O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/229
Sana16.06.2022
Hajmi5,33 Mb.
#678238
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   229
Bog'liq
fayl 781 20210505

 
 
 


43 
Reja: 
 
1.Prenatal 
va 
chaqaloqlik 
davridagi 
psixofiziologik 
xususiyatlar.
2.Go‘daklik 
davrida 
jismoniy 
va 
psixik 
taraqqiyotning 
kechishi.
3.Ilk bolalik davrida jismoniy rivojlanish.
4.Ilk yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti. 
3.1.Prenatal va chaqaloqlik davridagi psixofiziologik xususiyatlar
Bolaning ona qornida paydo bo‘lgandan tug‘ilgunga qadar bo‘ladigan
o‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har
bir davr ona qornida bo‘lajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli
atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom
etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila 
bosqichiga bo‘linadi.
Zigota bosqichi (1-2 haftalik) 
Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan
birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implantatsiya jarayonining
tugallanishi uchun ikki xafta kerak bo‘ladi, shundan so‘ng garmonal
o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib
keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi.
Zigotaning aylana o‘lchamlari 1 mmdan kamroq bo‘ladi, uning
hujayralari bo‘linishni boshlaydi. Homila tanasi murtak diski
hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda murtak diski zigota markazida
joylashgan hujayralar to‘plami ko‘rinishida bo‘ladi. Boshqa hujayralar
rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi va oziqlantiruvchi asosli 
to‘qimalarni hosil qilishi zarur. Implantatsiya va hujayrlarning ajralib 
hosil bo‘lishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bo‘lib
hisoblanadi. Zigota 36 xafta davomida murtakdan bola tug‘ilishigacha
bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga tayyor holga keladi. 
Embrion bosqichi (3-8 hafta) 
Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak
hosil bo‘lgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakkizinchi
haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va
ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida embrionda uch qavat 
hujayralar tiklanadi. Tashki qavatda - ektodermadon sochlar, terining
tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. O‘rta qavatda - mezodermadon,
muskullar, suyaklar va qon tomirlari tizimi hosil bo‘ladi. Ichki qavatda
yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi.
Uch haftalik embrion bilan sakkiz haftalik embrion solishtirilganda
uning ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik
embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga 
bo‘linishi boshlanib, organizm ko‘prok salamandrani eslatadi. O‘sish va
rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik embrionda ko‘zlar, og‘iz,
qo‘l va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez


44 
rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval o‘z faoliyatini boshlab
yuborgan bo‘ladi. Embrionda odamga xos organlar u yoki bu shaklda
mavjud bo‘ladi, lekin uning o‘lchamlari onaga sezilarli daraja
bo’lmaydi.
Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i
joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini
ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog‘langan. 
Kindik tizimchasi embrionni yo‘ldosh bilan bog‘lovchi qon tomirlaridan
iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon
tomirlarigacha yetib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon
kindik qon tomirlarining barmoqsimon o‘simtalari –qilchalar orqali oqadi. 
Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning
o‘tishi, shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya
mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va
organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida
o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki
organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim
bosqichi nihoyasiga yetadi. Organlarning o‘z vazifasini bajara boshlashi 
navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish