichiga oladi. 2-dan



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/23
Sana27.06.2022
Hajmi2,91 Mb.
#711504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Screenshot 2022-04-05 at 16.14.34

1-dan
, u juda keng bo‘lib kishilar faoliyatining barcha uslublarini, ijtimoiy hayotning barcha
shakllarini o‘z ichiga oladi.
2-dan,
kundalik hayotda hissiy bezab ko‘rsatilgan va qimmat jihatlarga urug‘ berilgan
tasavvurlardan farq qilib, fanda tavsifiy ta’rif berish bilan cheklangandir.
Madaniyatshunoslik fanining yana muhim vazifalaridan biri, bu kishida ijodiy qobiliyatni
rivojlantirishdir. Madaniyat faqatgina moddiy va ma’naviy qimmatlar yig‘indisidan iborat bo‘lmasdan,
balki ijodiy faoliyatdir. Madaniyatshunoslik fani yangi ma’lumotlar berish bilan birga yoshlarda
madaniy voqeliklar bilan munosabatda bo‘lish malakasini hosil qiladi. Xilma-xil ma’lumotlar berish
bilan birga tinglovchilarda ilmiy tafakkur qilishning uzluksizligi, mantiqiylikni shakllantiradi.
Tarixiy davrlar madaniyatini o‘rganish ularga baho berish, ularni bir-birlaridan farqlashdan
tashqari, balki yangilikni o‘rganish, boshqa madaniyatlar qimmatlaridan bahramand bo‘lishga xizmat
qiladi. Bu vazifalarni bajarishda madaniyatshunoslik kursi tarixiy antropologiya- madaniyatga yaxlit
fenomen, dunyo va hayotni idrok etish usuli sifatida munosabatda bo‘ladi.
Tarixiy antropologiyaning eng muhim tushunchalaridan biri bu mentalitetdir. «Mentalitet» - bu
madaniyatga taalluqli bo‘lgan kishilarda u yoki boshqa muhitning muayyan «aqliy vositalar yig‘indisi»,
«psixologik moslama»larning mavjudligini bildiradi. Ular insonga o‘zgarishning tabiiy va sotsial
borlig‘ini mustaqil qabul qilishi va idrok etishiga shart-sharoitlar yaratadi. Betartib uzuq-yuluq
tushunchalar va ta’sirlar tafakkur orqali qayta ishlanadi, nisbatan tartibli dunyo manzarasiga aylanadi.
Bu manzara inson hatti-harakatida o‘chmas iz qoldiradi. Bir sotsial va madaniy umumiylikning tegishli
bo‘lgan, tarixiy jarayonining sub’ektiv tomoni hisoblanuvchi idrok va his qilish uslublari tarixning


ob’ektiv jarayoniga qo‘shiladi.
Madaniyatshunoslik fani «madaniyat» tushunchasini qo‘llanishiga qarab quyidagicha o‘rganadi: 
a) Individual-shaxs madaniyati;
b) guruhiy madaniyat- milliy, sinfiy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy madaniyat;
v) makon va zamonda cheklangan muayyan tipdagi jamiyat madaniyati
g) insoniyat madaniyati.
Ijtimoiy taraqqiyot tafovutlarni bartaraf etmaydi, aksincha uning xilma-xilligini yanada
kengaytiradi. Shuning uchun ularni tobora chuqurroq o‘rganish madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurimizni
kengayib borishiga xizmat qiladi.
Madaniyat tushunchasi qo‘llanilishi jihatidan xilma-xil bo‘lgani kabi, kundalik hayotda (oddiy
ong) va fanda ham turli mazmun kasb etadi. Biz «muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «hatti-
harakat madaniyati» kabi iboralardan foydalanamiz. Kundalik hayotda madaniyatdan voqelikni
baholash tushunchasi sifatida va shaxsning ma’lumotligi, xushmuomalaligi, tartibliligi, vazminligi kabi
xususiyatlari bilan bog‘lab tushuntirish odatga aylangan. Madaniyatli kishi tushunchasiga qo‘shib
ishlatiluvchi sifatlar juda keng bo‘lib, uni qo‘llash jamiyatning umumiy madaniy darajasi va shaxsning
sotsial statusiga bog‘liqdir. Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «xizmat ko‘rsatish
madaniyati», «dam olish madaniyati» va boshqalar to‘g‘risida ko‘p gapiriladi. Bu iboralar orqali
madaniyat deganda ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko‘rsatishlari tushuniladi. Ba’zan
madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlar shaharlar turmush tarzi, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-
tez borib turish, «madaniy» kishilar bilan do‘stlashish va go‘zallikni his qilish bilan bog‘liq deb
tushuniladi. Matbuotda «iqtisodiy va madaniy», «fan va madaniyat», «siyosat va madaniyat» iboralari
ishlatiladi. Bunda madaniyat ma’naviy ustqurma yoki axloq va san’at sohalari bilan cheklanib qoladi.
Ilmiy nuqtai nazardan iqtisod, siyosat va fanni madaniyatdan ajratib qo‘yish, shuningdek,
qadriyatlar va san’atning buyuk namunalarigina madaniyatga taalluqli sohalar bo‘lib, oddiy, kundalik
narsalar unga yotdir deb hisoblash noto‘g‘ridir. Kundalik hayotda madaniyatga faqat qadriyatlar
yig‘indisi sifatida qaralishi ham to‘g‘ri emas, chunki madaniyatda insoniyat uchun zararli bo‘lgan
eskilik qoldiqlari, to‘liq tekshirib ko‘rilmagan «yangiliklar» kabi salbiy narsalar ham o‘zlashtirilishi
mumkin.
Madaniyat keng ma’noda insonni o‘rab turgan tabiatdan, ijtimoiy munosabatlardan va bevosita
o‘zida stixiyali ravishda vujudga kelgan tayyor ma’lumotlardan foydalanishga ongli ravishda
yondoshishni taqozo etadi. Madaniyat qadriyatlar, an’analar, ramzlar, til, bevosita taqlid qilish va
amaliy o‘rganish orqali avloddan-avlodga singdiriladi.

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish